KIRISH
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Chunki banklar
xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash
jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga
xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar
asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi.
Bu munosabatlar jahon
andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib,
endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki,
respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar
tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank
kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda,
yangidan-yangi
korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini
ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot
jarayoni qarama-qarshiliklar,
muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyot jarayonini ham
muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish
doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat
banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda.
Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni
kiritish
mumkin:
1.Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida
qaytarmaslik kabi holatlarning tez- yuz berib turishi;
2.Bankning foiz siyosati , qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va
hokazolar.
Mazkur yuqoridata’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish
chora-tadbirlari hamda
kredit turlari va shakillari rivojlantirish istiqbollarini o'z ichiga oladi. Bundan
maksad,
Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatinin. amaldagi holatini
tahlil qilish va banklararo
raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va
amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.