Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida berilgan amaliy ish
turlarini ayting.
2. Ish turlari bo`yicha yasaladigan buyumlarni bajarishda texnika
xavfsizlik qoidalari qaysilar?
138
3.O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish deganda nima nazarda tutiladi?
4. Mehnat ish qurollari, har xil turdagi materiallar bilan
tanishtirish va ulardan foydalanish qoidalarini misollar asosida
izohlang.
15-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Reja:
1.Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma’lumot.
2.Texnologiya ta’limi darslarida AKTdan foydalanishning o‘ziga
xos xususiyatlari.
3.
Amaliy
mashg‘ulotlar
uchun
taqdimot
tayyorlash
texnologiyalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: axborot texnologiyasi, power
point, prezintatsiya, kompyuter turlari, zamonaviy texnologiyalar.
Bugungi kunda respublikamizning ta'lim sohasida axborot
texnologiyalaridan foydalanishning me'yoriy-huquqiy bazasini tubdan
takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va
zamonaviy
texnologiyalarni
boshlangʻich
ta'lim
jarayoniga
integratsiya qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlangʻich
sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻstirish ustuvor
vazifa qilib belgilangan. Buni esa aynan boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchilarni,
salohiyatli,
metodik
jihatdan
kuchli
qilib
tarbiyalashdan boshlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim sifatini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Ta'lim jarayonida natijaviylikka
erishish boʻyicha oʻquvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini oʻstirish
uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, axborot texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning
malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan.
Ta'lim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini texnologiya
fanini puxta oʻrgatish uchun axborot ta'lim resurslari, ijodiy
139
materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga
boʻlgan qiziqishni oʻstirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining boshlangʻich sinf texnologiya
darslarida foydalanish va uni darslarda joriy etishda quyidagi bir qator
muammolar oʻz yechimini topishi kerakligi ta'kidlanadi:
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini texnologiyani oʻrgatishda
oʻziga xos innovatsion texnologiya turi bu - axborot texnologiyasi
ekanligi;
Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida har bir
innovatsion texnologiyalarning oʻz oʻrni bor. Ayniqsa, innovatsion
texnologiyalarning bir turi sanalgan axborot texnologiyasi -
oʻquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oʻstirish
uchun xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi interfaol metodlar,
didaktik oʻyinlardan farqli oʻlaroq, barcha tushuncha va mavzularni
ekranda koʻrib, fikr yuritishda va amaliy uchun yaxshi samara beradi.
Texnologiya darslari axborot texnologiyalari va ularning turlaridan
foydalanish eng yaxshi vosita ekanligi qayd etildi.
2. Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslaridan
axborot
texnologiyalari orqali oʻtishda ehtiyoj seziladigan mavzular bazasini
shakllantirish lozim; Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot
texnologiyalaridan foydalanish belgilangan mavzu yuzasidan chuqur
bilim olish, tasavvur, tushuncha hosil qilish uchun zamin yaratadi.
3. Axborot texnologiyalaridan boshlangʻich sinf texnologiya
darslarida foydalanish uchun uni didaktik vositalari tizimini ishlab
chiqish zarur;
4. Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida yaxshi samara
bera oladigan axborot texnologiya turlarini ajrata olish va undan
foydalanishni tashkillashtirish.
Oʻqituvchi boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot
texnologiyalaridan qoʻllashda didaktik vositalardan foydalanish uchun
maxsus koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur.
Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslarida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishga
doir
materiallar
quyidagi
muammolarni hal etishi zarur:
1. Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslarida
axborot
texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallarni tanlash va ularni
oʻqitish samaradordigini oshirishda saralangan materiallardan nazariy
140
(ma'ruza) va amaliy mashgʻulotlarda qanday an'anaviy, noan'anaviy
metodlardan hamda shakllardan foydalanishni aniqlash.
2. Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslarida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishga
doir
tanlangan
materiallar
oʻquvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlashlarini, bilish qobiliyatlarini
rivojlantirishni, mantiqiy mulohaza yuritishlarini, amaliy ishlarni
bajarishni hisobga olish.
3.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarni boʻlajak
boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga samarali usulda oʻqitish
metodikasini ishlab chiqish.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich sinf
texnologiya darslarida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishga doir tanlagan materiallaridan oʻquv jarayonida
foydalanishi deganda quyidagi maqsadlar tushuniladi:
1. Tanlangan materiallar texnologiya fanining oʻquv rejasi va fan
dasturi talablariga mos kelishi, Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
qiynalmasdan oʻzlashtirib olishlariga yordam berishi;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni, amaliy
ishlash ko’nikmasini o’stirish;
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni
oʻstirish;
4. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda abstrakt tafakkurni, mantiqiy
mushohada yuritishni rivojlantirish;
5. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni egallagan nazariy bilimini
qiynalmasdan amaliyotda qoʻllay bilishi;
6. Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslarida
axborot
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallardan oʻquv
jarayonida foydalanish maqsadli va rejali asosda boʻlishi, zaruriy
pedagogik vaziyatni aniqlangan holda tanlanishi.
Boshlangʻich
sinf
texnologiya
darslarida
axborot
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarga
quyidagi didaktik talablarni qoʻyish mumkin:
1. Tanlangan materiallarning mazmuni didaktik va metodik
talablarga javob berishi kerak.
2. Tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa va tugallangan
matnda ifodalangan boʻlishi zarur.
141
3. Tanlangan materiallar mazmuni va ulardagi faktlar haqiqiy
boʻlishi lozim.
4. Tanlangan materiallar va sinov savollari aniq hamda tushunarli
boʻlishi darkor.
Axborot texnologiyasi shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiya boʻlib,
oʻquvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi,
bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, taʼlim jarayoniga qadriyat
sifatida yondashish munosabatini taʼminlash, faollikni oshirish, oʻz-
oʻzini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.
Hozirgi
vaqtda
taʼlimda
quyidagi
asosiy
axborot
texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va oʻrganilmoqda:
Dostları ilə paylaş: |