Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

2.2. TEZYURAR SPORTCHI TAKTIKASI 

         Har  bir  musobaqadan  oldin,  tezyurar  sportchi  murabbiy  bilan  birgalikda 

masofani bosib o’tishning taktik rejasini tuzishi kerak. Bu reja sportchiga masofada 

o’zini  dadil  xis  etishiga  hamda  musobaqaning  boshqa  ishtirokchilari  bilan 

murakkab kurashda bor kuchini safarbar etishga imkon beradi. 

         Rejani tuzayotganida, ishtirokchilar tartibi sportchi tayyorgarligi, raqiblariga 

nisbatan  kuchli  va  zaif  tomonlarini,  masofa  relefini,  xavoni  va  boshqa  omillarni 

xisobga olinadi. 

         Tezyurar  sportchining  distanstiyadagi-masofadagi  taktik  harakatlari  shu 

sportchi  o’z  oldiga  qo’ygan  vazifalar  tomonidan  belgilanadi.  Bu  vazifalar 

quyidagilar:  a)  sportchi  musobaqada  qanday  o’rinni  egallashidan  qat’iy  nazar, 

shaxsiy rekord yoki muayyan natijaga erishishi kerak; b) musobaqa g’olibi bo’lish 

yoki muayyan o’rinni egallash. 

         Agar birinchi vazifa qo’yilgan bo’lsa masofani optimal tezlikda bir maromda 

bosib  o’tish  to’g’ri  bo’ladi.  Bu  tezlik  mashq  qilish  mashg’ulotlarida  va  nazorat 

yurishi o’tkazilganda belgilanadi. 

         Agar sportchi o’z oldiga ikkinchi vazifani qo’ygan bo’lsa, u xolda masofani 

bosib o’tishning variantlari ko’p bo’ladi, masalan: 

1) Boshqa ishtirokchilardan oldinga o’zib ketish maqsadida startdan kuchli 

tarzda boshlash; xosil bo’lgan uzilish masofani masofa oxirigacha saqlab qolish. 

2)    Distanstiya  o’rtasida  tezlikni  oshirish  va  g’alaba  qozonish,  distanstiya 

oxirida  uzilish  masofani  sezilarli  darajada  qisqarishi  sababli,  distanstiya  o’rtasida 

yuzaga kelgan ustunlik katta bo’lishi kerak. 

3)    Distanstiyani  birinchi  yarmini  nisbatan  sust  xolda  bosib  o’tilganda, 

distanstiyaning  ikkinchi  yarmini  yoki  uni  oxirgi  qismini  tezroq  bosib  o’tish 

xisobiga g’alabaga erishishni ko’zlash kerak. 




4)    Doimiy  tezlanish  va  turli  uzunlikni  siltinishlarni  qo’llash  (yirtilgan 

yurish).  Ayrim  tezyurar  sportchilar  taktika  rejasiga  rioya  qilgan  xolda,  shu 

harakatlarni  raqibi  uchun  noqulay  sharoitlar  yaratish  uchun  qo’llaydilar  (agar 

raqiblar, albatta shu harakatlarni qabul qilishsa). 

5)  Oldindan  rejalashtirilgan  o’rtacha  tezlikka  muvofiq  xolda,  butun 

distanstiyani  bir  maromda  rivok  tarzda  bosib  o’tish.  Bu  variant  ikkinchi  vazifani 

bajarishda shu xolda qo’llanilishi mumkinki, agar sportchi o’z raqiblariga nisbatan 

ancha yaxshi tayyorlangan bo’lsa. 

         Sportchini distanstiyadagi harakat tarzi xaqida quyidagilarni aytish mumkin. 

Ba’zan bellashayotgan sportchilar guruxi ichida ketish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

         Ayni vaqtda shuni xisobga olish kerakki, bunda o’zgacha harakat maromiga 

tushish  mumkin.  Bu  bilan  esa  sportchi  o’zini  imkoniyatlarni  pasaytirib 

rejalashtirilgan natijani ko’rsata olmaydi. 

         Aksari  xollarda,  musobaqaning  qolgan  barcha  ishtirokchilari  bilan  kurashni 

ikki  sportchi  olib  boradi.  Tezyurar  sportchilar  aytishidek:  “ikkovlashib  yurish 

oson”,  galma-gal  ildamlashib,  ular  yaxshi  natijalarga  erishadilar  (Solomin  A.  va 

Yakovlev B., Barch O.V. va  Fursov V. 1978 y.). 

         O’yingoxdan tashqaridan (shossedan) o’tkaziladigan musobaqalaridan har bir 

sportchi  yuqoriga  ko’tarilganda  yoki  pastga  tushayotganida  yaxshi  yuradi.  Shu 

tariqa, boshqa ishtirokchilardan  uzoqlashishga urinishni  sportchi trassaning aynan 

ana shu qismlarida amalga oshirishi kerak. 

         Taktik  fikrlash,  taktik  maxorat  asta-sekin  takomillashib  boradi.  Taktik 

tayyorgarlikni takomillashtirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 

1) Sportchilar taktikasiga e’tibor bergan xolda engil atletika, chang’i sporti, velo 

sporti bo’yicha maxsus adabiyotlarni mutoala qilish. 

2)  Sport faxriylari va tajribali murabbiylar bilan suxbatlar o’tkazish. 

3)  U yoki bu distanstiyani bosib o’tish grafiklarini taxlil etish. 

4)  Masofa  bo’lagi  bo’ylab  yurish  vaqtini  sub’ektiv  xis  etish  bilan  sekundomer 

ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslagan xolda tezlik tuyg’usini tarbiyalash. 

5)   Marra tezligini takomillashtirish. 




6)  Sportchi  yurishning  og’ir  sharoitlariga  tayyorlanish  maqsadida  uzoq  yurish 

vaqtida turli uzunlikdagi siltanishli harakatlar va tezlanishlarni bajarish. 

7)    Mashq  qilish  jarayonida  optimal  tezlikni  aniqlash  va  uni  butun  distanstiya 

davomida saqlab qolish. Sportchi bu tezlikni yaxshi bilishi zarur. U xavoga mazkur 

davrdagi sportchining funkstional xolatiga bog’liq bo’ladi. 

8)  Xozirgi vaqtda sportchi yurishda xakamlik vizual tarzda o’tkazilishi sababli, 

distanstiyaning aloxida bo’laklarida sportchi o’z texnikasini ko’rsata olishi kerak. 

9)  Musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qo’llash uchun, mashq qilish jarayonida 

taktika yangiliklari va usullarini sinab ko’rish. 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin