282
o`ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud.
Bank passivlarini ikkita
katta guruxga bo`lib o`rganadi:
1
Bank o`z kapitali va unga tenglashtirilgan
moddalarni tashkil
etish bilan bog’liq operatsiyalar;
Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar.
Tijorat banklarning o`z mablag’lari tarkibiga ularni passiv
operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:
1) Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli)
2) Qo`shimcha kapital,
3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, deval’vatsiya)
4) Taqsimlanmagan foyda
5) Qayta baxolash ortiqchasidan iborat.
YUqorida aytib o`tganimizdek, o`z mablag’lari
ustav kapital,
rezerv kapital, maxsus fondlar, o`tgan yillardagi taqsimlanmagan
foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat.
SHundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan
aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo`lib,
bankning boshlangich
ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada
mablag’ga ega bo`lish maqsadida o`zi uchun etarli bo`lgan miqdorda
joylashtiriladi.
SHuningdek,
rivojlangan
mamlakatlarda
fond
bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo`lgan
bozor narxlari qo`shimcha ravishda
nominalidan ortiqcha qismi
qo`shimcha kapitalda xisobga olinadi.
Mamlakatimiz
tijorat
banklarining
passiv
operatsiyalarini
tarkibida ularni depozit mablag’larini shakllantirish manbasi tijorat
banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi
o`ringa ega. CHunki passiv operatsiyalarni ichida ularning depozit
mablag’lari tijorat banklari o`z aktivlarini oshirish hisobiga o`z
likvidliligi va rentabelligini oshirish imkoniga ega bo`ladi.
Depozit operatsiyalar – banklarning
depozitorlar bilan tuzgan
shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko`ra muayyan muddatga
jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir.
Pul qo`yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar
quyidagilarga bo`linadi:
1.
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);
2.
jismoniy shaxslar;
1
Усоскин В.М,
Современный коммерческий банк, 1994 йил, 91 бет
283
Mablag’larni olish shakliga ko`ra depozitlar quyidagilarga
bo`linadi:
3.
muddatli depozit mablag’lar;
4.
talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar;
5.
aholining jamg’arma qo`yilmalari.
O`z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab
tasniflanadi. Muddatli depozit mablag’lar
ularning muddatidan kelib
chiqib tasniflanadi;
6.
3 oy muddatgacha depozitlar;
7.
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
8.
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9.
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
10.
12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag’lar.
Muddatli depozitlar bu banklar tomonidan ma`lum muddatga
jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlarlar qo`yilgan
muddatda o`zgarmas bo`lishi lozim va ular joriy to`lovlar uchun
ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: