1. Òzbekistonda Ijtimoiy sheriklikning asoslari Ijtimoiy sohani rivojlantirish Ijtimoiy nazariya



Yüklə 372,25 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü372,25 Kb.
#57000
TARIXDAN 9-MAVZU


TTATF DAVOLLASH FAKULTETI 109 GURUH TALABASI Islamov AnvarNING O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Qabul qiluvchi:NILUFAR XUSANOVNA

Mavzu:Òzbekistonda ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy asoslari

1. Òzbekistonda Ijtimoiy sheriklikning asoslari 2. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 3. Ijtimoiy nazariya

REJA:


Ijtimoiy sheriklik rivojlanishining nazariy huquqiy asoslari.Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini himoyalash, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda.Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir.Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil qilingani fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan va 2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan

Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan. Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi. Bunda davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlarni tiklash va o‘rganish kabi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi ham qonunda o‘z ifodasini topgan. Bu aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar qaror topishiga yanada keng yo‘l ochadi. Qonunga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok

4.O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishiInsoniyat tarixida buyuk rol o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil O‘zbekistonda hayotga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi.

Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, degani emas. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari bo‘g‘ilgan va shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. Mustabid tuzum davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish imkoniga ega emas edilar. Chunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai nazardan yoritilar edi.

Sho‘rolar davri ijtimoiy-gumanitar fanlarida ijtimoiy sheriklik g‘ayri ilmiy nazariya sifatida baholanar edi. Ana shunday kayfiyatda tarbiyalangan odamlar ijtimoiy sheriklik munosabatlariga mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin ham kirishib ketishlari qiyin kechdi. SHuni hisobga olib davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlana boshladi. Davlat dastavval fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorladi.



So‘nggi yillarda «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «Homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda1.

Davlat fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorlash bilan bir qatorda ularga iqtisodiy jihatdan ko‘mak berishni ham kuchaytirib bordi. NNTlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak davlatning iqtisodiy salohiyati oshishi bilan birga kuchayib bordi. Bu ko‘mak keyingi birnecha yil davomida ayniqsa salobatli bo‘ldi. 2010 yilda Prezident “bunday ko‘makning miqdori keyingi uch yilda o‘n bir milliard so‘mdan ortiqn tashkil qildi”, deb aytgan bo‘lsa, 2015 yilning o‘zida bu ko‘mak hajmi so‘mni tashkil qildi. Davlatning NNTlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotganining sabablaridan biri shundaki, NNTlarning asosiy maqsadi-aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. Aholiga ijtimoiy xizmatni davlat idoralari ham ko‘rsatadi. Lekin NNTlar tarkibi ixchamligi va bevosita aholi tashabbusi bilan tuzilgani sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, NNTlar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga davlat byudjeti mablag‘laridan tashqari xususiy sektor mablag‘larini ham grantlar, xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati shaklida jalb etish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonda davlat NNTlarning mana shu xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olib har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Davlatning ko‘magi grantlar, ijtimoiy buyurtmalar, subsidiyalar tarzida amalga oshirilmoqda.

E’TIBORINGIZ

UCHUN RAHMAT !!!
Yüklə 372,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin