Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti,,iqtisodiyot tarmoqlar va soxalari


II. Obodonlashtirish boshqarmasining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/10
tarix24.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Gpijduvon shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi

II. Obodonlashtirish boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
4. Shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni, shu jumladan quyidagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish Obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ko‘chalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligini (ko‘chalar, yo‘laklar qatnov qismining yo‘l qoplamasi, bekat ko‘tarmalari, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport chorrahalari va yo‘l o‘tkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
drenaj xo‘jaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun’iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish;
ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va ko‘mib tashlash.
5. Obodonlashtirish boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
yashil dov-daraxtlarni parvarish qilish (daraxtlar va butalarga shakl berish, yashil dov-daraxtlarni sug‘orish, o‘simliklar novdalariga suv purkash, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, begona o‘tlarga qarshi kurashish, o‘simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy va biologik himoya qilish hamda boshqa agrotexnika tadbirlari va ishlarini amalga oshirish);
obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini har yili ko‘zdan kechirish va baholash, ularning natijalari bo‘yicha kamchiliklar dalolatnomalarini hamda mukammal va joriy ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashni amalga oshirish yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq o‘z kuchlari bilan hamda ixtisoslashgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan obodonlashtirish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashning bajarilishi yuzasidan nazoratni va texnik nazoratni amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash bo‘yicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarning kelishiga tayyorlash davrida shaharlar va tumanlar ko‘chalarini, maydonlarini bezatish;
yoritqichlardagi elektr chiroqlarini, ishdan chiqqan nur taratgichlarni almashtirish, ko‘chalar, yo‘lkalar, hududlarning yoritilganlik darajasini o‘lchash, yoritqichlarni o‘z vaqtida yondirish va o‘chirish, tashqi yoritish elektr tarmoqlarini, uskunalar va inshootlarni ularning soz holatdaligi yuzasidan nazorat qilish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
ko‘chalar va boshqa joylarda tutilgan nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish;
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud ularga kutilmaganda xuruj qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun davlat veterinariya bo‘limlariga topshirish;
hayvonlarning quturishi sodir bo‘lgan taqdirda tegishli davlat veterinariya bo‘limlari bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish, shuningdek nobud bo‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish;
qabristonlar hududida zarur tartib va tozalikni ta’minlash, fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga binoan dafn etish uchastkalarini bepul taqdim etish, vafot etganlarni qabrlarini qazish norma va qoidalariga rioya etgan holda dafn etish, fuqarolarning qabristonda ko‘rsatiladigan xizmatlarga buyurtmalarini bajarish;
yig‘ishtirish-tozalash (supurish, sug‘orish, yuvish, changlarni, qorlarni, muzlarni yo‘qotish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik tozalash va ko‘chalarni tozalash-yuvish, eskirgan (qurigan), qirqilgan daraxtlar, shox-shabbalar va barglarni yo‘qotish) ishlari kompleksini amalga oshirish;
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Obodonlashtirish boshqarmasi obyektlarida tovar-moddiy boyliklar va elektr energiyasidan oqilona foydalanilishini, unga ajratilgan budjet mablag‘larini sarflashning samaradorligi va oshkoraligini, ularning hisobga olinishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar topshirilishini ta’minlash;
sun’iy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sun’iy inshootlar va yer ostidan o‘tadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish.
jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari ko‘rsatish;
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yig‘ish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish.
Obodonlashtirish boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin