O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI ,,IQTISODIYOT TARMOQLAR VA SOXALARI’’ YO’NALISHI
G'ijduvon tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasida malakaviy amaliyot o’tish bo’yicha
H I S O B O T I
Bajardi: 9-9 IQT S-19 guruh talabasi Xolmamatova Shahzoda Korxona rahbari: Umarov Muxsin Ilmiy rahbar: Qayimova Zumrad
Buxoro-2023
G'ijduvon tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruv strukturasi. Korxona rahbari: Umarov Muxsin Anvarovich Texnik ishlar bo’yicha muovin: Zokirov Anvar Qahhorovich Transport bo’limi: Voxidov Azim Aliyorovich Buxgalteriya: Aminova Jamila Anvarovna
Buxoro Viloyatining investitsiyalar va tashqi savdo aloqalari
G’ijduvon tuman obodonlashtirish boshqarmani takomillashtirish.
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Men malakaviy amaliyotimni Buxoro Davlat Universiteti yo’llanmasi asosida Buxoro viloyati G'ijduvon tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasida o’tadim. Amaliyot davri mobaynida dastur asosida belgilangan tartibda ishlarni bajara boshladim.
G'ijduvon tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini reglamentlovchi Qonunlarni, boshqa huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlarini, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini hamda boshqa qonun osti hujjatlarni o’rgandim.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda, barqaror o’sish sur’atlariga erishish inovatsiyalarning iqtisodiyotdagi barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi ko’rsatkichlarning asoslaridan biri bo’lib bormoqdalar.
Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yaqinda qabul qilingan iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda inovatsion g’oyalari va ilmiy-texnik dasturlarni joriy etish uchun har bir tumanda inovatsiya markazlari tashkil etish, faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirish to’g’risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o’rnini yanada mustahkamlash, akademiyalar faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag’batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Shu maqsadda men G'ijduvon tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasining faoliyatiga baho berish uchun boshqarmaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini to’pladim va tahlil qildim. Shu tariqa to’plangan iqtisodiy ko’rsatkichlarni, ularning dinamikasini o’zgarish tendensiyalarini va omillarini, sabab-oqibat bog’lanishlarini va kutilayotgan natijalarini aniqlash maqsadida tahlil qildim.
Yuqori va barqaror sur’atdagi iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy barqarorlik Mahalliy hokimiyat organlari tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida uning barqarorligini ta’minlashni, yangi yechimlarni izlab topishni, tumanlarda xususiy tashkilotlarining raqobatbardoshligi va sanoat korxonalarini tashkil etish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ularni rivojlanishiga qo’yilgan suniy to’siqlarni olib ularning ishonchini mustahkamlash hamda muhofaza qilishni talab etadi.
Amaliyot davrida va hisobotni tayyorlash jarayonida korxna hodimlari menga yaqindan yordam berishdi, to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilishda va yuzaga kelgan savollarga javob berishda o’zlarining qimmatli maslahatlarini ayashmadi.
Amaliyot obyektlarining rivojlanish istiqbollarini Hukumat qarorlari, davlat dasturlari va amaliyot o’tish bazasida mavjud bo’lgan ishlanmalar asosida o’rgandim.