Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Ro‘yxatga olish raqami 110-60



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Ro‘yxatga olish raqami 110-60. 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-7229-7-2 



Сайёрамизнинг эртанги куни, фаровонлиги 
фарзандларимиз қандай инсон бўлиб камолга етиши 
билан боғлиқ. Бизнинг асосий вазифамиз – 
ёшларнинг ўз салоҳиятини намоён қилиши учун 
зарур шароитлар яратишдан иборат. 
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат 
Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-
сессиясида сўзлаган нутқидан 
 
KIRISH 
 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, 
modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari 
jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan 
yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini 
shakllantirishni, 
o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya 
yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo 
etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun 
talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish 
metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni 
egallaydi. Mazkur fan orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar 
fanining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan 
holda o’quvchilarga mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi, 
ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish malakasiga ega bo’ladilar.
Darslikda texnologiya va uni uqtirish metodikasining umumiy 
asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida 
xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek qo’ l mehnati, qog’oz 
va karton bilan ishlash, applikatsiya, tabiiy materiallar plastilin, 
gazlama bilan ishlash texnologiyalari tog’risida amaliy- metodik 
bilimlar o’z ifodasini topgan. Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida 
axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va 
interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib 
berilgan. Texnologiya darslarini tashkil etishda o’qituvchining eng 
muhim vazifalarida biri o’qituvchilarni mustaqil bilim olishga tizimli 
o’rgatib borishdan iborat bo’lib, ularni ongli, maqsadli natijaga 
erishishga yo’naltirishdan iborat. Darslikda bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining o’quvchilarga mehnat qurollari to’g’risida bilim 



berish texnologik jarayon, texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiena 
to’g’risidagi ma’lumotlar hamda mehnatni tizimli tashkil etish va 
o’quvchilarning mehnat madaniyati to’g’risida bilimlarga ega bo’lish 
metodikasi bugungi kun talablari asosida yoritib beriladi.




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin