Buxoro davlat universiteti ijtimoiy – iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot kasb ta’limi yo’nalishi



Yüklə 1,76 Mb.
tarix30.09.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#151172
1480940010 64915

Germaniyadagi tarixiy maktab iqtisodiy g’oyalarining mohiyati

  • Germaniya tarixiy maktabining vakillari
  • Fridrix List
  • Vilgelm Rosher
  • Karl Knis
  • Bruno Gildebrand
  • Gustav Shmoller
  • Maks Veber

Bruno Gildebrant (1812-18780) “Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi” kitobini 1848- yilda e’lon qildi. Bu kitobda u F.Engelsning “Angliyada ishchilar sinfining ahvoli” asariga qarshi chiqdi. B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumgz qarshi kurashdan ma’no yo’q, deb hisoblaydi.

Bruno Gildebrand qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo’lib maydonga chiqdi. Bruno Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit xo’jaligini o’z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga asoslanib ish tutadi.

  • Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug’ildi.
  • F.List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida “savdo sanoat ittifoqi”ni tuzdi.
  • “Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi” nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o’rtaga qo’ydi.

F.Listning ta’limotiga ko’ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, “millatning ruhi” yaratadi. F.List ta’limotida xo’jalik taraqiyyotining tarixiy bosqichlari to’g’risidagi g’oyalar katta o’rin egallaydi. F.Listning iqtisodiy nazariyasi o’z tarixi va xo’jaligining xususiyatiga ko’ra jahon hamjamiyatiningso’nggi qatorlaridan o’rin olgan mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki urinish edi.

Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Gettingem va Leypsig universitetlarining professori. 1843-yilda u “Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari” kitobini chiqardi.

Rosher “tarixiy fiziologik” deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo’lini, unga xos bo’lgan feodal sarqitlarni tarixan oqlashdan va ko’klarga ko’tarib maqtashdan, faktlarni to’plashdan va shu faktlarni tarixiy o’xshashliklar asosida izohlashdan iborat. Rosher o’zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo’ljallangan har qanday mehnatni tushundi.

Karl Knis (1821-1898) tarixiy maktab g’oyalarini jon-jahdi bilan o’rgandi. 1853-yilda uning “Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod” kitobi bosib chiqildi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi.

K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo’q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi. Knis millat turmushinig iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyati eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo’ldi.

Maks Veber ma’lumotli va ko’pqirrali olim. U falsafa, tarix, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning ijodida tarixiy maktab o’zining eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi.

Maks Veber “yuksak benuqson tiplar” konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak va benuqson tip – bu o’z mohiyatiga ko’ra olim shakllantirgan konkret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. Maks Veber fundamental tarixiy-iqtisodiy asarni yaratadi. Bu kitob sayohatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turibkuzatishi edi.

Xulosa Germaniya tarixiy maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga arshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini ko’rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklarning “iqtisodiy inson” g’oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlarning xo’jalik faoliyati-xulqiga xos kechinmalari e’tibordan chetda qolmaganligini alohida ta’kidladilar.

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin