1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari


Tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyashtirish tartibi



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kredit turlari

Tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyashtirish tartibi. 
Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik 
yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarga investision kreditlar qaytarishlik, to’lovlilik, 
ta’minlanganlik, muddatlilik va berilgan kreditlarni maqsadga muvofiq ishlatishlik tamoyillariga 
rioya qilingan holda, shartnoma asosida beriladi. Ushbu ajratilayotgan kreditlar mijozning 
birlamchi hisob raqami ochilgan bank filialidan, ayrim hollarda ikkilamchi hisob raqami 
ochilgan bank filialidan berilishi mumkin.
Zarar ko’rib ishlovchi, nolikvid balansga ega xo’jalik yurituvchi subyektlarga investision 
kreditlar berilmaydi, agar ilgari kreditlar berilgan bo’lsa belgilangan tartibda muddatidan oldin 
undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.
Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy tangliklar, xo’jasizlik va zararlar o’rnini qoplashda 
foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Qurilish, qayta ta’mirlash, texnik jihatdan ta’minlash va ishlab chiqarish majmualarini 
(obyektlari) kreditlash quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina amalga oshiriladi:
-loyiha - smeta hujjatlarini muvofiqlashtirish va tasdiqlanishini amaldagi tartib asosida amalga 
oshirilishi;
-Davlat Qurilish nazorati yoki uning mahalliy organlarining barcha turdagi qurilish ishlari, 
turlarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar olib borish to’g’risida yozma ruxsatnomasi;
- loyihalarning kontrakt-shartnomasi bilan ta’minlanganligi;
-pudrat ishlarini amalga oshirish davridagi jarayonlarni hisobga olgan holda tuzilgan kontrakt-
shartnoma bilan ta’minlanganligi;
-qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayogan loyiha iqtisodiy jihatdan o’zini oqlashini bank 
espertiza komissiyasi tomonidan maqullanishi;
-loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda uning xususiy yoki boshqa moliyaviy manbalar bilan 
ta’minlanganligi. Bunda xususiy mablag’lari kreditlanayotgan obyektning 25% miqdoridan kam 
bo’lmasligi lozim;


Investision kreditlar-xo’jalik yurituvchi subyektlarga yangi turdagi maxsulot va yangi texnologik 
jarayonlarini o’zlashtirish, ishlab chiqarishni qayta tiklash va yangilash bilan bog’liq tez 
qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi tadbirlar uchun beriladi. Kreditdan foydalanishning aniq 
muddati kreditlanayotgan obyektlar bo’yicha mablag’larning aylanishi va harajatlar oqlanishi 
asosida belgilanadi.
Investision kreditlar-ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish, 
qayta tiklash va texnik jihatdan kayta jixozlashga doir harajatlar bilan bog’liq investisiya 
maqsadlari uchun 3 yil va undan ortiq muddatga beriladi.
Kapital qurilishi obyektlarini qayta ta’mirlash va texnologik jarayonlarni ishga tushirishni 
kreditlash quyidagi shartlar bajarilgandan keyingina amalga oshiriladi. Jumladan:
-loyiha-smeta hujjatlarini amaldagi andozalar(normativ) asosida va ushbu tartib shartlaridan 
kelib chiqqan holda kelishib, tasdiqlash;
-davlat arxitektura nazorati yoki mahalliy xokimiyat organlarining barcha turdagi qurilish 
ishlarini amalga oshirish uchun yozma ruxsatnomasi;
-olinadigan yangi texnologiya va xom-ashyolarning shartnoma bilan ta’minlanganligi;
-bajariladigan ish va xizmatlar pudrati inflyasiya xolatlarini hisobga olgan hisob-kitobi va 
shartnoma bilan ta’minlanganligi;
-kredit oluvchi tomonidan taqdim qilingan iqtisodiy hisob-kitoblarning o’z-o’zini qoplashi 
to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan ekspertizadan o’tkazilganligi to’g’risidagi xulosalar;
-majmualar xo’jalik subyektlarining o’z manbalari hisobidan yoki loyiha qiymatining 25% 
tayyorgarligi mavjud bo’lgan taqdirdagina kreditlanadi;
-qurilish majmualari agar xo’jalik yurituvchi tomonidan oldin olingan kreditlaridan muddati 
o’tgani mavjud bo’lsa u holda kreditlanmaydi;
-bank tomonidan berilgan kreditni o’z vaqtida to’liq qaytarilishini ta’minlash maqsadida 
kafolatnoma, garov, yoki boshqa majburiyatlar olinadi.
Mijoz bankka uzoq muddatli (investision) kredit olish uchun murojaat qilganda Bank 
bo’limining vakolatli xodimi (kredit inspektori) unga kreditni berish tartibi va shartlarini 
tushuntiradi, Kredit olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxatini tuzadi, mijoz bilan kredit 
berish shartlarini kelishib oladi.
Kreditlarni rasmiylashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
* kredit oluvchining xuquqiy statusi (darajasi)ni aniqlash uchun uning arizasini ko’rib chiqish;
* kredit oluvchining moliyaviy xolati va to’lovga layoqatini aniqlash;
* kreditlanadigan majmualarning ekspertizasi;

kreditni 
rasmiylashtirib 
shartnoma 
tuzish.
Kredit oluvchining arizasini bank 10 kun muddat ichida ko’rib chiqib, kredit arizasi bo’yicha 
yozma xulosasini beradi.


Kredit oluvchining moliyaviy xolati va to’lovga layoqatligini aniqlash ishlari 15 bank ish kuni 
amalga oshirilishi shart. Istisno tariqasida, yirik investision loyihalar bo’yicha hujjatlar 20 bank 
ish kuni davomida ko’rib chiqilishi mumkin.
Kreditni rasmiylashtirish mijoz tomonidan taqdim qilingan arizani ko’rib chiqish bilan 
boshlanadi. Kredit arizasida quyidagilar ko’rsatiladi:
* so’ralayotgan kredit summasi va loyiha maqsadi;
* muddati;
* aktivlar summasining nisbati;
* kreditlanayotgan majmuaning o’z-o’zini qoplash muddati;
* asosiy qarz va foiz to’lovlarini qaytarish muddati;
* kredit ta’minoti vositalari to’g’risidagi ma’lumotlar;
* jalb qilingan (qarz) vositalari;
* boshqa banklardagi hisob-varaqlari to’g’risidagi ma’lumot;
* boshqa korxona, tashkilotlarda o’z mablag’i bilan qatnashishi.
Agar kreditlanayetgan majmua (obyekt) qurilish, ta’mirlash, texnologik qayta qurish ishlari bilan 
bog’liq bo’lsa, u holda mijoz tomonidan moliyaviy xolati va kreditni qaytarish layoqatligini 
hamda loyihani kompleks ekspertizadan o’tkazish uchun quyidagilar taqdim qilinadi:
* loyihaning texnik - iqtisodiy hamda loyiha qiymati bo’yicha tegishli hujjatlarini o’rnatilgan 
tartib - qoidalarga muvofiq asoslash;
* qurilish loyihasining moliyaviy nuqtai nazardan qiymatini baholash, loyihaning moliyaviy 
baholash hisob-kitobi;
* qurilishni chorak (yillar) bo’yicha bajarilishini kerak bo’lgan ishlarini o’rnatilgan tartib asosida 
tasdiqlash;
* davlat arxitektura qo’mitasi tomonidan berilgan lisenziyaga ega bo’lgan mustaqil ekspertiza 
tashkilotining loyiha smeta hujjatlari bo’yicha ekspert xulosasi;
* davlat ekologiya nazorati organlarining qurilish bo’yicha ekspert xulosasi;
* loyiha summasi 50,0 mln so’mdan yuqori bo’lgan loyihalar bo’yicha pudrat tashkilotining 
tender tanlovidan o’tganligi to’g’risidagi hujjatlar to’plami;
* to’lovga layoqatliligini aniqlash uchun mijozning oxirgi uch yildagi moliyaviy hisoboti 
(moliyaviy hisobotlarning № 1,2,2a va 5 shakllari);
* kreditni ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;


* mahalliy xokimiyat organlari tomonidan yangi quriladigan uy va yerdan foydalanishga ruxsat 
berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Bank yuqoridagi hujjatlardan tashqari investision dasto’rni to’liq amalga oshirish va mijozni 
kreditga layoqatini aniqlash uchun boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin;
Kredit shartnomasi imzolangandan keyin mijozga ssuda hisob varaqasi ochiladi hamda barcha 
amaliyotlar kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda ssuda hisob varaqasi orqali 
amalga oshiriladi.
Ssuda hisob raqamidan bo’ladigan amaliyotlar kredit shartnomasi asosida obyekt loyiha 
qiymatidan kelib chiqqan holda, loyiha tarkibiy qismlarining harajatlari yillik o’rnatilgan 
me’yordan oshmagan va belgilangan manzilli (adresli) ro’yxatlar asosida narxlar indeksiga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Ssuda hisob raqamidan to’lov hujjatlari asosida amalga oshirilgan ishlar, sotib olingan asbob va 
uskunalar hamda boshqa harajatlar loyiha doirasida amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan kreditlar hisobidan moliyalashtirilayotgan mablag’lar hisobidan berilayotgan 
bo’naklar pudratchilar tomonidan maqsadli ishlatilmagan taqdirda bank buyurtmachiga ushbu 
xolat yuzasidan xabar beradi va davlat soliq organlari, xuquqni ximoya qiluvchi organlarga 
belgilangan tartibda xabar beradi.
Ssuda hisob varaqasida to’lov foizlarini qaytarish jadvali mijoz hisob raqamiga pul oqimlarining 
kelib tushishiga qarab o’rnatiladi. Taraflarning kelishuviga muvofiq asosiy qarz va to’lov 
foizlarini qaytarish jadvaliga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Asosiy qarz va to’lov foizlarini o’z muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Bunday holda mijoz 
kreditdan haqiqiy foydalangan kunlari uchun foiz to’lovlarini to’laydi.
Agar mijoz tomonidan asosiy qarz va foiz to’lovlari shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda to’lab 
borilmasa bank quyidagi choralarni qo’llashi mumkin:
* norozilik (pretenziya) xati jo’natish;
* O’zbekiston Respublikasi FKning 279-moddasiga muvofiq qarz beruvchining talablarini 
qondirish uchun undiruvni garovga qo’yilgan mol-mulkka qaratish.

xo’jalik 
sudlariga 
ariza 
orqali 
murojaat 
qilish.
Investision (uzoq muddatli) kreditlar bo’yicha asosiy qarzni qaytarish biznes-reja muvofiq pul 
oqimlarnining kelib tushishi va ishlab chiqarish jarayonlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Kredit resurslarining samarali ishlatilishi, mablag’lar aylanishini tezlashtirish maqsadida 
kreditlarni qaytarish muddati sharnoma amal qiladigan muddat ichida har chorakda teng 
miqdordagi to’lovlar asosida belgilanadi.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin