IV. Obodonlashtirish boshqarmasining moliya-xo‘jalik faoliyati 9. Obodonlashtirish boshqarmasining faoliyati:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, har yili mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
quyidagilardan:
faoliyat sohasi bo‘yicha pulli asosda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishdan;
vaqtinchalik foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mol-mulkini o‘zga tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xayriya yordamidan olinadigan qo‘shimcha daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
10. Budjet mablag‘larini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Obodonlashtirish boshqarmasining bo‘limlari (uchastkalari) bo‘yicha taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining funksional klassifikatsiyasiga muvofiq, tasdiqlangan mahalliy budjet parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
11. Hisobga olishni, statistik va moliyaviy hisobotlarni yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
V. Yakunlovchi qoidalar 12. Obodonlashtirish boshqarmasi hisobot davri tugagandan keyin vakolatli organlarga ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
13. Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatini nazorat qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, amaliyot davrida biz o`quv jarayonida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda o’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Amaliyot davrida bizda amaliyot subyekti haqida boshlang’ich tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Kelajakdagi ish faoliyatimizni tashkillashtirish uchun amaliyot poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Buxoro viloyat hokimligi Moliya bo’limi xodimlari o’z qabulini tashkil etgan va fuqorolar ketma-ketlik asosida qabulga kirishlari mumkin.
Buxoro viloyatida ko’plab investitsion loyihalar tashkil etilayotgani bu iqtisodmiz uchun juda muhim jihatdir. Ish o’rinlari yaratib, aholini ish bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Tumanda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda va yoshlar ish bilan ta’minlanmoqda, bu esa viloyat rivoji uchun asosiy jihatlardandir.
Aholi murojaatlari mutahassislar tomonidan o’rganib chiqilib, to’g’ri yondashuv bilan hal etilmoqda. Barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar va statistik ma’lumotlar bo’yicha boshqa tumanlardan oldinda ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Xullas Respublika miqyosida oladigan bo’lsak har bir tuman o’z o’rniga ega va har bir tuman o’z hududida bo’lib o’tayotgan iqtisodiy-ijtimoiy hodisalar, xalq farovonligi, fuqorolar ijtimiy himoyasi, mahallalar obodonligi, yo’llar ravonligi, fuqorolar ish bilan ta’minlanganligini nazorat qilib turishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Buxoro viloyati statistika qo’mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari https://www.buxstat.uz/
Buxoro Viloyat Romitan tuman Moliya bo’limi ma’lumotlari
O’zbakistok Respublikasi statistika qo’mitasi Rasmiy sayti www.stat.uz