1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari


V.  Miqdori bo’yicha kreditlarning quyidagi turlari mavjud: V.1. Mikro-kreditlar



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Kredit turlari

V. 
Miqdori bo’yicha kreditlarning quyidagi turlari mavjud:
V.1. Mikro-kreditlar
:
Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan eng kam 
ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan ssudadir.
Boshlang’ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokreditlar:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun eng kam oylik ish 
xaqining 50 baravarigacha miqdorda;
- mikrofirmalar va dexqon xo’jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) eng kam 
oylik ish xaqining 100 baravarigacha miqdorda;
- fermer xo’jaliklari uchun eng kam oylik ish xaqining 200 baravarigacha miqdorda beriladi.
V.2. Makro-kreditlar
:
Makrokredit - turli mulkchilik shaklidagi subyektlarga beriladigan eng kam ish haqining 1000 
baravari miqdoridan oshadigan kreditlar.
V.3. Mono-kreditlar:
Mono kreditlar - 1-darajali bank kapitalining 25% idan oshadigan miqdorda yirik investision 
loyihalarini sindisiyalash asosida beriladigan kreditlar
1. «Ishonchli» (blank) kreditlarini berish tartibi. 


Tijorat banklari va ularning filiallari xo’jalik yurituvchi subyektlarga ta’minlangan yoki 
“ishonchli” deb nomlanadigan, ta’minlanmagan (blankli) kreditlar berish to’g’risida qarorlar 
qabul qilishlari mumkin.
Kreditlarni ta’minotsiz - ishonch asosida 
berish bank uchun katta xatar bilan bog’liq 
bo’lganligi uchun ham, bunday kreditni oluvchining kreditni qaytarish qobiliyati (reytingi) 1-
sinfdan past bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, bank bilan kredit oluvchi o’rtasida doimiy 
aloqa mavjud bo’lishi va kredit oluvchining to’lovga layoqatliligi (qobilligi) shubha 
tug’dirmasligi lozim. Ishonchli kreditlar reytingi 1-sinfga mansub bo’lgan (ayrim xollarda istisno 
tariqasida, kreditlarni muntazam ravishda o’z vaqtida yoki muddatidan oldin qaytargan kreditga 
layoqatliligi 1-sinfdan past bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarga), yaxshi kredit tarixi va 
yetarli o’z sarmoyasiga ega bo’lgan likvidlik darajasi o’rtadan yuqori bo’lgan hamda kam-
ko’stsiz kreditni qaytara olish qobiliyatiga ega bo’lgan mijozlarga beriladi. Ishonchli kreditlarni 
berishni asosiy shartlaridan biri qaytarish muddati 1 yilgacha bo’lishidir. Ba’zi xollarda istisno 
tariqasida bank filiali kredit komissiyalari yoki Bosh bank kredit qo’mitasining qaroriga muvofiq 
12 oydan ortiq bo’lgan muddatlarga ishonchli kreditlar ajratilishi mumkin.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin