1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kredit turlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati
Ma’lumki, kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab 
chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik 
moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz 
davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj ishlab chiqarishning nafaqat 
mavsumiy, shuningdek boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda, kreditdan foydalanish 
asosiy va aylanma fondlarning uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar 
muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot 
ishlab chiqarishni va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iktisodiy 
maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Kreditning 
umumiy maqsadi 
– bu ijtimoiy ishlab chiqarishning dinamik va proporsional 
rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasining oshishini ta’minlashdan 
iborat.
Kreditning 
asosiy maqsadi 
ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini 
qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Kredit davlatning iqtisodiy vositalaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga 
va alohida korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kreditning iqtisodiyotga va ilmiy texnika 
taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri korxonalarning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlashdagi 
rolini oshiradi.


Xo’jalik hisobiga qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit 
shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik subyektlarining mustaqilligiga ta’siri qo’yidagicha amalga oshiriladi:
- Qarz maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi;
- Qarz qaytarib berishlilik va muayyan to’lov majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali 
ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish 
samaradorligini ta’minlashlari, likvidlikka ega bo’lmagan zahiralar va Xarajatlar kreditlar 
bermasliklari, kreditini muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’llanilishni hisobga olish 
zarur. Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida hamm kreditning ahamiyati ortib bormoqda Hozirgi 
bozor iqtisodiyoti o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
doirasida kirib bormoqda va bunda kredit muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kredit mamlakatlararo 
o’zaro hamkorlikni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning 
faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning o’rini yanada muhimroq bo’lib 
ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga oid qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar 
orqali ko’rishimiz mumkin. Respublikamizning «Korxonalar to’g’risida»gi qonunida, «Banklar 
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi, 
«Ipoteka to’g’risida»gi, «Iste’mol kreditlari to’g’risida»gi va boshqa bir qator qonunlariga 
asosan yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berish va shunga oid xizmatlar ko’rsatish, 
davlatimiz olib borayotgan pul-kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim 
asos bo’lib xizmat qilmoqda. 

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin