1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari


Ishonchli kredit belgilangan muddatda qaytarilishi lozim, uning muddatini uzaytirishga yo’l



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Kredit turlari

Ishonchli kredit belgilangan muddatda qaytarilishi lozim, uning muddatini uzaytirishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Ta’minlangan yoki ta’minlamagan ishonchli kreditlarni berish, kreditning maqsadidan kelib 
chiqqan holda kredit shifriga asosan ochiladigan alohida ssuda, kontokorrent va overdraft hisob 
raqamlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
Kreditningturlari va shakillari
Bank tomonidan kreditni undirish, kredit shartnomasida belgilangan muddat va o’rnatilishi 
mumkin bo’lgan quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:
- kreditni qaytarish jadvali yoki majburiyatnomada ko’rsatilgan kreditni qaytarish muddati yetib 
kelganida, kredit oluvchining asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamidan memorial 
order asosida undirish yo’li bilan;
- kredit oluvchining to’lov topshiriqnomasiga asosan, muddatidan oldin, uning “talab qilib 
olinguncha” depozit hisob raqamidagi erkin pul mablag’larini ssuda hisob raqamiga o’tkazish 
yo’li bilan;
- bank tomonidan kredit ta’minotiga kafillik bo’yicha olingan majburiyatlardan, sug’urta polisi 
bo’yicha sug’urta qoplamalaridan, shuningdek, garov xuquqini sotishdan tushadigan 
mablag’lardan foydalanish orqali undiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarni “Kredit liniyasini ochish” orqali kreditlash, kredit 
shartnomasida avvaldan qayd etilgan kredit summasi doirasida, alohida ssuda hisob raqamidan 
amalga oshiriladi. Bunda, kredit oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli bo’lgan tovar-moddiy 
boyliklarini sotib olish uchun, bajarilgan ishlar va
“Kredit liniyasini ochish” orqali kredit berish, bankning kafolat majburiyatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. Bank bunda, vakillik hisob raqami xolatidan qat’iy nazar, xech qanday 
to’sqinliklarsiz kredit oluvchiga, kredit shartnomasida belgilangan muddat va o’rnatilgan limit 
doirasida kreditlashni kafolatlovchi majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Bankning kafolat 
majburiyatnomasi ikki nusxada tuzilib, ulardan bir nusxasi kredit bo’limi xodimining 
farmoyishiga ko’ra ko’zda tutilmagan xolatlar 91809- “Bankning ssuda berish bo’yicha 


majburiyatlari” hisob raqamida hisobga olish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Ikkinchi nusxasi 
esa kredit oluvchiga beriladi va uning kreditga doir hujjatlari bilan birga yig’majildda saqlanadi.
“Kredit liniyasini ochish” yo’li bilan beriladigan kreditning miqdori, undan foydalanish 
muddatlari va uni qaytarishning davriyligi kredit oluvchini maxsulot yetkazib beruvchilar, 
haridorlar bilan tuzgan shartnoma - bitimlarini tahlil etish asosida belgilanishi hamda, ular kredit 
shartnomasida o’z aksini topishi lozim.
Kredit oluvchiga “ochiq kredit liniyasi” bo’yicha xizmat ko’rsatilganligi uchun, u bankka kredit 
shartnomasida qayd etilgan kreditlash limitining foydalanilmagan summasiga hisoblanadigan 
vositachilik xaqini to’laydi. Kredit oluvchi kreditlash liniyasining amalda foydalanilgan qismi 
uchun foizlar to’laydi.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin