Gpijduvon shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi
III. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish 6. Obodonlashtirish boshqarmasiga mahalliy davlat hokimiyati tegishli hududiy organining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
7. Boshliq:
yakkaboshchilik asosida Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Obodonlashtirish boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘rinbosarning, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatining alohida bo‘limlari (uchastkalari)ga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining bajarishi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
shtatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, Obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash fondi, shuningdek Obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, keyinchalik ularni tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazadi;
xodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi, mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) o‘zgartirishlar kiritadi va ularni to‘xtatadi;
Obodonlashtirish boshqarmasi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolati doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Boshliq o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Obodonlashtirish boshqarmasi manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Obodonlashtirish boshqarmasiga berilgan mol-mulk yo‘qolganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.