Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlar



Yüklə 20,53 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü20,53 Kb.
#133946
2amaliy


2-amaliy mashg'ulot:Oila pedagogikasining ilmiy- tadqiqot metodlari.
Oila pedagogikasining ilmiy- tadqiqot metodlarini tasniflang
Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlar:
Ilmiy tadqiqot metodlari ko‘proq oilaviy muammolami 
hal qilish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan olib boriladi. 
Oilaviy muammolami o‘rganish dastlab manbalarga murojaat 
etiladi, shu jihatdan dastlabki metod.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Oila pedagogikasiga doir 
adabiyotlami o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy 
qadriyatlami aks ettiruvchi, mutafakkir va m a’rifatparvar 
pedagogik olimlaming asarlari, 0 ‘zbekistonning iqtisodiy, 
siyosiy va m a’naviyatiga doir adabiyotlar, Oczbekiston Res- 
publikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari risola va maqolalar, 
pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlami o‘r- 
ganish.
Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlami o‘rganishdan 
keyin boshlanadi. Kuzatishda ota-ona biror maqsadni ko'zda 
tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi 
tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- 
yatni kuzatish, materiallami qayd qilish muddati belgilanadi. 
Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq 
muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish obyektning kundalik 
faoliyatidagi o‘zgarishlardan m a’lum xulosaga kelish. Uzoq 
muddatli kuzatish-qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida 
olib borilib, m a’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Ku- 
zatishning yakunini qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, 
televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mum- 
kin. Kuzatish metodidan to ‘g‘ri foydalanish o ‘quv-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga 
boshlaydi.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki 
hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul 
shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish 
jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, 
tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to ‘g‘ri yoki 
noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat 
metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O'rinli, 
mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit 
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblami 
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb 
ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga
berilgan savollar shakliga, to ‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq 
bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EXMda 
qo‘llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon 
beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada aniqlik 
bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming 
real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini 
aniqlashga yordam beradi.
Pedagogik eksperiment. H ar qanday ilmiy-pedagogik 
tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida 
ilmiy gipotezalaming ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika 
tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va 
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya 
eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, 
ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoi- 
tida yangi o ‘quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar 
odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik 
eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jara-
yonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish muno- 
sabati bilan maxsus tashkil etilgan bo'ladi. Pedagogik jarayon 
aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan 
jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tar- 
biyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sha­
roitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lu- 
motlarini, aniq sharoitlami va o‘qitish usullarini yoki tadqiq 
qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuningdek, 
eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab 
etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning 
qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning m u­
ayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib 
borishga va o'zgaruvchan kattaliklar о‘m ini almashtirishga 
imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar 
pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: ekspe- 
rimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni 
sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini 
belgilash, eksperiment natijasi ta ’sir etuvchi omillar va ular 
darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, 
eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish- 
metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va 
o ‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib 
borilishi kerak. Sharhlash bosqichida m a’lumotlar yig‘iladi 
va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamo- 
yiliga javob berish uchun quyidagi shartlaiga rioya qilish kerak
ya’ni:
1) tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal 
bo‘lishi;
2) tadqiqot metodlarini ishonchliligi;
3) farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga 
olish.
Yüklə 20,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin