Qimmatli qog’ozlar bozori va birjalar faoliyatining huquqiy tartibga solinishi. Reja



Yüklə 212,23 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü212,23 Kb.
#114282
  1   2   3
11 Mavzu


Qimmatli qog’ozlar bozori va birjalar faoliyatining huquqiy tartibga solinishi.

Reja:

  1. Qimmatli qogʻoz xususiyatlarini sanang

  2. Qimmatli qogʻozlarning qanday turlarini bilasiz?

  3. Qimmatli qogòzlar bozorining qanday xususiyatlari mavjud?

  4. Fond birjasi nima? Investitsiya fondichi?

  5. Qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatiga olish, muomalaga chiqarish.

Har qanday bozor makonini ikki qutubga ajratish mumkin:


ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar - boʻsh pul mablagʻlariga ega boʻlgan va ularni saqlash hamda koʻpaytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa – yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar, koʻrsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonaviylashtirish, kengaytirish, qayta taʼmirlash uchun zarur boʻlgan boshlangʻich yoki qoʻshimcha kapitalga muxtoj boʻlgan bozor subyektlari turadi. Kapital isteʼmolchilari sifatida esa korxonalar, tashkilotlar, aholi, shunigdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin. Mablagʻlarni jalb etish maqsadida kapital isteʼmolchilari qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablagʻ oladi. “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, Qimmatli qogʻozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻoz- larni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq munosabatlari tizimidir.
Qimmatli qogʻozlar bozori uning ishtirokchilarining qimmatli qogʻozlarni chiqarishi, sotishi va muomalasiga oid iqtisodiy muno- sabatlar majmui sifatida belgilanishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozori har qanday boshqa mahsulot bozoriga oʻxshaydi, lekin u ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, ular mahsulotning oʻziga xos jihatlari, shakllanish usuli va muomalasi xususiyati bilan belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar bozori moliya bozorining bir qismidir. Qimmatli qogʻozlar bozorining asosiy maqsadi ularni investitsiya qilish uchun vaqtincha boʻsh mablagʻlarni toʻplashdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun qimmatli qogʻozlar bozori maʼlum umumiy bozor va oʻziga xos funksiyalarni bajaradi1.

Qimmatli qogʻozlar bozorlari turlarining tasniflari qimmatli qogʻozlar turlarining tasniflari bilan koʻp oʻxshashliklarga ega. Quyi- dagilarni ajratib koʻrsatiladi:

  • xalqaro va milliy qimmatli qogʻozlar bozori;

  • milliy va mintaqaviy (hududiy) bozorlar;

  • muayyan turdagi qimmatli qogʻozlar bozorlari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);

  • davlat va korporativ (nodavlat) qimmatli qogʻozlar bozorlari; • qimmatli qogʻozlar va derivativlar bozorlari va boshqalar.

Qimmatli qogʻozlar bozorining u yoki bu tasnifining maʼnosi uning amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Pul va valyuta bozorlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori moliya bozori tushuncha- siga kiritilgan. Qimmatli qogʻozlar bozori haqidagi adabiyotlarda koʻpincha fond bozori deb nomlanadi. Mamlakatimizda ushbu tushunchalar oʻrtasida hali ham aniq farq yoʻq. Qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasining sinonimi sifatida fond bozori tushunchasi ishlatilganligi bilan bir qatorda, uning mazmunini torroq talqin qilish ham mavjud. Xususan, fond bozori faqat qimmatli qogʻozlar va korporatsiyalarni qamrab oladi yoki bu odatda fond (kapital) qimmatliklari deb ataladigan qimmatli qogʻozlar bozoridir2.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik. Qimmatli qogʻozlar bozorini huquqiy tartibga solishda eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi fundamental manbadir. Xususan, ushbu kodeksning 96- moddasi Qimmatli qogʻozlar tushunchasi va turlarini ochib beruvchi norma hisoblanadi. Shuningdek, Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati sifatida 2015-yil 3-iyunda yangi tahrirda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida ahamiyatga ega. Xususan, unda qimmatli qogʻozlarni chiqarish tartibi, qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, qimmatli qogʻozlar bozorida axborotni oshkor qilish, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi va boshqa masalalar oʻz ifodasini topgan edi. U bilan tadbirkorlik subyektlarini professional tarzda qimmatli qogʻozlar bozorida shugʻullanish asoslari turli paragraflarda ifodalangan.
Yangi tahrirdagi Qonunga binoan, qimmatli qogʻozlar bozoriga qator yangiliklar joriy qilindi. Xususan, Qonunda Oʻzbekiston Respub- likasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan
2011–2015-yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlar massh- tabini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda tadbirkorlik muhitini shakllantirish boʻyicha mezonlar va baholar tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan investitsiya loyihalariga kapitalni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiyalash, infratuzilma loyihalarini roʻyobga chiqarish hamda sanoatga investitsiyani oshirish zaruratidan kelib chiqib, qimmatli qogʻozlarning yangi turini — infratuzilmaviy obligatsiyalarni chiqarish koʻzda tutildi. Bu oʻz navbatida davlat korxonalari va xoʻjalik jamiyatlariga ishlab chiqarish hamda boshqa infratuzilmalarni barpo etish va qayta tiklashni moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratishi shubhasiz edi.
Shu bilan birga, mazkur huquqiy hujjatda investorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun kafolat fondi tuzilishi belgilangan. Bu yangilik investorlarni investitsiya vositachilari (brokerlar) aybi bilan yetkazilishi mumkin boʻlgan zararlardan muhofaza etadi. Koʻplab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda brokerning aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash maqsadida maxsus kafolat fondi tashkil qilingan. Shubhasiz, qonunchilikdagi ushbu yangi norma investorlar uchun qoʻshimcha kafolatlar mexanizmini yaratib, investitsiya vositachilarining masʼuliyatini oshiradi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi yana bir nechta normativ huquqiy hujjatlar mavjud boʻlib, ularga Oʻzbekiston Respublikasining, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador- larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi Qonunlari kiradi. Shuningdek, Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni tartibga solish boʻyicha maxsus Nizomlar qabul qilingan boʻlib, ular jumlasiga Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoidalari, Moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida Nizom, Depozitariy hisobi va hisobot berishning yagona Qoidalari (standarti), Depozitar faoliyat toʻxtatilgan va tugatilgan taqdirdagi harakatlar tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi Nizom, Transfer- agent faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom, Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitishuvlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisida”gi Nizom va boshqalarni kiritish mumkin.
Qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatiga olish, muomalaga chiqarish. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi 7 bosqichni oʻz ichiga oladi:

  1. qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va tasdiqlash;

  2. qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi (emitent va u chiqaradi- gan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, investorning qimmatli qogʻozlar olish toʻgʻrisidagi qaroriga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat) ni tasdiqlash (qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);

  3. qimmatli qogʻozlar chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

  4. qimmatli qogʻozlar chiqarishni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga olish;

  5. qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi axborotni qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;

  6. chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish;

  7. roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qimmatli qogʻozlarni chiqa- rish natijalari toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etish.

Qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni alohida ahamiyatga ega boʻlib, Qimmatli qogʻozlar davlat roʻyxatidan oʻtkazil- gachgina ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va muomalasiga ruxsat berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bu Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari hisoblanadi.
Xalqaro obligatsiyalardan tashqari barcha qimmatli qogʻozlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar yozma shaklda tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazilgachgina haqiqiy sanalishi mumkin. Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish elektron shaklda amalga oshiriladi. Bunda ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirishlari mumkin.
Joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarning soni emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari - qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarning egalari, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar emitentlari emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxsdir. Ushbu emitentlarninig ichida eng ishonchli va yirik emitenti bu davlat hisoblanadi. U obligatsiyalar, gʻazna majburiyatlarini muamalaga chiqarishi mumkin. davlat qimmatli qogʻozlar emissiyasini Markaziy bank, Moliya vazirligi kabi davlat hokimiyati va bosqaruvining turi idoralari amalga oshirgan vaqtda emitent sifatida qatnashadi.
Oʻz ahamiyatiga koʻra aksiyadorlik jamiyatlari ham emitent sifatida aksiyalar, obligatsiyalar va veksellarni ishlab chiqarib mua- moalaga chiqarishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ushbu mablagʻ- lardan bevosita oʻzining rivojlanishi uchun foydalanish ikmoniga ega boʻladilar.
Emitentlar ichida investitsiya muassasalari (qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari), jumladan xususiylashtirish investitsiya fondlari (obligatsiyalar va veksellar ishlab chiqaradilar), shuningdek, banklar (aksiya, obligatsiya, depozit va jamgʻarma sertefi- katlari, vekesellarni muomalaga chiqaradilar) alohida ahamiyat kasb etadilar.
Investor — qimmatli qogʻozlarni oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Investorlar oʻzlarining boʻsh turgan pul mablagʻlarini dividentlar va foizlar koʻrinishida daromad olish, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish narxi va sotish narxi oʻrtasidagi farq koʻrinishida daromadlar olish, korxonani boshqarish, iqtiso- diyotning pul - kredit sohasini tartibga solish maqsadida sarflaydilar.
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional ishtirok- chilari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra, quyidagi shakllarda professional faoliyatini olib borishi mumkin:

  • investitsiya vositachisi;

  • investitsiya maslahatchisi;

  • investitsiya fondi;

  • investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;

  • transfer-agent;

  • qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.

Moliya va yurisprudensiya fanlari olimlarning bu borada fikr va yondashuvlari turli xil boʻlib, 1-guruh olimlarlarning fikricha professional ishtirokchilar sifatida depozitariy va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va reyestr yuritishni ham kiritishsa, 2-guruh olimlar esa professional faoliyat sifatida faqatgina qimmatli qogʻozlar bozoridagi moliyaviy resurslarni boshqarishda ishtirok etadigan tashkilotlarni tan olishadi va bunda qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshiruvchi subyektlar professional
ishtirokchilar sifatida koʻrilmaydi.
Fond birjasining huquqiy maqomi va faoliyati
Fond birjasi - ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda oʻrnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda oʻtkazish orqali faqat qimmatli qogʻozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxsdir.
Klassik koʻrinishda fond birjasi bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qogʻozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori boʻlib, u savdo sotiqning hamda qimmatli qogʻozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib, tamoyillariga egadir.
Klassik fond birjasining asosiy oʻziga xos xususiyati quyidagilardan iborat:
-birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli qogʻozlarga ruxsat etiladi;
- birja savdolariga fond birjasi aʼzolarining maxsus muassasasiga aloqador boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi;
-qimmatli qogʻozlar bilan savdolar qilishning muvaqqat tartibi va andozalshtirilgan savdo- sotiq tadbirlarining mavjudligi;
-savdo – sotiqni muayyan joyda markazlashtirish;
-birjaning oʻzini-oʻzi tartibga solishi, yaʼni birjani boshqarishni birja savdolari ishtirokchilarining oʻzlari amalga oshiradi3.
Fond birjasi sarmoya yetkazib beruvchilarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini safarbar qilish va uni qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi orqali orqali investitsiya qilishning eng muhim iqtisodiy vositalaridan biri hisoblanadi. Har qanday taraqqiy etgan mamlakatda u nafaqat qimmatli qogʻozlar bozorida bajarilgan bitimlarning roʻyxatga olinishini, narxlarnig qayd etilishini, sarmoayning bir tarmoqdan boshqasiga qoʻyilishini taʼminlovchi muassassa boʻlib, balki butun iqtisodiyot ahvolining barometri boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi qimmatli qogʻozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Fond birjasining muassislari boʻlib qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin4.
Fond birjasida qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

  • birja savdolarini oʻtkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;

  • birja savdolarida narxlar shakllanishining erkinligi;

  • birja bitimlarini tuzishning ixtiyoriyligi;

  • birjaning barcha aʼzolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi;

  • tuzilgan birja bitimlari bajarilishining taʼminlanishi.

Fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi- gan tartibda amalga oshiriladi.
Birja faoliyatini moliyalash oʻz aksiyalarini, paylarini, brokerlik joylarini sotish, muntazam aʼzolik badallari, birja bitimlarini roʻyxatga olishdan tushgan yigʻimlar, qimmatli qogʻozlar bilan boʻgliq operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun vositachilik haqlari, shunigdek axborot va ayrim boshqa xizmatlardan olingan daromadlar xisobidan amalga oshirilishi mumkin5.

Yüklə 212,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin