Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida


Tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining



Yüklə 65,58 Kb.
səhifə6/10
tarix24.09.2022
ölçüsü65,58 Kb.
#64067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9.4-ilova

Tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining


NAMUNAVIY TUZILMASI











Mudir













Mudirning birinchi o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i




Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari
bo‘yicha mudir o‘rinbosari — sho‘ba mudiri







Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho‘basi
2





Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi
1 — 4




Kommunal va yo‘l xo‘jaligini
rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini
moliyaviy jihatdan ta’minlash sho‘basi
1








Jismoniy va yuridik
shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha inspektor
1





Budjetning daromad
bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo‘yicha bosh iqtisodchi
1












Yuriskonsult
1

Boshqaruv xodimlarining soni — 10 — 13.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 2108. Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2 — 5.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarning umumiy soni — 695.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga 7-ILOVA




O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risida


NIZOM
    1. Umumiy qoidalar


  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi).

  2. Moliya vazirligi budjet, soliq va bojxona-tarif sohalarida, shuningdek, moliya bozori, sug‘urta, fuqarolarning pensiya ta’minoti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida, budjet tashkilotlari va budjet oluvchilarni moliyalashtirish, monopolist korxonalarning tovar va xizmatlari uchun narx belgilash, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining strategik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlariga erishishni ta’minlash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri (keyingi o‘rinlarda — moliya vaziri) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.

  1. Moliya vazirligi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy moliya organlari), Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri g‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar g‘aznachilik bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari), Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, Moliya vazirligi tasarrufidagi boshqa tashkilotlar kiradi.

Hududiy moliya organlari Moliya vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga hisobot beradi.

  1. Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

  2. Moliya vazirligi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

  3. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari moddiy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti), O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

  4. Moliya vazirligi, hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

    1. Yüklə 65,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin