Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Tijorat krediti. 
Iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga 
kelishining birinchi shakllaridan bo`lib, veksel muomalasini vujudga 


186 
keltirgan va naqd pulsiz hisob kitoblarning rivojlanishiga yordam 
bergan. Tijorat kreditining sub`ektlari sifatida yuridik shaxslar: mol 
etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar, kreditning ob`ekti 
sifatida sotilayotgan tovar ishtirok qiladi. Tijorat krediti o`zining 
amaliy ko`rinishini huquqiy shaxslar o`rtasida tovar va xizmatlarning 
to`lov muddatini cho`zish orqali sotish shaklidagi moliya xo`jalik 
munosabatlarida topadi. Bu kredit shaklining asosiy maqsadi 
tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.
Amaliyotda vekselning ikki turi qo`llaniladi. Oddiy va o`tkazma 
veksel. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga 
beradi va tovarlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash 
majburiyatini o`z zimmasiga oladi. 
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq 
qiladi:
1. Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kreditmoliya 
tashkilotlari emas, balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda 
sotish bilan shug’ullanuvchi turli yuridik shaxslar ishtirok qiladi. 
2. Tijorat krediti faqatgina tovar shaklida beriladi. 
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan 
integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Bu bozor iqtisodiyoti 
sharoitda turli ixtisosdagi va faoliyat yo`nalishdagi korxonalarni o`z 
ichiga oluvchi xolding, moliyaviy kompaniyalarning vujudga 
kelishida o`z aksini topadi. 
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o`rtacha qiymati 
doimo bank foizining o`rtacha stavkasidan kichik bo`ladi. 
5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnoma huquqiy 
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo`yicha to`lov (foiz stavkasi) 
alohida aniqlanmaydi. Foiz to`lovi tovar bahosiga qo`shilgan holda 
rasmiylashtiriladi.
Hozirgi sharoitda jahon amaliyotida tijorat kreditning, asosan 3 
turi qo`llaniladi:
* qayd qilingan to`lov muddati bo`yicha kredit; 
* tovarlarni sotgandan keyingina qarzni to`lash bo`yicha kredit; 
* ochiq hisobvaraq bo`yicha kreditlash.
Bunda tijorat krediti shartlari bo`yicha, keyingi tovar partiyasini 
jo`natish, oldingi jo`natilgan tovarlar bo`yicha qarzlarni to`lash 
muddatigacha amalga oshirilishi zarur. 


187 
Tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va 
korxonalarning aylanma mablag’larini xo`jalik faoliyatidan tezroq 
bo`shashini ta`minlashda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin