Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra:
•
Og’zaki bayon qilish metodlari
•
Ko’rgazmali metodlar
•
Amaliy metodlar
Og’zaki metod:
Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin
tutadigan metod bo’lib, o’zi ham quyidagi turlarga bo’linadi:
•
hikoya
•
suhbat
47
•
tushuntirish
•
ma’ruza
Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib,
zamonaviy ta’limning asosini tashkil etadi.
Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi:
•
Namoyish
•
Tasvirlash
•
Sayohat
•
Kino
•
Grafik ishlar
Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish
uchun eng zarur metod hisoblanadi.
•
Mashq
•
Laboratoriya
•
Amaliy ishlar
Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi
mumkin:
1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi,
o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati
darslarida tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida
bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning
o’zaro suhbatidir.
Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon
qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan
suhbat davomida o’quvchilar tushuntirilayotgan narsalarni qanchalik
o’zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilan
murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar,
natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib
qilinsa,
anchagina
tushunarliroq
bo’ladi.
Bu
o’rinda
tushuntirayotganingda – ko’rsat, ko’rsat va tushuntir degan qoida
bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil
emasligini nazarda tutish lozim.
O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha
o’quv materialini aniq va to’liq qamrab olishi kerak;
Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari
sodda bo’lishi zarur;
48
Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan,
diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi
lozim;
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga
asoslanishi lozim. Nutq sodda va aniq bo’lmasa o’quvchilarning
hikoyaga, keyinchalik predmetga bo’lgan qiziqishi so’nishi mumkin.
O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan
boyituvchi atamalar bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o’zida
tushuntirmog`i shart;
Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida
amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq
belgilab oladi, asosiy tushunchalarga alohida urg’u berib, hikoyani
qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishini uyg’otib
borishi lozim, o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi,
hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini jalb qila olish malakasi
mukammal bo’lishi kerak.
Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir.
Instruktajning
maqsadi
o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini
uyushtirish va yo’naltirish orqali ularning amaliy bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy
yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o’quvchiga
ishning maqsadi va usullari ravshan bo’lishi kerak. Instruktajning
vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri
rejalashtirishni o’rgatishdan iboratdir.
Instruktaj olgan o’quvchilar:
ishni ratsional usullarda va to’g`ri
izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan
formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo’l
qo’yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo
bo’lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak.
Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali
berilishi mumkin. Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar
yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin. Grafik ishlar texnik
mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning
chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi.
Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga
kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida
49
chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish
lozim.
Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday
belgilanishini chizg’ichlar yordamida amalga oshirish zarur.
Chizmalar daftarda emas, balki chizmachilikka mo’ljallangan
albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik texnologiya fani
darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir.
O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish
kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi.
Chizmani bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak.
O`qituvchi o’quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va
tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay
turib, o’quvchilarga chizmani materialga to’g`ri ko’chirishga,
chizmani o’qishga o’rgatib bo’lmaydi; qo’l mehnati darslarining
asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir.
O`qituvchi ish sifatini o’quvchilarning albomlarni qanday
tutganligi bilan baholashi mumkin.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda
qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini
o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan
bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi
mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning
ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam
beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham
o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his
etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Laboratoriya ishlari
o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy
qoliplardan
foydalangan
holda
tajribalar
o’tkazish metodli
hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan farqi shundaki,
nazariy bilimlar majmuyini amalda qo’llash faoliyatini tashkil etadi,
olingan bilimlar chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar
tuzatiladi.
Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi.
50
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy
jihatdan anglash;
2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish;
3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda
bajaradi, qolganlari bu faoliyatni kuzatib boradi);
4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi,
qiynalgan o’quvchilarga e’tibor qaratiladi);
5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib,
baholanadi).
Mustaqil ishlar
– bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq
uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan
ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab
hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu
formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda
erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki,
o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy
malakalar o’rtasida uzviy aloqa bo’lishi kerakligini his etsinlar.
O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda
bo’lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan
birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan
o’tkazadilar.
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy
yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni
amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |