Buxoro Davlat Universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Yüklə 27,91 Kb.
səhifə1/11
tarix07.01.2024
ölçüsü27,91 Kb.
#204464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ikromov Shaxzodbek 13.2-biotex-21 Mikrob biotexnologiyasi

Buxoro Davlat Universiteti

Agronomiya va biotexnologiya fakulteti

13.2-biotex-21-guruh talabasi

Ikromov Shaxzodbekning

“Mikrob biotexnologiyasi” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Azot o‘zlashtiruvchi simbiotik biotizimlar evolyusiyasi va genetik asoslari konsepsiyasi.

Reja:

1. O’simliklar o’zlashtirishi qulay bo’lgan azot formalari va ammoniyfikatsiya jarayoni.

2. Simbioz azotofiksatorlar guruhi.

3. Azot biriktiruvchi bakteriyalar- Rhizobium vz frankiya haqida umumiy ma’lumotlar.

4. Azotobacter morfologiyasi va funksiyasi.

O’simliklar o’zlashtirishi qulay bo’lgan azot formalari. Amoniyfikatorlar: tarkibida azot tutuvchi organik moddalarni (oqsillar, nuklein kislotalar, mochevina va boshq.) parchalab ammiak hosil qiluvchi mikroorganizmlar.

Azotfiksatorlar: molekulyar azotni bog’lovchi mikroorganizmlar. Nirifikatorlar: kisloroddan foydalanib ammiakni nitritlargacha oksidlaydi.

Dinitrifikatorlar: Nitratlarni molekulyar azotga aylantirdi. Dinitrifikatorlar kislorod yetishmaganda ham nitratlardan kislorodni olib tuproqqa biriktiradi va atmosferaga azotni chiqaradi. Azot shakllarini transformatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan bakteriyalardan tashqari, tuproqdagi sellyulozani parchalovchi baketeriyalar, turli xil elementlarni ( oltingurgut, fosfor) qayta ishlovchi bakteriyalar va tuproqdagi slikatlardan kaliy ajiratib chiqaruvchi bakteriyalar ham bor. Ayrim mikroorganizmlar o’simliklarni vitaminlar, aminokislotalar bilan ham ta’minlaydi. Shuning uchun mikroorganizmlarni o’simliklar hayotida roli katta va murakkab bo’ladi.

Tuproqdagi organik azotni NH+ 4 kationiga aylanish jarayoniga ammoniyfikatsiya deyiladi. Bu jarayonni geterotrof miroorganizlar amalga oshiradi sxematik tarizda kuyidagicha bo’ladi: tuproqdagi organik azot---- RNH2 + CO2 + qo’shimcha mahsulot RNH2 + H2O→ NH3 + ROH, NH3 + H2O→NH+ 4 + OH- Tuproq tarkibidagi organik moddalarni parchalanishi, o’simlikni azot bilan oziqlanishini ta’minlashda juda muhim rol o’ynaydi. Tuproqdagi organik azotni mikrobiologik minerallanishi mikroorganizmlarga muhitni qulay sharoitlari bilan bog’liq( optimal harorat, namlik, rN, tuproq aeratsiyasi va boshqalar). NH3 ( NH+ 4) ni NO3 gacha biologik oksidlanishi ya’ni nitrifikatsiya ikki bosqichli jarayon bo’lib, bu jarayonni ikki gruxga ta’luqli bo’lgan maxsus xemosintetik avtotrof bakteriyalar Nitrosomons va Nitrobacter lar amalga oshiradi. Nitrosomons bakteryalari ammiakni kislorod bilan nitrit kislotagacha qaytaradi, quyidagi formula: 2 NH3 + 3 O2→2HNO2 + 2H2O Nitrobacter keyi nirit kislotani nitrat kislotagacha oksidlaydi: 2HNO2 + O2→2HNO3 HNO2 tuproqda to’planmaydi, bu ikki bakteriya birin ketin birgalikda o’z funksiyasini bajaradi. Shunday qilib tuproq takibida 4 xil azot bor, shulardan NH+ 4 va NO3 ionlarini o’simlik o’zlashtira olar ekan. Azot, atmosfera va tuproq, o’simlik orasida aylanib yuruvchi juda beqaror elemen hisoblanar ekan.


Yüklə 27,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin