276
17-MODUL. TIJORAT BANKLARINING AKTIV VA
PASSIV OPERATSIYALARI
17.1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni
amalga oshirish asoslari.
17.2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat
banklari passivlarining barqarorligi.
17.3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari.
17.4.
Banklarning
qimmatli
qog’ozlar bilan amalga
oshiriladigan investitsion operatsiyalari.
17.5.Tijorat
banklarining
komission
vositachilik
operatsiyalari.
17.6. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan amalga
oshiriladigan
emission
operatsiyalari.
Banklarning
ssuda
kapitallari bozoridan resurslar jalb etishi.
17.1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga
oshirish asoslari.
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabo`l qilish va
boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan.
Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag’laridan foyda olish
maksadida ularni vaktincha foydalanishga mablag’ zarur bo`lgan
korxonalarga ssudalar berishgan.
Mobilizatsiyalashgan
pul
mablag’lari banklar mijozlarini
kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishni
qo`llabquvvatlash uchun foydalanadi. Daromad olish maqsadida bank
resurslarini
joylashtirish
bilan
bog’liq bo`lgan operatsiyalar
banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi.
Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish
bo`yicha operatsiyalar va veksellar bo`yicha ssudalar berish
operatsiyalariga bo`linadi.
Markaziy bankning xududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni
qayta hisobdan o`tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib bank uning
vaqtinchalik egasi bo`ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga
olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma`lum miqdorda pul to`laydi. Bu
operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish
foizi yoki diskont deb
277
ataluvchi ma`lum foiz undiradi. Diskont – bu vekselda ko`rsatilgan
summa bilan veksel egasiga to`lanadigan summa o`rtasidagi farqdir.
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo`jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi
xam rivojlana bordi. Xozirgi sharoitda banklar tobora ko`proq fakat
sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari quyidagi aktiv operatsiyalarni bajaradi:
aktiv ssuda operatsiyalari;
bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
bankning o`z mablag’lari xisobidan amalga oshiradigan
operatsiyalar va boshkalar.
SHu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko`rsatadigan
moliyaviy muassasalarga aylanmokda,
bu bank balansida aks
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar
valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar brokerlar sifatida
maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar.
Tijorat banklarning samarali faoliyatini ta`minlash maqsadida
bank nazorati va
monitorngini amalga oshirish, tijorat banklari
faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish va xalkaro talablarga
moslash, yangi schetlar tizimiga o`tish, chet el banklarining
shu`balarini ochish, to`lov tizimini takomillashtirish,
tijorat
banklarning
qimmatbaxo
qog’ozlar
bilan
operatsiyalarini
rivojlantirish, pul va valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini
ta`minlash kabi dolzarb masalalar hozirgi kunda mustakil bank
tizimining rivojlanishi tufayli o`z echimini topmokda.
Xalk xo`jaligidagi vaktincha bo`sh turgan mablag’larni yig’ish
va
ularni kapitalga aylantirish banklarning ilk funktsyalaridan biri
xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga
oshirilishi natijasida bir
tomondan, xukukiy va jismoniy shaxslar jalb kilingan mablag’lari
buyicha ma`lum mikdorda daromadga ega bo`ladilar, ikkinchi
tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil
kiladi va bu resurslarga asoslangan
xolda.
banklar
ssuda
operatsiyalarini olib boradi. Vaktincha bo`sh mablag’lar banklar
ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona
(tarmok)ga
vaktincha
foydalanishga
beriladigan
bo`lsa,
bu
munosabatlarni tashkil qilishda ma`lum kiyinchiliklar yuzaga kelishi
mumkin: