Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 65,58 Kb.
səhifə1/10
tarix24.09.2022
ölçüsü65,58 Kb.
#64067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9.4-ilova


9.4-ilova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI


MOLIYA ORGANLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA- TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida:

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, er-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o‘zini o‘zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash;
budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
qimmatli qog‘ozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘ysunuviga;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha moliya organlari tuman va shahar bo‘linmalaridagi sho‘balar — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.
Vazirlar Mahkamasi Kompleksining rahbari (Z.T. Mirzayev), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligi o‘z boshqaruviga topshirilayotgan yuqoridagi jamg‘armalar va inspeksiyaning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi zimmasiga yuklatilsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:

Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, shuningdek Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;
Budjetdan tashqari Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1, 2, 2a-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
51. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari, hududiy moliya va g‘aznachilik bo‘linmalari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining xodimlari lavozim maoshini mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,5 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Bunda, bir vaqtning o‘zida mazkur qaror va oldin qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi va ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarning eng yuqorisi qo‘llaniladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablag‘laridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, G‘aznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 65,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin