Buxoro davlat universiteti fizika yo‘nalishi



Yüklə 321,84 Kb.
səhifə6/9
tarix14.05.2023
ölçüsü321,84 Kb.
#113343
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lazer faol muhitida yorug’likni kuchaytirish. Faol muhit-inversbandlik muhiti

To‘lqin aktiv muhitda o‘tadigan yo‘l qancha katta bo‘lsa, to‘lqin shuncha kuchayadi. Rezonator o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalishlarda kuchaytirish eng kam bo‘ladi. Boshqa yo‘alishlarga birmuncha ko‘proq yo‘l mos keladi va demak, birmuncha ko‘proq kuchaytirish mos keladi. (20.1-rasmda) bunday hol kuchaytirilayotgan yorug‘lik oqimidagi strelkalarning sonini ko‘paytirish bilan sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Kuzgudan qaytgandan keyin to‘lqin yana aktiv muhitda tarqaladi va uning amplitudasi o‘sib boradi. Keyin to‘lqin qarama-qarshi turgan ko‘zguga etadi, undan qaytadi va aktiv muhitda ko‘chayishda davom etadi, shundan so‘ng aytib o‘tilgan sikldagi hamma bosqichlar takrorlanadi va rezanatordagi to‘lqinning energiyasi ortib boradi.

Aktiv muhit tomonidan kuchaytirilishdan tashqari, rezonator ichidagi to‘lqinning amplitudasini kamaytiradigan qator faktorlar ham ta’sir qiladi. Rezonator ko‘zgularining qaytarish koeffitsiyenti birga teng emas. Uning ustiga nurlanishni rezonatordan chiqarish uchun ko‘zgulardan hech bo‘lmaganda bittasi qisman shaffof qilib yasaladi. Bundan tashqari, nurlanish rezonator o‘qi bo‘ylab tarqalayotganda nurlanish oqimining energiyasi oqimning difraksiyasiga, rezonatordagi muhitda sochilishiga va hokozalarga ham sarflanadi. Energiyaning bunday isroflarini ko‘zgular uchun ularning haqiqiy r qaytarish koeffitsiyentidan kichik bo‘lgan reff effektiv qaytarish koeffitsiyentini kiritib hisobga olish mumkin.

Agar to‘lqinning L yo‘ldagi kuchayishi uning ko‘zgulardan qaytgandagi energiya isroflarining yig‘indisidan katta bo‘lsa, har bir yugurishdan so‘ng to‘lqinning amplitudasi borgan sari kattaroq bo‘ladi. To‘lqin energiyasining u() zichligi kuchaytirish koeffitsiyentining kattaligi to‘yinish effekti natijasida ancha kamayadigan bo‘lguncha to‘lqin kuchayaveradi. Statsionar holat muhitdagi kuchayishning energiya isroflari yig‘indisi bilan raso kompensatsiyalanish shartiga mos keladi. Shunday qilib, lazerlardan nurlanishni generatsiya qilish masalasida to‘yinish effekti prinsipial ahamiyatga ega.


Yüklə 321,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin