17.4. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan
investitsion operatsiyalari.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining yana bir turi fond
operatsiyalaridir.
Turli qimmatli qog’ozlar uning ob`ekti bo`lib xizmat qiladi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bo`yicha operatsiyalarining ikki turi
ko`proq qo`llaniladi. Bo`lar qimmatli qog’ozlarni kreditning
ta`minlanganligi uchun qabo`l qilish yo`li bilan ssudalar berish va
ularni bank tomonidan
o`z
hisobiga sotib olish yo`li bilan
operatsiyalar o`tkazish.
Qimmatli qog’ozlar ta`minoti bo`yicha ssudalar ularning to`liq
bozor kursi qiymati bo`yicha emas, balki ularning ma`lum bir qismi
(6080%) bo`yicha beriladi.
Qimmatli qog’ozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo`yicha
ssudalar haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan bog’langan jarayonga
xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qimmatli qog’ozlardagi bank investitsiyalari
ham mavjud bo`lib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli
qog’ozlarni sotib oladi va bank qimmatli qog’ozlar portfeli vujudga
keladi.
Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarning xarid qilinishidan
maqsad – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki
kapitalning o`zoq muddatga qo`yilishi yo`li bilan foyda olishdan
iborat.
Oxirgi yillarda Respublikaning ko`pgina tijorat banklari yuqori
foyda olish maqsadida, davlatning xazina
majburiyatlarini ko`p
miqdorda sotib olishdi. CHunki qimmatli qog’ozlarning bu turi
bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari
tomonidan berilayotgan kreditlarning ta`minoti sifatida ko`chmas
mulk, boshqa bank yoki sug’o`rta tashkilotining sug’o`rta kafolati ham
qabo`l qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
ichida kreditlash jarayoni asosiy o`rinni egallaydi. U quyidagi asosiy
bosqichlarni o`z ichiga oladi:
288
– kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini
ko`rib chiqish;
– qarz oluvchining to`lovga va kreditga layoqatliligini bank
tomonidan o`rganib chiqilishi;
– kredit qo`mitasining qarori;
– kredit bitimini rasmiylashtirish;
– kredit berilishi;
– ssuda va u bo`yicha foiz to`lashning bank tomonidan nazorat
qilinishi.
Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan
bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va huquqlarni
belgilab beradi. Unda kreditlashning maqsadi va ob`ekti, kredit
miqdori, ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta`minotining
turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssudani
to`lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil
qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi
Tijorat banklari o`z faoliyati davomida turli xil xizmatlar
ko`rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma`lum
daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o`tkazmalar
va yig’imlar shaklida bo`lishi mumkin. Keyingi yillarda bank
xizmatlarining turlari va miqdori o`sib, bu soha bank faoliyatining
sezilarli yo`nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga
aylanib bormoqda. O`zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili
shuni ko`rsatadiki, ba`zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o`rinni
har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing
(Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq
faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati
shundaki, banklar mashinauskuna, jihozlar, transport vositalarini
sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing
shartnomalarini to`zadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun
sanoat korxonalariga ssuda berish o`rniga ularni o`zi sotib oladi va
iste`molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o`zida saqlab
qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqini (lizing
to`lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni
moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari o`z faoliyati davomida turli xil xizmatlar
ko`rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma`lum
289
daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o`tkazmalar
va yig’imlar shaklida bo`lishi mumkin. Keyingi yillarda bank
xizmatlarining turlari va miqdori o`sib, bu soha bank faoliyatining
sezilarli yo`nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga
aylanib bormoqda. O`zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili
shuni ko`rsatadiki, ba`zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o`rinni
har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing
(Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq
faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati
shundaki, banklar mashinauskuna, jihozlar, transport vositalarini
sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing
shartnomalarini to`zadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun
sanoat korxonalariga ssuda berish o`rniga ularni o`zi sotib oladi va
iste`molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o`zida saqlab
qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqini (lizing
to`lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni
moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi.
Lizing operatsiyalarida uch sub`ekt – ijaraga beruvchi, ijaraga
oluvchi va mol etkazib beruvchi ishtirok qiladi.
Ijaraga beruvchi bu – moliyaviy xarakterdagi vazifani
bajaruvchi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng
avvalo, moliyaviy investitsiyayalarning vositasi va ishonchli
moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun jahon amaliyotida lizing
kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki ularning
sho``ba korxonalari bo`ladi.
Ijaraga oluvchi – ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun
vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir.
Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob`ektini ishlab
chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo`lib, u ishlab chiqarish yoki
savdo korxonasi sifatida bo`lishi mumkin.
Odatda, mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat
shartnomasining asosiy shartlarini ishlab chiqadi. SHu bilan bir
qatorda, ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o`rganib
chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi.
Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning
daromad darajasini o`rganib chiqadi. Lizing ob`ektidan to`g’ri va
samarali foydalanish imkoniyatlarini ba`zida mutaxassislar ko`rib
290
chiqishi va qo`shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. SHartnomada
lizing operatsiyalari bo`yicha ijara muddati, miqdori, valyutasini, ijara
haqini to`lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning
(asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo`yicha majburiyatlari va
boshqa ko`rsatkichlar o`z ifodasini topishi lozim.
Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo`llaniladi. Bo`lar
operativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va
boshqalardir.
Operativ lizing ko`proq ishlab chiqarish davri bilan bog’liq
bo`lib; ob`ekt qisqa davrga, ya`ni uning hayotiy yaroqlilik davridan
qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu holda ob`ektning amortizatsiyasi
(eskirishi) to`liq amalga oshmaydi, ya`ni ob`ektni yana bir necha
marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi.
Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan,
odatda, ko`proq moliya lizing operatsiyalari o`tkaziladi. Lizingning bu
turi eng ko`p tarqalgan lizing shakllaridandir. U shartnomaning o`rta
va o`zoq muddatligi bilan tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to`liq
bo`lishi yoki ijara ob`ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin.
Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e`lon qiladi.
Moliyaviy lizing haqiqatda ijara ob`ektini o`zoq muddatli
kreditlash bo`lib, oddiy savdosotiqdan (egalik huquqi xarid vaqtida
iste`molchiga o`tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vositalarni
ijaraga oluvchi korxonaning ko`rsatmasiga binoan sotib oladi. Uni shu
korxonaga o`zoq yoki o`rta muddatga (3, 5, 7 yilga) ijara
shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin
qoldiq bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi
mumkin.
Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi
bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun
xo`jalik ko`lamida to`lovlar aylanishini amalga oshirish bilan
bog’liqdir. Faktoring (ingl. Factor – vositachi) – hisob-kitoblarni
tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo`lib, mijozning
aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday
operatsiyalarni chet ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari
amalga oshiradilar. Ular banklar bilan bog’liq yoki ularning
ixtisoslashgan sho``balari va kompaniyalari hisoblanadi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o`sishi bilan rivojlangan
mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust“ishonch” )
291
operatsiyalarining hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning bu
xizmatlari bank bilan mijoz o`rtasida ishonchlilik munosabatlarining
o`rnatilishi bilan bog’liq. Tijorat banklarining trast bo`limlari, mijozlar
topshirig’i bo`yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq
va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy
korxona va firmalar, shaxslar va boshqa tashkilotlar uchun amalga
oshiradi. Trast operatsiyalarini uch turga bo`lish mumkin:
dalolatnoma, g’amxo`rlik bilan bog’liq operatsiyalar va vositachilik
xizmatlari bo`yicha ko`rsatiladigan operatsiyalardir.
Merosni boshqarish bilan bog’liq trast operatsiyalari xususiy
shaxslar dalolatnomasi bo`yicha amalga oshirilib, bankning trast
bo`limi qator majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi. Ularning
asosiylariga: merosxo`rning merosini sud qarori yoki meros xati
asosida
to`plash,
boshqaruv
ma`muriy
xarajatlarini
to`lash,
merosxo`rlar o`rtasida merosni bo`lishi va shu oila a`zolariga xususiy
xizmatlarni ko`rsatish kiradi.
Bank kreditlashga oid yana bir usul, qimmatli qog’ozlarni qayta
sotib olish sharti bilan oldisotdi operatsiyasi yoki qisqacha “repo”
operatsiyasidir.
Ushbu
operatsiyalar
odatda
qisqa
muddatli
kreditlashda qo`llaniladi. Agar korxona yaqin kelgusida erkin pul
mablag’larini kiritayotgan va o`sha kqmmatli qog’ozlarga investitsiya
qilishni rejalashtirayotgan bo`lsa, ushbu vaqt ichida bahzibir
xarajatlarni qayta moliyalashtirish yoki agar qimmatli qog’ozlarni
korxona sotishni istamasa va foiz stavkalari bozorda pasayishini kutib,
ushbu qog’ozlarni kredit evaziga foiz to`lashdan ko`ra, kattaroq
daromad olishi kutilayotgan bo`lsa, u xolda, yuqorida aytilganidek,
qisqa muddatli kreditlash amalga oshiriladi.
Operatsiya mazmuni, bank korxonalarni o`sha vaqtda bozordagi
narxdan arzonroq narx bilan sotib oladi va sotish narxidan xam
yuqoriroq narxda sotadi, shunda narxlar o`rtasidagi tafovut bankka
qisqa muddatli kreditlash stavkasidan xam pastroq daromadni
tahminlaydi. Buning bank uchun foydali jixati, bank qimmatli
qog’ozlarni bozor narxidan arzonga sotib olib, foiz stavkalarida
bo`ladigan to`lovga muqobilligi yuzaga kelganda, bank qog’ozlarni
qaytib sotib oladi.
Hozirgi banklar aktsiyador tijorat banklari sifatida tashkil qilinib,
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular
ixtisoslashgan banklar bo`lsada, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham
292
kredit va hisobkitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatishlari mumkin.
Banklar faoliyatining universallashuvi ular o`rtasida raqobatning
yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib
borishini ta`minlaydi.
●
Bank aktsiyadorlarini moddiy jihatdan manfaatdorligini
oshirish va ularning bank Boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish
bilan bog’liq bo`lgan muammolar.
a) Bank aktsiyadorlarining moddiy manfaatdorligini ta`minlash
bilan bog’liq bo`lgan muammo) Bank aktsiyadorlarining bank
boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog’liq bo`lgan
muammo
1998 yil 2 oktyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Aktsiyadorliktijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g’risida»gi Farmoniga muvofiq:
ustav kapitalida davlatga tegishli aktsiyalar paketi 25 foizdan
ortiq bo`lgan tijorat banklarining bank kengashi tarkibiga O`zbekiston
Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritiladi, uning
zimmasiga mazkur aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklatiladi;
aktsiyadorlik-tijorat banki Kengashi bank filiallarining
Boshqaruvi va rahbarlar bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni
tashkil etish, kreditlar berilishi va ularning o`z vaqtida qaytarilishi
uchun javobgar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |