Savol/ Вопрос Javob (To'g'ri Javob)/ Ответ



Yüklə 21,54 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü21,54 Kb.
#118997
pul va bank testlar


Savol/ Вопрос Javob 1 (To'g'ri Javob)/ Ответ 1 (Правильный ответ)
Dastlabki davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo'lgan? Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi
Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtki bo‘ldi? Barcha javoblar to'g'ri
Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning: Qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi
Pulning qiymat shakli nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi? 5 ta
Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan? Eramizdan avvalgi VII asrda
Dastlabki tangalar qayerda zarb etilgan? Xitoyda
Qog‘oz pullar muomalaga qachon chiqarilgan? X asrning oxiri XI asrning boshlari
Qog'oz pullar muomalaga qayerda chiqarilgan? Xitoyda
O'zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan? Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan
G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temur nomi bitilgan necha turdagi oltin va kumush tangalar muomalaga chiqarilgan? 120 dan ortiq
O'zbekiston hududida qog'oz pullar dastlab qachon muomalaga chiqarilgan? 1918 yilda
Buxoro amirligining qog'oz pullari nechanchi yil bekor qilingan? 1920 yilda
Pulning mohiyati nimada aniq namoyon bo'ladi? Pulning funksiyalarida
Anglo - amerikalik iqtisodchilar pulning nechta funksiyasini e’tirof etadi? 3 ta
Rossiyalik iqtisodchi olimlar pulning nechta funksiyasi maujudligini ta’kidlaydi? 5 ta
Pulning muomala vositasi funksiyasi qachon namoyon bo'ladi? Sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida ayirboshlash bir vaqtda bajarilsa
Vaqtincha foydalanilmayotgan pullar qanday funksiyani bajaradi? Jamg'arma vositasi funksiyasini
Mehnat taqsimoti jarayonida pulning roli nimada namoyon bo'ladi? Tovarlarni ayirboshlashda
Tovar xo'jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi? Milliy valyutaning barqarorligi
Iqtisodiyotning markazdan boshqarish sharoitida pulning nechta funksiyasi e’tirof etilgan? 5 ta
Xorijiy iqtisodchi olimlar pulning qanday funksiyalarini inkor etadi? To'lov vositasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va mahsulotlarning qiymati qanday aniqlanadi? Bozordagi talab va taklif asosida
Metallar qachondan boshlab pulning funksiyasini bajara boshlagan? Miloddan oldingi VII - VI asrlarda
Dastlabki qog'oz pullar qachon muomalaga kiritilgan? XI va XII asrlarda
Plastik kartochkalar qachon pulning vazifasini bajara boshlagan? XX asrning ikkinchi yarmidan
Natural shakldagi pullarni guruhlanishi qaysi javobda to'g'ri keltirilgan? Hayvonlar, buyumlar va o'simliklar shaklida
Haqiqiy pullarning xossalari qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Ularning muomalada amal qilishini nazorat qilish zarurligi
Xitoyning ayrim provinsiyalari va Rossiyada qanday natural pullar juda keng tarqalgan? Buqa
Natural pullardan foydalanishga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishiga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ ri keltirilgan? Natural pullar o'zining qiymatini yo'qotganligi
“Emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” terminlari mа’nosi jihatidan bir-biridan farq qiladimi? Tubdan farq qiladi
Plastik kartalarning qulayligi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan? Banklarning xarajat qiladigan mablag'lari tejaladi
Pulning nazariyasi iqtisodiy kategoriya sifatida nechta guruhga ajratib o'rganiladi? 2 ta guruhga
Pulning metallik nazariyasi qanday davrlarda vujudga kelgan? XVI - XVII asrlarda
Pulning metallik nazariyasi qanday tuzumda vujudga kelgan? Kapitalistik tuzumda
Pulning nominal nazariyasi qachon vujudga kelgan? XVII - XVIII asrlarda
Pulning nominal nazariyasi davrini shakllanishiga qanday omillar ta’sir qilgan? Muomalaga haqiqiy bo'lmagan metall pullar
kiritilganda
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining kamchiligi nimada? Pulning qiymatini davlat belgilashini e’tirof etishadi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qobiliyati: Talab va taklif asosida belgilanadi
Pulning miqdoriylik nazariyasi haqidagi ta’limot qachon va kim tomonidan ilgari surilgan? XVI-XVII asrlarda, D.Yum tomonidan
Miqdoriylik pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari kimlar? M.Fridman, K.Brunner va A.Melttser
Miqdoriylik pul nazariyasida “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surgan nazariyachi kim? A.Pigu
O'zbekiston tijorat banklarida elektron to`lov tizimi qachon joriy etildi? 1997 yil martda
Quyidagilardan qaysi biri naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish qoidalari hisoblanmaydi? Bank mijozning hisob varag`idan uning xabari bo`lmagan hollarda memorial order bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin
To‘lov topshiriqnomasi bu: Sotib oluvchining bankka o‘z hisob varag`idan mablag'ni sotuvchi hisobiga o`tkazib berish haqidagi yozma topshirig`i
To'lov talabnomasi bu: Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag'ni talab qilishi haqidagi hujjat
Akkreditivning shakllari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Qoplangan va qoplanmagan
Akseptli to‘lov talabnomalarda: Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, so'ng to'lovni amalga oshiradi
Akseptsiz to‘lov talabnomalarda: Bank dastlab to'lovni amalga oshiradi so'ng
mijozning roziligini oladi
Banklarda ikkinchi kartoteka qanday hollarda yuritiladi? Mijozning hisobvarag'ida mablag'lar mavjud bo'lmagan yoki yetarli bo'lmagan hollarda kirim qilinadi
Inkasso topshiriqnomasi: Bankka to`lovchining hisob varag`idan so‘zsiz tartibda mablag`larni hisobdan chiqarish huquqini beradi
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning eng ko‘p qo'llaniladigan shakli bu: To`lov topshiriqnomasi
Naqd pul muomalasida pul harakatining nechta oqimi mavjud? 2 ta
Muomalaga pullarni emissiya qilish qanday bank zimmasiga yuklatilgan? Markaziy bank
Naqd pullar: Yuqori likvidlik qobiliyatiga ega hisoblanadi
Naqd pullar bo'yicha talablarni bajarishning asosiy majburiyati: Tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi nimadan iborat? Muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo`lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iborat
Pul massasi bu: Muomaladagi naqd va naqd pulsiz oborotidagi
pullar yig`indisi
O'zbekistonda qanday pul agregatlari amal qiladi? MO, Ml, М2, М3
“Pul fetishizmi” qanday mа’noni anglatadi? Pulga sig'inish
Bimetalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
Pul tizimi deganda nima tushuniladi? Pul tizimining asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi
Haqiqiy pullar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Oltin va kumush tangalar
Monometalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida bitta metallni (odatda oltin yoki kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to'lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
Oltin quyma standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Muomalada oltin tangalarning to'lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
Oltin deviz standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
Oltin tanga standartidan voz kechilishining asosiy
sabablari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo'ldi
Nechanchi yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob-kitoblarda qog‘oz-kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi? 1930 yillardan
Qaysi standartda oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to’xtatildi? Oltin quyma
Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? Emission banklar
Banknotalar qaysi organ tomonidan muomalaga
chiqariladi va tartibga solinadi? Markaziy bank
Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida
muomalaga chiqariladi? Davlat budjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida
Qaysi davrda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi? 1971-1973 yillarda
O'zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng? 10000 tiyin
O‘zbehtistonda 1991-1993 yillarda nima uchun mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishning imkoni yo‘q edi? Milliy valyuta joriy etilmaganligi tufayli
O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shartli ravishda nechta bosqichga ajratish mumkin? 3 ta
O'zbekiston pul tizimining tashkil topishini birinchi bosqichi qaysi davrni o‘z ichiga oladi? 1991 yil sentabrdan 1993 yil noyabrgacha bo'lgan davr
Oraliq “so‘m kupon”lar qachon muomalaga kiritildi? 1993 yil 15 noyabrdan
Oraliq “so'm kupon” muomalada qachongacha to'lov vositasini bajardi? 1994 yil 1 iyulgacha
Milliy valyuta so'm va oraliq so‘m kuponlar qanday nisbatda almashtirildi? 1ga 1000 nisbatda
O'zbekiston hududida qanday davrda uch turdagi valyuta muomalada to'lov vositasini bajardi? 1993 yil dekabr
Sobiq Ittifoq respublikalari qachondan milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi? 1992 yil may-iyun
Rossiya Federatsiyasining yangi namunadagi banknotalari to‘lov vositasi sifatida amal qilishi qachon bekor qilindi? 1994 yil 15 apreldan
Quyidagidlardan qaysi biri O‘zbekiston pul tizimi elementlari hisoblanmaydi? Qat’iy belgilangan valyuta kursi
Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi omil qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Tovar va xizmatlar bahosi pasayadi
Inflatsiya tushunchasi iqtisodiy oborotga qachon kirib kelgan? 1864 yilda
Inflatsiya bilan bog'liq muammolar qachon vujudga kelgan? Qog'oz pullar to'lov vositasi sifatida amal qila boshlagandan
Iqtisodiyotda inflatsiya sharoitida qanday holat yuz bermaydi? Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi barqarorlashadi
Quyidagilardan qaysi biri inflatsiyaning shakliga kirmaydi? Monopol inflatsiya
Giperinflyatsiya sharoitida pul muomalasi qanday holatda bo'ladi? Pul muomalasi izdan chiqadi
Inflatsiyani keltirib chiqaradigan omillar qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Tovar massasiga nisbatan pul massasining qisqarishi
Inflatsiyaga qarshi qanday siyosat mavjud? Umumiy talabni tartibga solish siyosati
Sudraluvchi inflatsiyaning yillik darajasi necha foizni tashkil etadi. 6-8 foiz
Yevrohudud uchun EMB tomonidan belgilangan inflyatsiya darajasining yillik normasini ko‘rsating Yillik 2 foiz
XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra inflatsiyaning oylik darajasi necha foizdan oshishi giperinflatsiya deb hisoblanadi 50 foiz
Pul islohotini o'tkazishning zarurligi nimada? Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash
Pul islohotlarining qanday turlari mavjud? Denominatsiya, devalvatsiya, revalvatsiya, nulifikatsiya
Denominatsiya bu...? Eski pul birligini yangi pul birligiga ma'lum nisbatda almashtirish
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominaldagi pul birliklari
muomalaga kiritilgan? 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'm
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominallardagi tiyin metall tangalar muomalaga kiritilgan? 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 200 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan? 1997 yildan
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 500 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan? 1999 yildan
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 1000 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan? 2001 yildan
Deinflatsion siyosat o‘z ichiga qanday tadbirlarni qamrab oladi? Davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va pul massasini cheklash
Qanday turdagi siyosatni olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo’lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o'sishini ma'lum chegarasi o'rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi? Daromadlar siyosati
Dastlab qanday munosabat vujudga kelgan? Tovar-pul munosabatlari
Kredit qanday munosabatlar asosida tashkil topdi? Tovar-pul munosabatlarida
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning qanday bo‘g‘inlarida o’rganiladi? Barcha bo'ginlarida
Kreditor va kredit oluvchi o'rtasida asosiy omil nima hisoblanadi? Iqtisodiy manfaatdorlik
Kreditning zarurligi qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Banklarni moliyaviy muassasa ekanligi
Kredit munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sababi? Kapital muomalasi va aylanishi hisoblanadi
Kreditning mohiyatiga iqtisodchi olimlarning qarashlari Bir-biridan keskin farq qiladi
Kreditning subyektiv mohiyati nimada namoyon bo'ladi? Kreditor va kredit oluvchining munosabatlarida
Kreditning funksiyalari qaysi javobda to'liq keltirilgan? Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish, pul kapitalini jamg'arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyalari
Kreditning tamoyillari qaysi javobda to‘liq keltirilgan? Maqsadlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, to'lovlilik tamoyillari
Kreditning shakllari qaysi javobda to‘liq va aniq keltirilgan? Tovarli kredit, pulli kredit, aralash kredit
Kredit shakllari ichida ko'proq qaysi biri qo'llaniladi? Aralash kredit
Bank krediti muddatiga ko'ra qanday kreditlarga bo'linadi? Qisqa va uzoq muddatli
Qaysi iqtisodchilar ssuda va kredit o'rtasidagi farqni ajratib berishga harakat qilganlar? Rimlik huquqshunoslar
Kreditning qanday turlari mavjud? Bank, davlat, tijorat, iste’mol, xalqaro kreditlar
Bank kreditida kreditning obyekti nima hisoblanadi? Pul kapitali
Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan? Tovarli kredit
Xalqaro amaliyotda tijorat krediti asosan qanday qimmatli qog'oz vositasida beriladi? Vekselda
Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat? Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi
Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi? Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo'lgan tovar va buyumlarni sotib olishga
Kredit marjasi nimani anglatadi? Kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farq
.................................. foizlarni hisoblash asosiy
qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi Oddiy foiz stavkasida
....................... hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib hisoblanadi Murakkab foiz stavkasida
Kreditlar bo'yicha qaysi foiz stavkasida inflatsiya darajasi hisobga olinadi? Real foiz stavkasida
Qanday turdagi foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida inflatsiya yuqori bo'lgan sharoitda kreditlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi? Antisipativ
Kredit bahosining funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang Taqsimlash, rag'batlantirish, tartibga solish, himoyalash
Tijorat banklari operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari, xizmat haqi va komission to'lovlar qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq banklar tomonidan qanday belgilanadi? Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga ko'ra
Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq banklar kredit operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar? “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun
"Praym-rayt" stavkasi qaysi bozor stavkasi o'zgarishi natijasiga asoslanadi? Pul bozori
LIBOR stavkasining mazmuni nima? London banklararo foiz stavkasi
UZIBOR stavkasining mazmuni nima? O'zbekiston banklararo depozit stavkasi
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi: Aniq ma'lumotlar mavjud emas
Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi olimlarni necha guruhga ajratish mumkin? Uchta guruhga
Tarixiy manbalarga ko'ra, dastlabki banklar qayerda tashkil topgan? Gretsiyada
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar: Ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi
Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki kо‘rinishlari qayerda va qachon vujudga kelgan? Angliyada, XVI asrda
“Bank” so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Qadimgi fransuzcha “banque” va italiyancha “banca” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi
Banklar nechta funksiyani bajaradi? 5 ta
Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi? Bank operatsiyalarining zarurligi, turlari, xo'jalik yurituvchi subyektlar va aholini ularga ehtiyojida
Banklarning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo'ladi? Xo'jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o'rtasida hisob-kitoblar tashkil etish va nazoratni amalga oshirish
Mulkiy jihatdan banklar tasniflanishi qanday javobda to'liq va to'g'ri keltirilgan? Davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan qanday tasniflanadi? Emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg'arma bank
Banklarga bo‘lgan ishonchning pasayishiga sabab bo'ladigan omillar qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini to'liq va muntazam ravishda bajarsa
Kredit uyushmalari dastlab qachon va qayerda tashkil etilgan? 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida
AQSh FZT qachon tashkil etilgan? 1913 yil
AQSh FZT boshqaruvchilar kengashi a’zolari soni necha kishidan iborat? 11
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisobotini taqdim etishning so'nggi muddati: 15 may
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaysi organ oldida hisobdor hisoblanadii? Senat
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav
kapitali miqdorini aniqlang 2 mlrd. so'm
Markaziy banklar uchun ta’qiqlangan faoliyat turi Tijorat bilan shug'ullanish
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidaqi qonun qachon qabul qilinqan? 1995 yil 21 dekabr
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi asosan qanday tarkibiy tuzilishga ega? Bank tizimi ikki bo‘g‘indan iborat bo'ladi
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi? 1987-1990 yillarga
O‘zbekistonda haqiqiy ikki pog'onali bank tizimi qachon tashkil topdi? Mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1991 yilda
Dastlabki Markaziy bank qayerda va qachon tashkil topgan? Stokgolmda, 1650 yilda
Dastlabki emission banklar qayerda va qachon tashkil etilgan? Angliyada, 1694 yilda
Dastlabki Markaziy banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan? Davlat kapitali shaklida, aksiyadorlik kapitali shaklida, aralash kapital shaklida
Jahon amaliyotida Markaziy banklarning asosiy maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash
Markaziy bankning funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq keltirilgan? Banknotalar emissiya qilish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, banklarning banki, hukumat banki funksiyalari
Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan? Banklarning faoliyatini litsenziyalash
Markaziy bank qachon va kimga hisobot taqdim etadi? Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kim tomonidan kiritildi? 1991 yilda V.Grilli
Mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bankni ko'rsating Germaniya markaziy banki
AQSh FZT raisi kim tomonidan taqdim etiladi? AQSh Prezidenti tomonidan
AQSh FZT raisining vakolat mudddati necha yil? 8 yil
YEMBning vakolatlari qaysi shartnomaga muvofiq о‘zgartirilishi mumkin? Maastrixt shartnomasi
Tsukerman indeksi bo'yicha Markaziy bank mustaqilligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar nechtani tashkil qiladi? 16
AQSh FZT kimga hisobdor hisoblanadi? AQSh Kongressiga
GMT indeksi bo'yicha MBning siyosiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi? 8 ball
GMT indeksi bo'yicha MBning iqtisodiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi? 7 ball
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining vakolat mudddati necha yil? 5 yil
“Bank Kengashi” yana qanday nomlanadi? Kuzatuv kengashi
Bankning oliy boshqaruv organi bu? Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi
Aksiyadorlari 1000 kishidan ortiq bo'lgan tijorat banklari Kengashi kamida necha a’zodan iborat bolishi kerak? 9 nafar
Yangi tashkil qilinayotgan xususiy banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori qancha bo'lishi lozim? 100 mlrd. so'm
Tijorat banklari qaysi funksiyasini amalga oshirishida pul mablag'lari ishtirok etmaydi? Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlar berish
Tijorat banklari uchun xos bo'lmagan funksiyani ko‘rsating Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining nechanchi bo‘g‘inida faoliyat yuritadi? Ikkinchi bo‘g‘inida
Hozirgi kunda tijorat banklari mijozlarga necha turdagi xizmatlarni ko'rsatadi? 300 dan ortiq
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki qonun qachon qabul qilingan? 1991 yil
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi ikkinchi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi? 1996 yil 25 aprel
Tijorat banklari riskli aktiv operatsiyalari natijasida: daromad oladi;
Banklarning daromadlari qanday tarkibdan tashkil topadi? Foizli va foizsiz
Mikromoliyalash tashkilotlari bank tizimining qaysi bo‘g‘iniga kiradi? Ikkinchi bo‘g‘iniga
O'zbekiston qonunchilik hujjatlari asosida mikromoliyalash tashkilotlari tarkibi qaysi javobda to'liq keltirilgan? Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
Qanday tashkilot mikromoliyalash tashkilotlari tarkibida asosiy moliya muassasasi hisoblanadi? Kredit uyushmalari
Kredit uyushmalarining passiv operatsiyalari: Ularga daromad keltiradi
Lombardlar qanday moliya muassasasi hisoblanadi? Ixtisoslashgan tijorat tashkiloti
Lombardlar faoliyatini qaysi tashkilot ro‘yxatga oladi va litsenziyalaydi? Markaziy bank
Bank inqirozining qaysi shaklida banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bolsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar? Yashirin inqiroz
Banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog'liq bo'lgan holatlar bank inqirozining qaysi shakliga xos? Inqirozning ochiq shakli
Bank tizimining aksariyat qismi to'lovga layoqatsizligini anglatadigan inqiroz bank inqirozining qaysi shakliga xos? Tizimli bank inqirozi
Banklar o'rtasida korrespondent munosabatlarda qollaniladigan “loro” hisorbvaraqlar: Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisob varaqlari
Banklar o'rtasida korrespondent munosabatlarda qo'llaniladigan "nostro" hisorbvaraqlar: Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisob varaqlari
Yüklə 21,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin