asosida Bosh bank kredit qo’mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddati o’tgan kreditlar
- kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati,
shuningdek,
garchi ularning muddati uzaytirilgan bo’lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati
o’tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qayta rasmiylashtirilgan
hisoblanadi, chunki kredit
shartnomasida muddati o’tqazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo’llash ko’zda
tutiladi.
Alohida ssuda hisob-raqami
orqali berilgan kreditlar muddati o’tgan
hisob raqamiga kreditni
qaytarish muddati o’tgan va hisob raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda o’tkaziladi.
Kontokorrent hisob-raqamidan
berilgan kreditlar kredit shartnomasida ko’rsatilgan
muddatda
qaytarilmagan va 12 oy muddat tugagandan keyin kredit saldo yopilmagan bo’lsa muddati o’tgan
hisoblanadi
Lombard krediti
kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa, muddati
o’tgan hisob raqamiga o’tkaziladi. Kredit shartnomasida imtiyozli davr o’rnatilgan bo’lsa,
“Garov to’g’risida” gi qonunga muvofiq garov predmetini muomaladan olib qo’yishga ruxsat
berilmaydi.
Overdraft hisob-raqami
orqali berilgan kreditlar har oyning oxirida kredit saldo qoldig’i bilan
ta’minlanmagan bo’lsa kelasi oydan boshlab yoki shartnomada ko’rsatilgan muddatda
qaytarilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: