131
yorlang (rasm-3, b). Bu oyoqlarga rangdor qog‘oz qoplab “v” rasmda
ko‘rsatilgandek buklang. Keyin har ikkala bukilgan lentani qo‘shuv
alomati tarzida birini-biriga ko‘ndalang qo‘yib,
taxta tagiga
yopishtiring (rasm-3, g). Agar oyoqlar juda uzun bo‘lib qolsa,
uchlaridan qirqib, kaltaroq qiling.
V) gultuvak qo‘yiladigan stol ham xuddi shunday kartondan
yasaladi. Kartondan diametri 80 mm kattalikda 4 ta doira qirqing.
Keyin shu doira markaziga sirkul uchini qo‘yib, 70 mm diametrlik
doira chizing-da, ichini qirqib oling. Shunda eni 10 mm.lik
g‘ildirakchalar hosil bo‘ladi (rasm-3, a). Bu g‘ildirakchalarni ikkita-
ikkitadan qilib bir-biriga yopishtiring. Keyin har ikkalasidan ham 1/4
qismini qirqib oling (rasm-3, b). Bu qirqib
olingan qismini qolgan
katta qismining past tomoniga “v” rasmda ko‘rsatilganidek
yopishtiring, so‘ngra qalinroq kartondan ikkita taxtacha qirqing.
Birining kattaligi 100x30 mm, ikkinchisiniki 50x30 mm bo‘lsin.
Ularning
ustiga
bir
xil
qog‘oz
yopishtiring
(rasm,-3
g).
Taxtachalarning yon tomoniga elim surtib, ularni g‘ildirakchalarga
o‘rnating. Ostidagisi oyoq qismiga yopishsin (rasm-3, d). Stolchaga
qizlar tomonidan rasm daftaridan konus shaklida ishlangan
tuvakchalar qo‘yiladi. Unga qo‘yiladigan gullarni qizlar juda yupqa
qog‘ozlardan turli rangga bo‘yab tayyorlaydilar.
G) uychani bezash uchun ishlatiladigan boshqa buyumlar.
Uychaga jihozlar qo‘yib chiqilgach, dastlab
qizlar tomonidan deraza
pardalari tayyorlanadi, chunki har bir uyda deraza bo‘lib, ularga
pardalar ilinadi. Buning uchun 13x12 sm kattalikda ikki bo‘lak doka
kerak bo‘ladi. Uning bir uchidan katta-katta tikib, ipni tortib, dokani
burma qiling, shunda har ikkala pardaning kengligi (rasm, a ga
qarang) 16 sm bo‘lsin. Pardani boshi
dumaloq nina bilan uycha
derazasining tepasiga qistirib qo‘ying. Keyin yupqa kartondan
kengligi taxminan 1 sm lenta qirqilib, uning usti rangdor qog‘oz bilan
qoplanadi va pardaning ust tomoniga yopishtirib qo‘yiladi. Bu bilan
siz ham karniz yasadingiz, ham ko‘rinib turgan iplar bekitildi (rasm-3,
a).
Uyni bezatish uchun ramkali rasm ham kerak bo‘ladi. Bu ishni
o‘g‘il bolalar bajaradilar. Ramkani ham ustiga rangdor qog‘oz
yopishtirilgan kartondan qirqing yoki bo‘yang. Ramkaning orqa
tomoniga biror eski jurnaldan chiroyli rasmni qirqib olib yopishtiring.
132
Tasvir tayyor bo‘lgach, uni devorga
boshi dumaloq nina bilan
biriktirib, osib qo‘ying (rasm-3, b).
Agar gilamcha bo‘lmasa, chetiga gajim tutilgan bir parcha
matodan gilam o‘rnida foydalanish mumkin. Gajimni matoning
chetidan ip sug‘urib osongina yasash mumkin (rasm-3, v).
Qizlar divan va stullarga to‘shak ham tayyorlashlari kerak bo‘ladi.
Buning uchun yo‘l-yo‘l mato olib, 95x58 mm kattalikda yaxtalik
to‘shak tiking (rasm-3, g).
Shu usulda stullarga ham to‘shakcha tiking.
Uning ikki
burchagida bog‘ichi bo‘lsin. Stul va divanlarni probkadan yasash
mumkin. Ularni plastilindan ham yasash mumkin. Stolga yozish
uchun dasturxon ham kerak. Uni oq matodan tayyorlang. Chetlarini
qaychi bilan naqshli qilib qirqib chiqing. Xuddi shu usulda aylana stol
uchun ham dasturxon tayyorlang. Aylana stolga dasturxon yupqa oq
qog‘ozdan tayyorlanishi mumkin. Agar qog‘ozdan
naqsh qirqa
olsangiz, bezakli dasturxon yasang (rasm-3, d).
Yana bir o‘ylab ko‘ring-chi, qo‘g‘irchoq uyini bezatish uchun
yana nima kerak bo‘lar ekan? Vazalar, haykalchalar kerak
bo‘lmaydimi? Bularni o‘zingiz turli materiallardan yasab oling.
Ularning katta-kichikligini uyning hajmi va jihoz o‘lchamlariga
munosib qilib yasashni unutmang.
Dostları ilə paylaş: