Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
8.7.Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilari 
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mexnat 
omillari ta`minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda 
ta`minlanishi muammodir. 
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish 
mumkin: 
birinchidan,
fondlar aylanishi jarayonida chetga chikib, bush 
kolgan mabalglarning xarakatsiz turib kolishining oldin olinadi; 
ikkinchidan,
takror ishlab chiqarishki keng doirada uzluksiz 
davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. 
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan 
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba’zi iktisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iktisodchilar tomonidan 
kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`prok e’tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabat bo`lishi uchun: 
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va 
qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustakil sub’ekt bo`lishi kerak 
Mustaqil sub’ekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o`za`ro 
aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy 
jihatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish 
qobiliyatini xisobga olgan xolda mustakil xuquqiy sub`ekt sifatida 
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak 
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga 
mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar 
avvalambor, ob`ektiv jarayonlar, o`za`ro manfaatlarni taqozo etuvchi 
aniq vaziyat bilan bog’liq. 
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga 
berish bo`yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish 
bo`yicha qizikish tug’ilgan taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga 
keladi. 
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari 
manfaatlarining yo`nalishiga bog’lik tomonlar manfaatlarning mos 
kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta`minlaydi. Lekin, kredit 
munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va fazo jixatdan, 
shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim 


166 
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo`lishining asosiy sababi 
bo`laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek 
aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunga 
o`xshash boshqa aniq sharoitlar bo`lishi
zarur. Faqatgina ana shu ta`sir 
etuvchi omillar bo`lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi 
reallikka aylanadi. 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni 
asosiy o`rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza 
talabnomasini ko`rib chiqish; 
• qarz oluvchining to`lovga va kreditga layoqatliligini bank 
tomonidan o`rganib chiqilishi; 
• kredit qo`mitasining qarori; 
• kredit bitimini rasmiylashtirish; 
• kredit berilishi; 
• ssuda va u bo`yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat 
qilinishi. 
Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko`rsatish, savdo va boshqa 
iqtisodiy munosaatlarni rag’batlantiradi. CHunki kreditning iqtisodiy 
asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat qiladi. SHuning uchun kredit 
operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam mikro ham makro 
darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi 
ichki maxsulotini o`sishiga va nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy 
o`sishiga olib boradi. Mazkur o`sishga kreditning ta`siri ahamiyatli 
xisoblanib, bunda uning xarakterli tomonlarini ochib berish maqsadga 
muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat: 
-kredit chetda turib qolgan bo`sh pul mablag’larini xarakatga 
keltiradi: 
-kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul 
mablag’lari bilan ta`minlaydi: 
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag’batlantirib boradi. 
Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan 
bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va xuquqlarni 
belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va ob`ekti, kredit miqdori, 
ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta`minotining turlari, kredit 
uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssuda to`lashni nazorat 
qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib 
boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. 


167 
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit 
portfelida o`z ifodasini topadi. 
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o`rni 
va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash 
mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib 
boradilar va ba`zi xollarda qayta moliyalashtirish va o`z mablag’lari 
xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat banklari kredit 
portfelining ma`lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. 
Ajratilgan kreditlar bo`yicha extimoliy yo`qotishlarning oldini olish 
maqsadida, tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda 
tasniflanib boradi. Kreditlarni o`z navbatida 5 ta turga , ya`ni yaxshi, 
standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit turlariga tasniflash 
mumkin. SHubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar 
muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari 
faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit 
berish o`rniga kreditlarning o`z muddatida qaytaruvchanligini 
ta`minlashdangina iborat bo`lib qolmoqda. CHunki, muammoli 
kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan aktivlarini 
kamaytiradi, bu esa o`z navbatida, bankning istiqbol rejasi 
ko`rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi. 
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning 
chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun 
milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z 
mablag’lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli 
bo`lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin 
ularning faoliyatida ko`proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi 
ta`sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu 
asosda foyda olishga yunaltirilgan bo`lganligi uchun ular 
faoliyatida bu risklarning salmog’i xam yuqori bo`ladi. 
Ssuda kapitali kapital bozorida muxim o`rin tutib milliy 
iktisodiyot extiyojlarini qondiradi.Ssuda kapitalining o`ziga xos 
xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo`lgan xarakatida va 
aksincha bo`lgan jarayonida ko`proq ko`rinadi. Bu xususiyatlar 
quyidagilardan iborat: 
1.
Ssuda kapitali kapital sifatida - bu mulk uning egasi qarz 
oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha 
foydalanish uchun beradi. Bu xolda kapitalga bo`lgan egalik kapital 
xarakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish 


168 
faoliyatini tashkil kilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning 
xajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir oqibatda o`z 
egasi - kreditorga kaytib to`lanishi lozim. 
2.
Ssuda kapitalining o`ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida 
ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag’lari qarzdor korxonaga 
“sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish 
kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste`mol 
qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida 
qarzdor oladigan foyda xisoblanadi. Ssuda kapitalining iste`mol 
kiymati oddiy tovarning iste`mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali 
bo`yicha olingan foidaning bir kismi ssuda foizini tulash uchun 
ishlatiladi. 
3.
Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi 
o`rtasidagi munosabatning uzok davom kilishidir. Ssuda kapitalining 
kreditordan qarz oluvchiga o`tish jarayoni davrlar bo`yicha tarkatilgan 
to`lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy 
savdo sotik jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zaxotiyok 
to`lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to`lovlar 
odatda ma`lum vaqt o`tgandan keyin to`lanadi. 
4. Ssuda kapitali xarakatining o`ziga xos xususiyatlaridan yana 
biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali 
xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz 
oluvchi)o`rtasidagi munosabat, ya’ni kapital xarakati, pul (P-T) 
ko`rinishida bo`ladi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin