Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


O’quvchilarni texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

 O’quvchilarni texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik 
tayyorlash.
Ushbu jarayon murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p 
qirrali jarayon bo’lib, u butun texnologiya fani va tarbiyaga singib 
ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa-da, mehnatga 
axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnatga psixologik 
tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq 
keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy 
malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish 
demakdir.



Texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik tayyorlash turli 
psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda 
tutadi. Bular: s
ezib anglash, psixomotor, emostional-idrok, diqqat, 
xotira, tafakkur 
va shu kabi prosseslardir. Boshqacha qilib aytganda, 
ular 
mehnatning psixologik komponentlari 
deyiladi. 
Mehnat ta’limi fanining o’qitilish samaradorligini oshirishda 
amaliy mashg’ulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Amaliy mashg’ulotlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1) Ekskursiyalar uyushtirish; 
2) Ustaxonada yog’och va metalldan, tikuv materiallaridan uy 
jihozlari tayyorlash. 
Texnologik operatsiyalarni o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini 
nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. 
Ma’lumki, mehnat faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar 
yig’indisining (ko’rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul 
harakati) namoyon bo’lishi xarakterlidir. Shuning uchun o’qituvchilar 
quyi 
sinflar 
o’quvchilariga yangi materialni yoki asbobni 
tanishtirayotganlarida 
bolalardagi 
sezgining 
barcha 
turlarini 
faollashtiradilar: bolalar qog`ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib 
ko’rib chiqadilar, uning qanday shitirlashiga quloq soladilar. 
Sezgilarning bunday faollashuvi material haqida to’liqroq tasavvurga 
ega bo’lishiga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik 
jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi. 
Texnologik operatsiyalarni bajarishda shaxsning qiziqish
qobiliyat, temperament kabi individual psixologik xususiyatlari 
shakllanadi. Texnologik operatsiyalarni bajarishga psixologik va 
axloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi 
jarayondir. 
Agarda bola mehnat qilishga o’rgatilmagan bo’lsa, uning uchun 
mehnat faoliyati maqbul mashg`ulotga aylanmaydi, unda kerakli 
ijobiy emotsiyalarni va boshqa psixologik ko’rinishlarni keltirib 
chiqara olmaydi.
Texnologik operatsiya mаlаkаlari ko`p mаrоtаbа tаkrоrlаnаdigаn 
mаshqlar nаtijаsidа hоsil bo`lishi sababli hаr bir mаshq jаrаyonigа 
o’quvchini aqliy yondashtirsh, buning uchun esa ish-hаrаkаti 
izchilligini tizimlilik sur’аtidа tushuntirib bеrish talab etiladi.




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin