1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari


Uy-joy qurishga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlarini



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kredit turlari

Uy-joy qurishga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlarini 
berish keng yo’lga qo’yilib kelinmoqda. Shuni aytish lozimki, so’nggi yillar davomida aholining 
uy – joyga bo’lgan talabi keskin ravishda oshib bormoqda. Buni so’nggi ikki yil davomida uy – 
joy bozoridagi narxlarning tahlilida yaqqol ko’rishimiz mumkin.Narxlar indeksi deyarli o’n 
barobardan oshib ketdi. Mavjud holat aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini ko’paytirib 
yubordi. Bu esa albatta O’zbekiston Respublikasi hukumati Markaziy banki va tijorat banklari 
rahbariyatidan chetga qolgani yo’q. Uy – joy bozoridagi holatini stabillashtirish va aholining 
bank kreditlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida «Ipoteka to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun asosida 2007 yil 3 yanvarda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-sonli Qarori bilan «Uy-joy qurilishiga, uni 
rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to’g’risida» gi Nizomning 
tasdiqlanishi ipoteka krediti bo’yicha huquqiy-me’yoriy bazani yanada mustahkamladi. Shu 
asoslarga ko’ra ipoteka kreditining berilish tartibi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tsak: Ipoteka 
kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik 
shartlari asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va 
qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish; yakka tartibdagi uy-
joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish. Tijorat banklari tomonidan ipoteka 
kreditlari qo’yidagilar hisobidan beriladi: - ipoteka krediti berishni qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasining imtiyozli kredit liniyalari; - kredit liniyalari,shu jumladan imtiyozli kredit 
liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va 
investisiyalar. - tijorat banklarining o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari. Odatda 
Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli 
davr va foiz stavkasi bilan kamida 15 yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori ipoteka krediti 
berishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasini boshqarish bo’yicha Vasiylik Kengashi tomonidan 
har bir kredit liniyasi bo’yicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas. 
Tijorat banki tomonidan Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan ipoteka 
krediti miqdori: 

yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olishi uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam oylik ish xaqining 3000 baravarigachani; 

yakka tartibda qurilgan uy-joyni 
rekonstruksiya kilish, shuningdek ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun eng kam 
oylik ish haqining 2500 baravarigachani tashkil etadi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun 
buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul 
qilish bo’yicha mas’ul xodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yo’nalishlari bo’yicha izoh 
beradi. Shuningdek, u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga ipoteka krediti 
berish yuzasidan buyurmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar 
ro’yxatini taqdim etadi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan 
keyin bank qarz oluvchini ipoteka kreditini olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan 
tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda qo’yidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak: 

ipoteka krediti to’g’risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji; 

garovga 
qo’yilgan ko’chmas mulkni sug’urtalash bilan bog’lik xarajatlar; 

mulk qiymatini baholash 
uchun to’lov; 

ipoteka to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lov. Qarz 
oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga 
so’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olishga buyurtmanomasi va arizasi (ariza 
nusxasi: ilovaga qaralsin) bilan birga qo’yidagi hujjatlar taqdim etiladi: - yakka tartibda uy-joy 
qurish uchun ariza beruvchining yer uchatkasiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatning 
notarial tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;


- ariza beruvchining oilasi tarkibi to’g’risidagi yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning 
pasporti nusxasi.
Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablag’larni qarz oluvchining bank 
kredit kartochkalariga o’tkazish yo’li bilan ham berilishi mumkin.Bunda bank kredit kartochkasi 
qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yo’li bilan beriladi. Shartnomada 
ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablag’lardan fakat yakka tartibda uy-joy kurishga 
yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda 
foydalanilishi belgilab qo’yilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul 
berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risida 
har oyda bankka terminallar cheklari,sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan beriladigan schyotlar, kvitansiyalar, yukxati yoki qonun 
hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilgan holda hisobot taqdim etishi kerak.Bank 
hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida 
hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda 
bank kredit kartochkasi to’g’risidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisob 
raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qo’yiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun 
foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni 
undirib olish choralari ko’riladi.
Bugungi kunda tijorat banklari oldidagi ustuvor vazifa – aholi turmush darajasini oshirish, 
iste’mol kreditlari berishni jadallashtirish, ayniqsa uy-joy qurilishi va sotib olishga imkoniyat 
yaratishdan iboratdir. 2003-2006 yillarda aholiga 16,2 mlrd.so’m iste’mol kreditlari ajratildi.


XULOSA 
Banklarda kelgusida bu boradiga olib boriladigan ishlarni yanada jonlantirish, shuningdek, 2008 
yil «Yoshlar yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, asosiy e’tibor aholiga 
beriladigan iste’mol kreditlari miqdorini keskin oshirishga qaratilmoqda.
Ya’ni, kam ta’minlangan, ko’p bolali va yangi turmush qurgan yosh oilalarga uy-joy, mebel va 
boshqa zaruriy jihozlar sotib olish uchun kredit ajratish ishlarini yanada jadallashtirish choralari 
ko’rilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasida yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari to’g’risida»gi Qonun, 
«Yoshlar yili» Davlat dasturiga muvofiq yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-
quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash, mustaqil hayotga kirib kelishda 
ularga zarur yordam ko’rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari, 
amaliy rag’batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini 
yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi «Yosh 
oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida»gi Farmoniga asosan yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo’li bilan 
uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo’jaligini yo’lga qo’yishda qo’llab-quvvatlanmoqda.
Xususan, 2007 yilning 6 oyida jami 903 ta yosh oilaga 1589,3 mln.so’m, shu jumladan, 40 ta 
oilaga 463,3 mln. so’m ipoteka kreditlari, 426 ta oilaga 472,2 mln. so’m iste’mol krediti va 473 
ta yosh oila hisoblangan tadbirkorlik subyektlariga 653,8 mln.so’m imtiyozli mikrokreditlar 
ajratildi.
Xususiy tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari va kichik biznes subyektlariga beriladigan 
mikrokreditlar va mikrolizing xizmatlari.
So’nggi yillarda respublikamizda kichik biznes 
subyektlarini imtiyozli kreditlash mexanizmi yaratildi va kredit berishda talab qilinadigan 
hujjatlar soddalashtirildi hamda son jihatidan qisqartirildi. Buning natijasida tadbirkorlik 
subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyati tubdan yaxshilandi.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin