Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
 
Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida berilgan amaliy ish 
turlarini ayting. 
2. Ish turlari bo`yicha yasaladigan buyumlarni bajarishda texnika 
xavfsizlik qoidalari qaysilar? 


138 
3.O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish deganda nima nazarda tutiladi?
4. Mehnat ish qurollari, har xil turdagi materiallar bilan 
tanishtirish va ulardan foydalanish qoidalarini misollar asosida 
izohlang. 
15-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Reja: 
 
1.Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma’lumot.
2.Texnologiya ta’limi darslarida AKTdan foydalanishning o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
3. 
Amaliy 
mashg‘ulotlar 
uchun 
taqdimot 
tayyorlash 
texnologiyalari.
 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: axborot texnologiyasi, power 
point, prezintatsiya, kompyuter turlari, zamonaviy texnologiyalar. 
Bugungi kunda respublikamizning ta'lim sohasida axborot 
texnologiyalaridan foydalanishning me'yoriy-huquqiy bazasini tubdan 
takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va 
zamonaviy 
texnologiyalarni 
boshlangʻich 
ta'lim 
jarayoniga 
integratsiya qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlangʻich 
sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻstirish ustuvor 
vazifa qilib belgilangan. Buni esa aynan boʻlajak boshlangʻich sinf 
oʻqituvchilarni, 
salohiyatli, 
metodik 
jihatdan 
kuchli 
qilib 
tarbiyalashdan boshlanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim sifatini yanada rivojlantirish 
boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Ta'lim jarayonida natijaviylikka 
erishish boʻyicha oʻquvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini oʻstirish 
uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, axborot texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning 
malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. 
Ta'lim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini texnologiya 
fanini puxta oʻrgatish uchun axborot ta'lim resurslari, ijodiy 


139 
materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga 
boʻlgan qiziqishni oʻstirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining boshlangʻich sinf texnologiya 
darslarida foydalanish va uni darslarda joriy etishda quyidagi bir qator 
muammolar oʻz yechimini topishi kerakligi ta'kidlanadi:
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini texnologiyani oʻrgatishda 
oʻziga xos innovatsion texnologiya turi bu - axborot texnologiyasi 
ekanligi;
Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida har bir 
innovatsion texnologiyalarning oʻz oʻrni bor. Ayniqsa, innovatsion 
texnologiyalarning bir turi sanalgan axborot texnologiyasi - 
oʻquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oʻstirish 
uchun xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi interfaol metodlar, 
didaktik oʻyinlardan farqli oʻlaroq, barcha tushuncha va mavzularni 
ekranda koʻrib, fikr yuritishda va amaliy uchun yaxshi samara beradi. 
Texnologiya darslari axborot texnologiyalari va ularning turlaridan 
foydalanish eng yaxshi vosita ekanligi qayd etildi.
2. Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslaridan 
axborot 
texnologiyalari orqali oʻtishda ehtiyoj seziladigan mavzular bazasini 
shakllantirish lozim; Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot 
texnologiyalaridan foydalanish belgilangan mavzu yuzasidan chuqur 
bilim olish, tasavvur, tushuncha hosil qilish uchun zamin yaratadi.
3. Axborot texnologiyalaridan boshlangʻich sinf texnologiya 
darslarida foydalanish uchun uni didaktik vositalari tizimini ishlab 
chiqish zarur;
4. Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida yaxshi samara 
bera oladigan axborot texnologiya turlarini ajrata olish va undan 
foydalanishni tashkillashtirish.
Oʻqituvchi boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot 
texnologiyalaridan qoʻllashda didaktik vositalardan foydalanish uchun 
maxsus koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur.
Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslarida 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishga 
doir 
materiallar 
quyidagi 
muammolarni hal etishi zarur:
1. Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslarida 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallarni tanlash va ularni 
oʻqitish samaradordigini oshirishda saralangan materiallardan nazariy 


140 
(ma'ruza) va amaliy mashgʻulotlarda qanday an'anaviy, noan'anaviy 
metodlardan hamda shakllardan foydalanishni aniqlash.
2. Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslarida 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishga 
doir 
tanlangan 
materiallar 
oʻquvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlashlarini, bilish qobiliyatlarini 
rivojlantirishni, mantiqiy mulohaza yuritishlarini, amaliy ishlarni 
bajarishni hisobga olish.
3. 
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot 
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarni boʻlajak 
boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga samarali usulda oʻqitish 
metodikasini ishlab chiqish.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich sinf 
texnologiya darslarida
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishga doir tanlagan materiallaridan oʻquv jarayonida 
foydalanishi deganda quyidagi maqsadlar tushuniladi:
1. Tanlangan materiallar texnologiya fanining oʻquv rejasi va fan 
dasturi talablariga mos kelishi, Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining 
qiynalmasdan oʻzlashtirib olishlariga yordam berishi; 
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni, amaliy 
ishlash ko’nikmasini o’stirish; 
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni 
oʻstirish; 
4. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda abstrakt tafakkurni, mantiqiy 
mushohada yuritishni rivojlantirish;
5. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni egallagan nazariy bilimini 
qiynalmasdan amaliyotda qoʻllay bilishi;
6. Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslarida 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallardan oʻquv 
jarayonida foydalanish maqsadli va rejali asosda boʻlishi, zaruriy 
pedagogik vaziyatni aniqlangan holda tanlanishi.
Boshlangʻich 
sinf 
texnologiya 
darslarida 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarga 
quyidagi didaktik talablarni qoʻyish mumkin:
1. Tanlangan materiallarning mazmuni didaktik va metodik 
talablarga javob berishi kerak.
2. Tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa va tugallangan 
matnda ifodalangan boʻlishi zarur.


141 
3. Tanlangan materiallar mazmuni va ulardagi faktlar haqiqiy 
boʻlishi lozim.
4. Tanlangan materiallar va sinov savollari aniq hamda tushunarli 
boʻlishi darkor.
Axborot texnologiyasi shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiya boʻlib, 
oʻquvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, 
bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, taʼlim jarayoniga qadriyat 
sifatida yondashish munosabatini taʼminlash, faollikni oshirish, oʻz-
oʻzini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
taʼlimda 
quyidagi 
asosiy 
axborot 
texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va oʻrganilmoqda:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin