Buxoro davlat universiteti fizika yo‘nalishi



Yüklə 321,84 Kb.
səhifə5/9
tarix14.05.2023
ölçüsü321,84 Kb.
#113343
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lazer faol muhitida yorug’likni kuchaytirish. Faol muhit-inversbandlik muhiti

Yuqorida muhokama qilingan va majburiy o‘tishlar bilan bog‘langan kogerent nur chiqarishdan tashqari, muhit atomlari spontan o‘tishlarda ham qatnashib, natijada bir-biri bilan hamda tashqi maydon bilan kogerent bo‘lmagan to‘lqinlar chiqarilishini yoddan chiqarmaslik kerak. Shunday qilib, aktiv muhitning nurlanishi har doim kogerent va kogerent bo‘lmagan qismlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabat, xususan, tashqi maydonning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Oxirgi holni tushuntirish oson, chunki majburiy chiqarish jarayonida qatnashgan atomlar uyg‘onish energiyasidan mahrum bo‘ladi va, demak, spontan ravishda nurlantira olmaydi. Yuqoridagini batafsil analiz qilish majburiy o‘tishlar ta’sirida kogerent bo‘lmagan spontan nurlanishning to‘liq intensivligigina emas, balki uning spektral tarkibi ham o‘zgarishini ko‘rsatadi.

3. Lazerlarning ishlashi


Lazer lazer moddasi va unga energiya yigʻib beruvchi optik chuqurdan iborat boʻladi. Lazer moddasi sifatida muayyan optik xossalarga va erkin elektronlarga ega modda (gaz, suyuqlik, qattiqlik) ishlatilishi mumkin. Optik chuqur esa (eng oddiy holda) ikki koʻzgudan iborat boʻlib, yorugʻlik ular orasida joylashgan lazer moddasidan oʻtib turadi. Bunda koʻzgulardan biri yarim shaffof boʻlib, undan lazer nuri sizib chiqadi.


Eng oddiy lazer tuzilishi:
1. Lazer moddasi
2. Tashqi energiya
3. Koʻzgu
4. Yarim shaffof koʻzgu
5. Lazer nuri

Energetik sathlari invers ravishda bandlangan muhitning yorug‘likni kogerent kuchaytirishi bunday muhitdan monoxromatik nurlanishning yo‘naltirilgan oqimi hosil qilish uchun foydalanish imkoniyatini belgilab berdi.

Fabrin-Pero interferometrlarida qo‘llaniladigan ko‘zgularga o‘xshash ikki ko‘zgu o‘rtasiga qo‘yilgan aktiv muhit yorug‘likni qanday nurlantirishini ko‘raylik (20.1-rasm).

rasm. Optik kvant generatorining prinsipial chizmasi


Bunday sistemani aktiv optik rezonator deb aytish qabul qilingan. A nuqtadagi uyg‘ongan atom invers balandlikka ega bo‘lgan sathlar o‘rtasidagi spontan o‘tish natijasida to‘lqin chiqargan bo‘lsin.


Yüklə 321,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin