Qimmatli qog’ozlar bozori va birjalar faoliyatining huquqiy tartibga solinishi. Reja


Investitsiya fondlari. Xususiy investitsiya fondi



Yüklə 212,23 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü212,23 Kb.
#114282
1   2   3
11 Mavzu

Investitsiya fondlari. Xususiy investitsiya fondi.
Investitsiya fondi – bu investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ushbu pul mablagʻlarni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Investitsiya fondlarining tashkiliy huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati boʻlishi lozim.
Investitsiya fondi tijorat tashkiloti boʻlib, u oʻzining alohida hisobga olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega boʻladi. Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini toʻlash pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, shuningdek koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak.
Investitsiya fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin:

  • oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan investitsiya fondi;

  • oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan investitsiya fondi.

Investitsiya fondining turi uning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya fondi:


  • investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;

  • toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak);

  • kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga;

  • tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;

  • ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;

  • boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega boʻlishga;

  • investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga;

  • umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas.

Yüklə 212,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin