b) qarz oluvchining roziligidan qat’iy nazar, keyinchalik belgilangan tartibda uni sotish xuquqi
bilan bankning mulkiga o’tadigan garovga qo’yilgan mol-mulkka qonunda belgilangan tartibda
egalik qilish;
v) kredit bo’yicha qarzni qarzdorning roziligi bilan yoki xo’jalik sudi orqali to’lovni qarzdorning
mulkiga qaratish yo’li bilan qarzdorning likvidli mulki hisobidan yoki Xo’jalik sudi qarori
asosida so’ndirish.
Qarz oluvchi tomonidan uning asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida
kelishilgan muddatda so’ndirilmagan xollarda garovga qo’yilgan mol-mulk, qarz oluvchining
roziligidan qat’i nazar, uni keyinchalik sotish xuquqi bilan birga bank mulkiga o’tadi.
Ish xaqini to’lash uchun berilgan kreditni muddatini uzaytirish (prolongasiya) ga yo’l
qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: