Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. 
Amaliy 
tayyorlash texnologiya fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. 
U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va 
moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va 
ratsional amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum 
izchillikda ishlov bera borish, yo’l qo’yilgan xatoni o`z vaqtida 
aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi. 
Jarayonga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina 
amalga oshishi mumkin. U boshlang`ich maktabda boshlang`ich 
politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya fanining mazmuniga 
muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga 
ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni 
ishlatishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy 
asbob moslamalar maxsus asbob va mashinalarning bosh asosi 
hisoblanadi. 
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab 
chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf 
o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, 
biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operatsiyalarining 
tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materialni o’lchash va 
belgilash; ularga egib, qirqib ishlov berish; qismlarini yelimlash, 
tikish, o’rish va bog`lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va 
mustahkamlash; detallarni yig`ish va buyumni montaj qilishdir. 
Yakunlovchi operatsiya buyumni bezashdir. Boshlang`ich sinf 
o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarni 
shakllantirish ham taalluqlidir. 
O`quvchilardagi texnologiya fanining ma’lum turiga bo’lgan 
mayl va qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini 
sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda 
muhimdir. 
Tаjribа shuni ko`rsаtаdiki, bоlаlar butun buyumning tuzilishini 
yaхshi tаsаvvur etsаlarginа, ish turi, shakli, hajmi va boshqa 
xususiyatlar, shuningdek, mehnat qurollari bilаn ishlаsh usullarini 
tеzrоq vа puхtаrоq o`qib оlаdilar. Аyniqsа 1-sinf o`quvchilari 
o`qituvchigа tаqlid qilishgа intilаdilar. Shu sаbаbli o`qituvchi 
o’quvchilarni har bir mehnat turiga aqlan to’g’ri yondashtira olishi va 
berilgan topshiriqni bajarishda ruhan tayyorlab borishi kerak.
 


10 
O`quvchilarga texnologiya fanini o’qitish va tаrbiyalаsh ularni 
bo`lаjаk аmаliy fаоliyatgа tаyyorlаshdа mеhnаt mаlаkаlari vа 
ko`nikmаlari kаttа rоl o`ynаydi. Quyi sinf o`quvchilarigа texnologiya 
fanini o’qitish vаzifаlaridаn biri ulardа bir qаtоr mеhnаt mаlаkаlari vа 
ko`nikmаlarini shаkllаntirishdir. Mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari 
nаtijаsi bo`lib qоlmаy, bаlki o`quvchilarni mеhnаt fаоliyatigа, ijtimоiy 
fоydаli ishlаb chiqаrish mеhnаtini bаjаrishgа jаlb qilish shаrti hаmdir.
Kichik maktab o`quvchilarining texnologiya faniga amaliy 
tayyorlashda kuzatish qobiliyatini mashq qildirishning imkoniyatlari 
juda katta. Bular materialga ishlov berish jarayonida uning 
o`zgarishini kuzatish, turli asboblarning turli ishlab chiqarish hamda 
mehnat 
vaziyatlarida 
ish 
xususiyatini 
kuzatish, 
mehnat 
operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini amaliy aniqlashdir. 
O`zining hamda o`rtoqlarining ishini kuzatish orqali o`quvchilar 
konstruktorlik yechimlarini, tayyor buyum va ularning detallari 
pardozining bajarilish usullari va sifatini taqqoslaydi, solishtiradi, 
baholaydi. yordamchi va ishlov berish operatsiyalari, mehnat 
usullarining sodda, qulay va osonligi, ishga sarflanuvchi vaqt miqdori 
kabi ko`rsatkichlar o`quvchilar nazaridan chetda qolmaydi. Bularning 
barchasi birgalikda faol fikrlash faoliyatini talab etadi va 
o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ko`maklashadi. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslarida 
bajariluvchi 
kuzatishlar 
va 
eng 
oddiy 
tajribalar 
barcha 
analizatorlarning, xususan, har bir o`quvchi harakat apparatining bir 
vaqtda birgalikda qo`llanishiga asoslangan. Bu kichik maktab 
o`quvchilariga amaliy masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli 
materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; 
zich-g`ovak; mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), 
shuningdek, har bir materialning ishlov berishdagi qarshilik 
xususiyatlari to`g`risidagi savollarga yanada aniqroq va to`g`riroq 
javob berishga imkon beradi. 
Texnologiya darslarida turli mehnat faoliyati turlaridan 
foydalanish o`quvchilar tomonidan to`planuvchi tajribalarning 
texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarining 
muhim asosini tashkil etadi. 
Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi-
bu ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va 


11 
xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, darsdan darsga yanada 
aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. 
Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog`oz 
turlarini aniqlash, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material sifatida 
umumiy xususiyatlari, qo`llanish va foydalanilishining cheksiz 
imkoniyatlarini ta‘riflash vazifasini qo`yadi. 
O`quvchilar bu xususiyatlarni farqlash, boshqa materiallarga 
o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq amaliy 
maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o`rganib 
boradilar. 
Bularning 
barchasi 
bolalarda 
buyumni 
konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini 
rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Texnologiya darslari bir 
necha shakllarda tashkil etiladi. Jumladan, grafik ishlar texnik 
mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning 
chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. 
Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga 
kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida 
chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish 
lozim. Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda 
qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish planini 
o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’lim-tarbiyaviy 
ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan 
bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan 
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. 
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi 
mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning 
ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam 
beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham 
o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his 
etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Mustaqil ishlar
 
– bu 
o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan 
maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda 
o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llash hamda aqliy va jismoniy 
harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda 
qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. 


12 
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan 
birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan 
o’tkazadilar. 
Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga 
mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rin 
egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish 
vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya ja-
rayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan 
tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq 
maqsadlar qo’yiladi va ekskursiyadan so’ng savol – javoblar 
o’tkaziladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin