1.12. MUSOBAQA DAVRIDA MASHQ QILISH
Musobaqa davri 5 oy davom etadi (may-sentyabr).
Bu davrda sportchi sportga tayyorlik xolatini kasb etadi. Bu xolatni butun
musobaqa davrida saqlab qolish kerak bo’ladi.
Musobaqa
davrining
vazifalari:
umumiy
jismoniy
tayyorgarlikni
rivojlantirish, tezyurar sportchi uchun zarur bo’lgan xislatlarni (tezkorlik, maxsus
chidamlilik) hamda sportcha yurish texnikasini rivojlantirish, bo’lajak
musobaqalarda rejalashtirilgan tezlikdan kelib chiqqan xolda “tezlik tuyg’usini”
tarbiyalash.
Agar
tayyorgarlik davrida asosiy e’tibor umumiy chidamlilikni
rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, musobaqa davrida maxsus chidamlilikka katta
ahamiyat beriladi. Tezyurar sportchi o’zining o’rtacha tezligini yaxshi bilishi, uni
egallashi kerak. Bu tezlik har bir sportchi va har bir masofa uchun individual
xisoblanadi.
Yaxshi mashq qilgan bu tezyurar sportchilarda sekundomer ko’rsatkichi bilan
sportchi o’z xissiyoti bilan belgilaydigan vaqt orasidagi farq 400 m.ga 1-2 sek.ni
tashkil etadi. Butun masofani etarlicha (rejalashtirilgan) katta tezlikda bosib o’tish
uchun, mashq qilish vaqtida masofani aloxida bo’laklarini bellashuv tezligidan
katta bo’lgan tezlikda o’tish kerak. Musobaqa davrining birinchi yarmida tezlikni
takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi.
Musobaqa davrida tezyurar sportchilar sportcha yurish texnikasini
unutmasliklari
kerak.
Texnikaning
aloxida
elementlarini
tuzatish
va
takomillashtirish uchun turli xil maxsus mashqlarni bajarish kerak.
O’rmonda sekin yugurish, odatdagi va sportcha yurish sportchi asab
sistemasining toliqishining oldini oladigan hamda uning ish qobiliyatini
tiklaydigan ajoyib vosita xisoblanadi.
Musobaqa davrida fiziologik yuklama egri chizig’i asta-sekin va doimiy
tarzda o’sib borib, to’lqinsimon haraktyerda bo’lishi kerak.
Yuklama oshib borishining bir qancha davridan so’ng, shu yuklamani sal
kamaytirish ruxsat etiladi. Masalan, yirik musobaqalardan so’ng yoki normal
yuklama bilan 2-3 hafta mashq qilishidan so’ng, bir hafta davomida nisbatan kam
yuklama bilan mashq qilish rejalashtiriladi. O’ta mas’uliyatli musobaqalar davrida
yuklamani kamaytirish kerak, shuningdek sportchilarga bevosita musobaqadan
oldin dam olish uchun 2-3 kun berish zarur. Eng yaxshi tezyurar sportchilar yilda
6-10 marta musobaqada qatnashadilar (barcha masofalarni xisobga olganda).
Mashq qilishning musobaqa davri 2 bosqichdan iborat:
1 – bosqich may – Iyul, ya’ni mas’uliyatli musobaqalargacha.
2 – bosqich iyul – sentyabr mas’uliyatli musobaqa davrini qamrab oladi.
Musobaqa davrining birinchi bosqichida sport formaga (sport xadisi)
tayyorlik xolatini yuzaga kelishi davom etadi. Bu bosqichda sportcha yurish,
yugurish, maxsus mashqlar zaruriy xisoblanadi. Mazkur davrning asosiy vazifalari
– tezlikni va maxsus chidamlilikni takomillashtirish. Mashg’ulotlar haftada 5 – 6
marta o’tkaziladi.
Musobaqa davrining birinchi bosqichida mashq qilishning haftalik sikli 20
km.li masofa.
1 – kun - dam olish.
2 – kun - texnikani takomillashtirish. Bellashuv tezligida 400, 500, 600 va
1000 m.li masofa bo’laklarida sportcha yurish, yurishning umumiy xajmi 10-12
km.gacha.
3 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Kross bir maromli va
o’zgaruvchan tempda 50-60 min.
4 – kun - maxsus chidamlilikni takomillashtirish. Bellashuv tezligida 1, 2, 3,
4, 5 km.li masofa bo’laklarida sportcha yurish.
5 – kun - umumiy jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish. Faol dam olish.
Sport o’yinlari, suzish, eshkak eshish.
6 – kun - maxsus chidamlilikni takomillashtirish. Optimal tezlikda 25
km.gacha sportcha yurish.
7 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Yugurish va yurish 1,5
soat yoki kross 1 soat.
Ikkinchi kunda masofaning aloxida bo’laklarini o’tishda takroriy yoki
o’zgaruvchan vositalarni qo’llash mumkin.
Musobaqa davrining ikkinchi bosqichida birinchi bosqichdan so’ng yoki
saralash musobaqasidan so’ng nisbiy dam olishdan boshlanadi (1 – 2 hafta). Bu
bosqich tayyorgarlik davri mashqlaridan iborat. Mashqlar intensivligi pasayadi.
2 – bosqich vazifasi mas’uliyatli musobaqagacha sport formasi holatini
saqlab qolishdir. Mashg’ulotlar haftada 5-6 marta o’tkaziladi.
Mashq qilishning haftalik sikllari bundan oldingi bosqichlardan sezilarli
darajada farq qilmaydi. Musobaqaga bevosita tayyorlanishda tezyurar sportchi
o’zining musobaqaga yondoshish haftasini qo’llaydi.
Masalan:
1 – kun - yurish tezligini takomillashtirish. Yurish qoidalarini buzmagan
xolda juda tez maromda 12x400 m.ga sportcha yurish.
2 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Kross-40 min. yoki
o’rmonda katta bo’lmagan tezlikda yurish-2 soatgacha.
3 – kun - maxsus chidamlilikni takomillashtirish. Sportcha yurish 5 km.ga.
4 – kun - umumiy chidamlilikni takomillashtirish. Kross katta bo’lmagan
tezlikda – 40 min.
5 – kun - dam olish. Ertalab razminka.
6 – kun - musobaqaga tayyorlanish. Razminka oxirida juda tez maromda
sportcha yurish 4x300 yoki 3x400 m.ga.
7 – kun - musobaqalar 10 yoki 20 km.ga. 50 km.li masofaga ixtisoslashgan
tezyurar sportchilar ham shu uslub bo’yicha mashq qilishadi, biroq maxsus
vositalarni umumiy xajmi ularda 1–4–1–3 marta katta bo’ladi. Mashq qilish
mashg’ulotlarning intensivligi 50 km.li distanstiyaga mos kelishi kerak.
|