Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Ekskursiyalar
bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga 
mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni 
egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish 
vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya ja-
rayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan 
tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq 
maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkazish 
lozim.
Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, 
o’qitishda individual yondashishni amalga oshirish kerak bo’ladi. 


51 
Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik 
darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir. 
Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar 
bilan ishlashning oldindan o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi 
muhimdir. Darsning samaradorlik darajasini oshirish uchun turli 
tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, asbob-
uskunalarda o’rinli foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish, 
tasavvur hosil qilish, diqqatni jamlab qunt bilan ishlash, chiroyli va 
shinam shakllar yaritishga da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh 
o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan 
o’quvchilarga ham oldindan alohida kartochka-topshiriqlar tayyorlab 
qo’yish kerak. 
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan ekskursiyani 
ta’limning biror bo’limi boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq 
mavzuga bag’ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni 
o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani maqul. Ekskursiya 15-20 
o’quvchidan iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat o’qituvchisi 
rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash 
texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv 
ravishda mavjud bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li 
bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o’rganadi. 
Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3 bosqichda amalga 
oshirilishi lozim: 
1. Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini 
aniqlash, ekskursiyaning o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va 
hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat bo’lgan tayyorgarlik 
davri. 
2. Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi: 
Ekskursiyada o’zini tutish qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun 
suhbatlar uyushtiriladi. 
3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo 
bo’ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat. 
O`quvchilarning
 
qiziqish va o’zlashtirishlari turlichaligini bilgan 
o’qituvchi ularning qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan 
o’ylab qo’yadi. Shu orqali u faqat yaxshi o’zlashtiradiganlarninggina 
emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham bilish 


52 
faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo xarakteriga ega 
bo’lishi kerak. 
Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning 
xarakterli xususiyatlarini sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga 
bilimlarni hayotdan olishni ham o’rgatish kerak. Agarda o’qituvchi 
topshiriqqa 
kuzatilayotgan 
faktlarni 
kuzatuvchining 
qo’lidan 
keladigan tahlil va umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning 
samaradorligi yanada ortadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin