Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari 
qo`llanilib kelinmoqda.
1.
Qisqa muddatli kreditlash; 
2.
Uzoq muddatli kreditlash. 
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir 
yilgacha bo`lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab 
chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy 
aylanishining uzluksizligini ta`minlaydi. Bizga malumki, aylanma 
fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish 
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar 
aylanishining tabiiy o`lchovi sifatida xizmat qiladi. SHuning uchun 
ham, bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo`lib 
xizmat qiladi.
 
Kreditning quyidagi mustaqil shakllari bor: 
I)
 
Bank krediti 
II)
 
Tijorat keriditi 
III)
 
Davlat krediti 
IV)
 
Ipoteka krediti 
V)
 
Iste`mol krediti
VI)
 
Sindinsiyali kredit
VII)
 
Xalqaro kredit 
I. Bank krediti banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit 
bo`lib ssuda deyiladi. 
Pulning yuqori likvidli aktiv ekanligi va bank tizimining uzoq 
muddatli rivojlanish bosqichini bosib o`tganligi bank kreditini asosiy 
kredit shakliga aylantirishga muhim omil bo`ldi. Tijorat banklari 
kreditining bahosi ssuda kapitali bozorida shaklllanadi. 
Kreditning bahosi qanchalik yuqori bo`lsa, unga bo`lgan talab 
shunchalik kam bo`ladi. SHu sababli Markaziy banklar va hukumatlar 
iqtisodiyotda yo`naltirilayotgan kreditlar hajmini oshirish maqsadida 


182 
kredtilarning past va barqaror foiz stavkasini saqlab qolishga harakat 
qiladilar. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor, kreditlarning 
foiz stavkasi qanchalik past bo`lsa, unga bo`lgan talabning oshishiga 
olib keladi natijada muomaladagi pul miqdori oshishiga sabab bo`ladi 
va oqibatda bu inflatsiya darajasining oshiradi. 
Bank krediti rivojlanishini belgilovchi keyingi omil banklarning 
resurs ta`minotidir. Banklarning etarli darajada resurs bazasiga ega 
bo`lishi kreditlarga bo`lgan talabni qondirishga imkon beradi. Bir so`z 
bilan aytganda banklarning etarli darajada resurs bazasiga ega bo`lishi 
ular mijozlarining moliyaviy darajasiga bog’liq. 
Bank tomonidan beriladigan kreditlarni o`z vaqtida qaytmasligi 
oyki kreditlarning qaytish darajasining yuqori ekanligi bank krediti 
rivojlanishining 3-omili hisoblanadi. 4-omil banklarning kreditlash 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib va nazorat qilish tizimining 
rivojlanganligi bo`lsa, 5-omil makroiqtisodiy vaziyat va uning 
o`zgarishi hisoblanadi. 
Kredit tarixini o`rganishga bag’ishlangan tarqiqotlarning 
natijalari ko`rsatdiki., tijorat krediti bank kreditidan oldin paydo 
bo`lgan.
Tijorat krediti deganda, hozirgi davrda tovarlarni to`lov 
muddatini kechiktirish asosida soitylishiga aytiladi. 
Tijorat kreditining obekti tovar hisoblanadi. 
Lekin tijorat krediti dastlab paydo mbo`lgan davrda tovarlarni 
kreditga sotishdan tashqari mulkni ijaraga berish ham tijorat krediti 
hisoblangan. Tijorat kreditining ma`lum qismi veksel bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Tijorat krediti bank krediti kabi ommalashmagan bo`lsa ham u 
hamon kredit mustaqil shakli sifatida saqlanib qolgan. Bu esa quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi: 
1)
Tijorat kreditining foizi ko`pincha bank krediti foizidan past 
bo`ladi; 
2)
Har qanday xo`jalik yurituvchi subekt ham bank krediti 
ololmaydi. Bu toifa mijozlar uchun tijorat kreditidan foydalanish 
zaruriyat bo`lib qoladi; 
3)
Tijorat veksellari moliyaviy instrument sifatida amaliyotda 
keng qo`llaniladi. Ularni bankka topshirib kredit olish mumkin. 
Davlat krediti. Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko`ra 
davlat kreditida davlat faqat qarzdor bo`lib qatnashadi. Masalan, 


183 
davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarib aholiga, banklarga va 
korxonalarga sotadi. SHu yo`l bilan ular ular oldida qarzdor bo`lib 
qoladi. Bundan tashqari davlat tijorat banklaridan, Markaziy bankdan, 
Xalqaro moliya institutlaridan kredit oladi. Ikkinchi guruh 
olimlarining fikriga ko`ra, davlat kreditida davlat kredit beruvchi 
bo`lib ishtirok etadi. Masalan, davlat banklar orqali ma`lum bir 
tarmoqlarni kreditlaydi. Ular hukumat tomonidan qimmatli q
og’ozlarni sotib jalb qilingan mablag’lari hisobidan. Ularni
davlat zayomlari deyishimiz ham mumkin. 
Iste`mol krediti – iste`mol maqsadida beriladigan kreditlar 
iste`mol kreditlari deyiladi. Ular asosan iste`mol tovalari ko`rinishida 
bo`ladi. Taraqqqiy etgan mamalakatlarda ippo9teka kredit;ari ham 
iste`mol krediti tarkibiga kiritiladi. Lekin O`zbekistonda ipoteka kredit 
mustaqil shakl hisoblanadi. Iste`mol krediti tovar va pul ko`rinishida 
beriladi. 
Ipoteka krediti – qo`zg’almas mulkni garovga olish yo`li bilan 
beriladigan kredit. Ipoteka so`zi grekcha so`zidan olingan. Ipoteka 
kreditini yuridik va jismoniy shaxslar oladi. YUridik shaxslar o`ziga 
tegishli qo`zg’almas mulkni garovga qo`yib, ishlab chiqarish
faoliyatini rivojlantirish uchun kredit oladi. 
Sinditsiyali kredit – bu 1obektni yoki loyihani moliyalashtirish 
uchun 2 yoki undan ortiq banklar tomonidan beriladigan kreditdir. 
Sindinsiyali kreditni tashkil qiluvchi bank bosh yoki etakchi bank 
deyiladi. Qolga banklar ishtirokchi bankalr deb ataladi. Oldin banklar 
o`rtasida bosh bitim imzolanadi. Bu bitimga ko`ra bank sindikati 
tashkil etiladi. Keyin kredit oluvchi va sindikat o`rtasida kredit 
shartnomasi imzolanadi. Ishtirokchi banklar etakchi bankka 
sindikatdagi ulushiga ko`ra resurslarini beradi. 
Xalqaro kredit – bu ssuda kapitalining davlatlararo harakati 
bo`lib, bu harakat tovar va valuta ko`rinishidagi mablag’larni qaytarib 
berishlik, muddatlilik va foiz to`lashlilik asosida berish natijasida 
yuzaga keladi. 
Tijorat banklari faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari 
mavjud: 
1)
mijozni alohida ssuda hisobraqamidan 1 marotabali kreditlash 
shakli. Bunda kredit 1marotabali to`lov shaklida bankdan chiqariladi. 
2)
mijozni kredit liniyasi ochish yo`li bilan kreditlash. Bunda 
mijoz uchun kreditlash limiti o`rnatiladi. Uning bu limitdan 


184 
foydalanish uchun davr belgilanadi. Bu shaklning afzalliklari 
quyidagilardan iborat: 
a)
mijoz har safar kredit so`rab bankka murojaat qilish 
majburiyatidan holos bo`ladi; 
b)
mijoz kredit liniyasining faqat ishlatil;gan qismi uchun foiz 
to`laydi; 
c)
bank berilgan kredit ustidan ya`ni shartnomaviy shartlari 
bajarilishi ustidan nazorat o`rnatish imkoniga ega bo`ladi. Agar mijoz 
kredit shartnoamsi shartlarini buza boshlasa bank kredit liniyasini 
yopib qo`yadi. 
3)
kreditlashning overdraft shakli, ingliz tilida so`zlasuvchi 
mamlakatlar bank amaliyotida keng qo`llaniladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamining debetli 
qoldig’iga beriladi. Mijozlarning banklarda ochilgan joriy 
hisobraqamlarida faqat bir marta debetli qoldiq bo`lishiga ruxsat 
etiladi. U ham bo`lsa, bank va mijoz o`rtasida overdraft krediti olish 
bo`yicha kelishuv bo`lsa. 
Overdraft kreditiga ssuda scheti ochilmaydi va bu kredit 
ta`minotsiz kredit hisoblanadi. 
4)
kreditlashning kontokorrent shakli. Bu shakl nemis tilida 
so`zlashuvchi 
mamlakatlarnig 
bank 
amaliyotida 
qo`llaniladi.Kontokorrent kreditida mijozning joriy hisobraqami 
yopiladi va kontokorrent hisobraqam ochiladi. Mijozning barcha 
faoliyatidan keladigan pul tushumlari kontokorrent hisobraqamining 
kreditida aks etadi. Mijozning barcha to`lovlari kontokorrent 
hisobraqamining debetida aks etadi. Kontokorrent krediti kontokorrent 
hisobraqaminig 
debetli 
qoldig’iga 
beriladi. 
Kontokorrent 
hisobraqamining kreditli qoldig’i uchun bank mijozga foiz to`laydi, 
debetli qoldig’i uchun esa mijoz bankka foiz to`laydi. 
5)
kreditlashning faktoring shakli. Faktoring – bu mol etkazib 
beruvchini kreditlash shakli bo`lib, bunda bank tovar hujjatlarini 
o`zining diskont stavkasi bo`yicha regress huquqi bilan yoki regress 
huquqisiz sotib oladi. 
6)
Kreditlashning forfeyting shakli. Forfeyting – bu fransuzcha 
“a forfe” so`zidan olingan bo`lib ulgurji degan ma`noni anglatadi. 
Forfeyting mol etkazib beruvchini kreditlash shakli bo`lib, bunda 
bank trattani o`zining diskont stavkasi bo`yicha regress huquqi bilan 
sotib oladi


185 
1.
 
Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi. 
Kreditning boshqa turlari va uning tavsifi. 
Kreditga bo`lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan 
qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir 
necha tur va shakllarga bo`linadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin