Fanning maqsadi: yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini,
inflyatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan
mamlakat iqtisodiyotini birbutun holda tadqiq qilish va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy
mexanizmlarini o‘rganish va xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iboratdir.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi;
Mehnat resurslari, tovarlar, pul bozorlarining amal qilishi;
Monetar, fiskal va tashqi savdo siyosati o`rganish va tahlil qilish;
To`lov balansi tahlil qilish;
Inflyatsiya, ishsizlik masalalarini makro darajada anglash;
Mamlakat iqtisodiyotini birbutun holda tadqiq qilish va uni makroiqtisodiy tartibga solishning
iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganish va xulosalar chiqarish;
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga
alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnlogiyasi
ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
Shuningdek, mavzudan kelib chiqib dars mashg’uloti kompyuter xonalarida olib boriladi.
Mustaqil ta’lim Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan insholar, taqdimotlar, guruh bilan
ishlanmalar, referatlar tayyorlanadi.