Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü17,19 Kb.
#186008
  1   2
pedagogika 6-topshiriq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Kompyuter injiniringi fakulteti


Pedagogika va Psixologiya fanidan



Amaliy ish

Bajardi: 210-21 guruh talabasi


To'laganov Ikromjon
Tekshirdi: Yusupova Zamira

TOSHKENT 2023

RAHBARNING MUHIM SHAXSIY - KASBIY SIFATLARINI O‘RGANISH METODLARI


Rahbarlik tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni keltirish mumkin:
1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir.
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustakil qaror qabul qiladi. Bu qapop rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaydi.
3. Rahbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi.
4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o’rniga zarar ham ko’rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko’ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo’lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o’zida bunga kuch-gayrat topa bilishi lozim.
O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to’g’ri tushuna olishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday to’siqlarning eng ko’p uchraydigan uch xilini ko’rsatib o’tish mumkin. Bular:
1) dastlab ko’rishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo’yicha o’zidan ustun ko’rish yoki uni yoqtirmaslik;
2) sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qushilmaslik va hokazo;
3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos kelishi yoki aksincha va hokazo.
Xullas, jamoaga rahbar bo’lish juda qiyin. Jamoa ko’pchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ularning fikri, dunyoqarashi, ma’naviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman, yaxshi-yomon ishlarini, albatta, kuzatib turishi kerak bo’ladi, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar rahbar faqat boshqaruv ishlariyu, o’z shaxsiyati bilan band bo’lib qolsa, qo’l ostidagi ommani kuzatishga befarq bo’lsa, unda bu rahbardan voz kechish lozim. O’z muassasasi a’zolarining xatti-harakatlaridan voqif bo’lmaslik jamoaning bir necha tarafga bo’linishiga olib keladi. Bunday rahbar davlatga ham, jamoasiga ham zarar keltiradi.
Muammoning ko’yilishi. Shaxs tushunchasi psixologiya fanida markaziy urinni egallaydi va asosiy psixologik talkinlar shaxs mavzusi atrofida amalga oshadi.
Shaxsning turli ta’riflari mavjud, lekin bu tushunchani tularoq aks ettiradigan kuyidagisi urinli: «Shaxs bu — o’zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orkali tashki olamni o’zgartira oluvchi sub’ekt, insondir». E’tibor berilsa, ushbu ta’rifda shaxsga xos uch jixat sanab utiladi:
bilish;
hissiyot;
munosabat.
Shu uch guruxga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya’ni tashki olamni insonning o’z extiyojiga binoan o’zgartirishga qaratilgan.

Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin