Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


-topshiriq: “Don cho‘qiyotgan tovuqlar”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

7-topshiriq: “Don cho‘qiyotgan tovuqlar”
deb nomlanib, bu 
topshiriq bilan o‘g‘il bolalar shug‘ullanadilar.
Taxtadan kesib «a» rasmda ko‘rsatilgandek doira yasang. 
Doiraning to‘rt chekkasiga ikkitadan teshik yasang. Chekkadagi 


136 
teshiklarga tovuq shakllarini o‘rnatasiz. Doiraning bir tomoniga ost 
tomonidan yopishtirib band o‘rnating (rasm-7). 
Tovuqlarning shakli to‘rt qismdan: ikki yon tomoni (rasm-7, v), 
o‘rta qismi (rasm-7, g) va boshidan (rasm-7, d) iborat. Bu qismlarning 
hammasi fanerdan yasaladi; faner shakllar qo‘larra bilan qulay 
arralanadi. Har ikki yon qismlarni o‘rta qismga ikki tomondan 
yopishtiring. Keyin yon qismlarida bittadan teshik yasab, unga bosh 
o‘rnatiladi. Boshning bo‘yin qismida ikkita teshik teshish kerak. 
Kattaroq teshikdan mix o‘tkaziladi. Ikkinchisiga esa ip bog‘lanadi 
(rasm-7, e). Endi tovuq tayyor bo‘ldi. Tovuqni doiraning chetidagi 
teshikka o‘rnatib, ipni markazga yaqinroqdagi teshikdan pastga 
o‘tkazib yuborasiz. Pastga o‘tgan to‘rtala ip uchini birga qo‘shib 
tugib, unga bitta dumaloq yog‘och bog‘lab osiltirib qo‘ying (rasm-7, 
j). Agar siz doiraning bandidan ushlab aylantira boshlasangiz, doira 
tubida osilib turgan dumaloq yog‘och iplarni galma-galdan goh tortib, 
goh bo‘shatib turadi. Tovuqlar esa, navbatma-navbat taqillatib don 
cho‘qib turadilar. 
Bu topshiriq o‘g‘il bolalarda parrandalarning shaklini tasavvur 
qilish, ularni yasash, buyumlar orasidagi bog‘lanishni his qilish 
ko‘nikmasini tarkib toptiradi. 
8-topshiriq: “Meva terish uchun kuzanak-xalta yasash”
deb 
nomlanib, ushbu topshiriq o‘g‘il va qiz bolalarning hamkorlikdagi 
mehnati asosida bajariladi. 
Uzun ensiz tunukadan kuzanak-xaltaning gardishini tayyorlang. 
Gardish “a” rasmdagidek panjarali bo‘lsin. Matodan xaltacha tiking 


137 
(rasm-8, b), uni gardish qilib, uchlari bir-biriga parchinlangan 
aylanaga tiking. Tikish uchun gardishning quyi chetiga bir qator 
teshiklar yasash kerak (rasm-8, a). Keyin bir bo‘lak tunuka truba 
topib, uning bir uchini bir necha qismga bo‘lib qo‘ying. Ularni 
trubaning qolgan qismiga nisbatan tik qilib buking va har birini 
teshing. Trubaning shu bukilgan tomonini gardishning yoniga qo‘yib 
turib, gardishda ham teshik o‘rnini belgilab oling-da, uni ham teshib, 
trubani unga parchinlab biriktiring (rasm-8, g). Mixparchinni 
tunukadan yasasa ham bo‘ladi. Trubaga to‘g‘ri yog‘och tiqib, band 
yasang. Meva bandini gardish panjarasidagi kuzanakka ilintirib 
tortsangiz, meva uzilib xaltaga tushadi, zada bo‘lmaydi. 
Bu 
topshiriq 
o‘quvchilarda 
hamkorlikda 
mehnat 
qilish, 
tejamkorlik, ehtiyotkorlik, tikish, mato va tunukalar bilan ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 
SAVOLLAR. 
1.O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash usullarini izolang
2.Texnologiya darslari da qanday amaliy ish turlari bajariladi? 
3.Texnologiya darslari da amaliy ishlar qanday tashkil qilinadi? 
4.O’quvchilar tarbiyasida amaliy ish jarayonini ahamiyati? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.Amaliy ish turlaridan namuna keltiring. 
2.Namunaviy dars ishlanmasini yozing. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin