Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Boshlang’ich texnologiya fani DTS mazmunini yoritib bering.
2. O’quv fani dasturi qanday hujjat va u qanday mazmunga ega?
3. O’quv dasturi mazmunini yoritishda qanday talablar
qo’yilgan?
4. Mеhnatning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish turi qanday tashkil
qilinadi?
5. Tabiat quchog’idagi mеhnat turlari va ularni qanday tashkil
qilish mumkin?
6. Qo’l mеhnatining turlarini aytib bеring.
4-MAVZU. BOSHLANG
‘
ICH SINF TEXNOLOGIYA
DARSLARIGA KOMPETENSION YONDASHUV
Reja:
1.Boshlang‘ich
sinflarda
texnologiya
darsi
mavzulariga
qo‘yilgan talablar.
2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limi tuzilishi o‘ziga xos
xususiyatlari va mazmuni.
38
3. Barcha materiallarni o‘rganishdagi uzviylik va uzluksizlik.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinfda texnologiya darsi, texnologiya kursining
tuzilishi, o`ziga xos
xususiyatlari, mazmuni, mavzulararo uzviylik va uzluksizlik,
ko`rgazmalilik, nazariy bilim,texnologiya darsida kompetension
yondashuv
Boshlang`ich sinfda o’tiladigan har bir texnologiya darsi ta’limiy
va tarbiyaviy xarakterga egadir. Ta’lim jarayoni o’z navbatida
o’quvchilarga axloqiy, ma’naviy, g`oyaviy-siyosiy, texnologiya,
estetik, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiyani ham berib boradi.
Tajribalardan ma’lumki, pedagogik talablar asosida tashkil topgan har
qanday yaxshi dars o’quvchilarni mazmunli va samarali bilimga ega
bo’lishlarini, e’tiqod va amaliy harakatlar birikmasi sifatida esa
vatanparvarlik g`oyalarini, ularning hayotiy nuqtayi nazarini, ishiga
cheksiz sadoqatini shakllantiradi. Pedagogik talablar asosida
o’qitiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yana shundaki, dars
davomida o’quvchilarda puxta bilim hosil bo’ladi, texnologiyaga
ijobiy munosabat tarbiyalanadi va ularga texnologiya ko’nikmalari
hamda malakalari singdiriladi. O’quvchilar tomonidan egallangan
bilimlar, shakllangan malakalar va hosil bo’lgan ko’nikmamalar ularni
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga va kasbni ongli
tanlashga tayyorlaydi.
Texnologiya darsining xususiyatli tomonlaridan biri shundaki,
o’qitish vazifasi faqat uyg’un birlikdan tashkil topgan ta’limni emas,
balki mazkur sinfni, umuman har bir o’quvchining alohida
xususiyatlarini nazarda tutuvchi eng yuqori aniqlilik ham bo’lishi
kerak. Ma’lumki, boshlang`ich sinfda ta’lim oluvchi o’quvchilar yosh
xususiyati, idrok etish qobiliyati, xotiralashi, texnologiya sohasida
tayyorgarliklari, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har
xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib-intizomiga ko’ra
bir-birlaridan farqlanadilar. Shu bois, har bir dars tuzilishi o’quv
materialining maqsadi va mazmuni, o’quv faoliyatining tashkil
etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy texnologiya darslari mazmuni,
o’quv faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga
javob berishi kerak?
39
Bu borada ta’kidlash joiz, texnologiya darslari mazmuniga
qo’yiladigan eng muhim talab - o`quvchilar faolligini oshirish
maqsadiga qaratilgan bo’lishi kerak. Talabning bunday qo’yilishi
o’quv jarayoni davomida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini
rivojlantirish imkonini beradi. Bu o’z navbatida, o’quvchilarda
kundalik xatti-harakatning asosi sifatida keng dunyoqarash va axloq
asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash
zarurligidan dalolat beradi.
Texnologiya dars mazmunining ilmiy asosda bo’lishi eng muhim
talablardan hisoblanadi.
Zamonaviy boshlang`ich sinf texnologiya ta’limi boshqa
predmetlar ta’limi singari o’quvchilarni nafaqat nazariy ma’lumotlar
bilan qurollantirish va bunday bilimlardan faqat hodisalar o’rtasidagi
mavjud aloqalarni tushuntirishda doimo foydalanib qolishgina emas,
balki texnologiya turlari bo’yicha puxta bilim berib o’quvchilarda
texnologiya qilish malakalarini shakllantirib borish xarakterli bo’lib
borshi kerak.
Texnologiya darsi mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan
biri - darsning hayot, o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, texnologiya
bilan chambarchas aloqador bo’lmog`idir. Ilg’or o’qituvchilar
o’quvchilarga nazariy materialni o’rgatishda ularning shaxsiy tajribasi
va kuzatishlari bilan uzviy bog`lab dars o’tadilar.
Berilyotgan yangi
ma’lumot va shu ma’lumot bilan bog’liq boshqa materiallar aloqalari
o’quvchilarning boshlang`ich tasavvurlar tiziniga mantiqan qo’shiladi.
Bu usul pedagogika va psixologiya ta’limi talabiga ko’ra, predmet
nazariyasini ongli o’zlashtirish shart ekanligini bildiradi.
Mehat darslarida o’rgatiladigan o`quv materialining o’quvchilarga
tushunarliligi va ularga nisbatan ko’nikma va malaka hosil qilinishi
dars mazmunining asosiy yutug`idir. Amaliyotlarda buning aksi ham
tez-tez ko’zga tashlanib qoladi. O’qituvchining o’quv materialini
tushunarsiz tarzda bayon etishi, aniq misollarda tushuntira olmasligi
natijasida o’quvchilarni mexanik xotirlab qolishga, qiziqishining
pasayishiga, ularning umumiy rivojlanishining sustlashuviga olib
keladi.
Ma’lunki, o’quvchining o’quv faoliyati undan faol fikr yuritib
ishlashni talab qiladigan etib tashkil etilishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Texnologiya ta’limida ham shunday yo’l tutulishi zarur.
40
Zero, bunday ta’lim o’quvchining texnologiya haqida, texnologiyaga
nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga oid aqliy qobiliyatlarini har
kuni mashq qildiradigan, texnologiya bilan muntazam shug’ullanib
turish jarayoniga aylanadi. Texnologiya bolalarni mantiqiy
fikrlarning xilma-xil shakllari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab
turadi. Texnologiyani to’g’ri anglatish aqlan faol faoliyatga
asoslangan har ishdan bolalar katta qoniqish hissiyotga ega
bo’lishlariga olib keladi, albatta. Ular texnologiyalari evaziga o’zlari
yaratgan «kashfiyot»lardan quvonadilar va faxrlanadilar, o’zlarining
ijodiy tashabbus va fantaziyasini namoyon qilishga harakat qiladilar.
Bundan zamonaviy darsga qo’yiladigan muhim talab o’quvchilarning
bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib
chiqadi.
Pedagogika o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini
quyidagi usullar vositasida faollashtirisni nazarda tutadi:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir
o’quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini maksimal
ta’minlash;
2. Bu maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini
biriktirish usullari bilan birga maxsus didaktik tarqatma
materiallardan foydalanish;
3. Faoliyat turlarining o’rganilayotgan material bilan to’g`ri
munosabatini ta’minlash;
4. Dastur materiallari asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va
shu kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos
konkurslar o’tkazish.
Bu usullarni texnologiya darslari jarayonida ham tatbiq qilish
maqsadga muvofiq. Bolalar darslar davomida texnologiya va
politexnik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsin. Xilma-xil
amaliy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va odatda ijtimoiy
foydali ahamiyatga ega bo’lgan predmetlar yasashni o’rganib
borsinlar.
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quv yili davomida darslar
mazmuni, o’quvchilarga tushuntirish shakl va usullari, amaliy ishlarni
bajarish yo’llarini aniq reja asosida ishlab chiqishidir.
O’qituvchi ish rejasida bo’lishi kerak:
41
- bolalarning predmetlarni yasash va bolalar kundalik hayoti
uchun zarur bo’lgan ishlarni bajarish;
- jamoa birligini, sinfdagi tartib va tozalikni yo’lga qo’yish;
- tabiatdagi mashg’ulotlar, matematika, ona tili darslaridagi o’quv
ishlari;
- bayramlar o’tkazish, bolalarning texnik ijodiy konstruksiyalash,
qo’l texnologiyasining har xil turlariga bo’lgan qiziqishlarini
qondirish va rivojlantirishda egallagan bilim, ko’nikma, malakalarini
kengaytirish va takomillashtirishni izchil biriktirishni ta’minlasin.
O`qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash
jarayonida ham o’quvchilarga qiyin va politexnik bilim hamda
ko’nikmalarning butun bir majmuasini berishni nazarda tutishi lozim.
I. Detallarni belgilab olish va tayyor qilishga kirishishdan oldin
bolalarga narsalarni yasash yoki biror ishni bajarish bo’yicha o’z
texnologiya faoliyatlarini oldindan rejalashtirishni o’rgatish va
singdirish lozim. Bu:
a) darsda hal etilishi lozim bo’lgan vazifani va uning ahamiyatini
yaxshi tushunish;
b)
ishning xarakterini, mahsulot konstrukstiyasini-qism yoki
detallar sonini, ularni mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli
materiallar, o’lchamlar, shakl, mahsulot va detallar proporsiyasini aniq
tasavvur qilish;
v)
detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o’lchash
va hisoblash, materialda razmetka qilish tartibi, ishlov berish,
detallarni yig`ish, yakuniy bezak berish va ishni umumiy baholash
tartibini aniqlash;
g) texnologiyani qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni,
ishni kichik jamoa o’rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir.
Oldindan
rejalashtirish
bosqichi
texnologiya
jarayonida
bolalarning
bilish
faolliklarini
rivojlantirish,
ularning
aqliy
ko’nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi
uchun juda muhimdir. Oldindan rejalashtirish texnologiya ta’limi
dasturuning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
II. Texnologiya darslarida bolalar detallarni belgilab olish
bo’yicha tayyor qilish, namuna, chizma, berilgan texnik shart va
o’lchamlar asosida to’gri hamda aniqligini tekshirishni, detallarni bir-
42
biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo’lgan mahsulotda
biriktirishni, tayyor mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar.
III. Texnologiya faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar
oldiga ijodiy, hatto eng oddiy bo’lsa-da, xarakterli topshiriqlar
qo’yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda bu mavjud
tajriba, bilim, ko’nikmalarni yangi sharoitlarda qo’llashni talab
qiluvchi topshiriq bo’lishi mumkin. Boshqa hollarda esa, bolalarga
ular uchun yangi, ilgarigi tajribalarida uchramagan topshiriq, ya’ni
predmet ayrim elementlarining yechimini topishni talab etuvchi
topshiriq beriladi. Bolalarga oddiy konstrukstiyaga ega bo’lgan
predmetlarning texnik shartlarini tuzishni, o’lchamlarini aniqlashni,
chizma yoki belgilab olingan(razmetkas)ini bajarishni ham topshiriq
qilib bersa bo’ladi.
IV. O`quvchilar:
-ish joyini to’g`ri tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli
saqlashlari;
- to’g`ri ish qomatini egallab, uni ish davomida saqlashlari;
-
asboblar,
detallarni
tayyorlash
va
mustahkamlashda
ishlatiladigan materiallardan turli, tartibli, ehtiyotkorlik bilan
foydalanish usullarini egallashlari;
- materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda
xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
V. Texnologiya darslarida bajarilgan har bir ish va predmetdan
bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytirishda foydalanish
zarur. Bu:
- bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va
ko’nikmalarini texnologiya jarayonida qo’llashga o’rgatish;
- turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib chiqishi,
nimalarga mo’ljallanganligi hayotda qo’llanishi haqidagi bilimlarni
egallashlariga yordam berish;
- oddiy asboblarning ish prinsiplari bilan tanishtirish;
- texnologiyada egallangan bilim, ko’nikmalarni umumta’lim
predmetlari darslarida qo’llashga o’rgatish demakdir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya darslarida
bajaradigan ishlarning to’g’ri, sifatli va mazmunli bo’lishi ko’p
jihatdan ular tomonidan egallangan nazariy bilimlar natijalariga
bog’liq. Nazariy bilimi yaxshi bo’lgan o`quvchilar amaliy
43
masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning
xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak;
mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir
materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlarini to`g`ri tushunb
ishni sifatli va mazmunli bajaradi.
Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi –
ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va
xususiyatlarini avvalo, nazariy jihatdan tushunib olishi, ularni
mustaqil aniqlash malakasiga ega bo’lishi, darsdan darsga yanada
aniqroq va kengroq nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Masalan,
darsda o`qituvchi o`quvchilar qog`oz turlari va ularni bir-biridan
farqlash haqida, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material ekanligini,
qog’ozning
umumiy
xususiyatlari,
qo`llanish
va
undan
foydalanilishining cheksiz imkoniyatlarini ta’riflab, tushuntirib beradi.
Amaliy ishlarda qog’ozdan foydalanish texnologiyalarini o’rgatadi.
O`quvchilar shu tariqa qog’oz xususiyatlarini farqlash, boshqa
materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq
amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asta-sekin o`rganib boradilar.
Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni
to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim
ahamiyatga ega. Mеhnat darslarida o’quvchilarga nazariy bilim
berishda
buyum,
material,
ulardan
foydalanish,
tayorlash
texnologiyalarini ko’rsatib izohlanishi amaliy ishlarni bajarishda
yaxshi natija beradi. Bu buyum-narsani xuddi namunadagidеk yasash
uchun namuna bo’ladi. Bolalar o’qituvchining nazariy ta’riflashini
tinglaydi va amaliy ko’rsatib borishini sinchiklab qarab, buyumni
yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. Masalan, birinchi sinf mеhnat
darslarida, odatda tayyorlanishi kеrak bo’lgan buyum-narsaning
namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun rеal,
buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar
unga qarab, mazkur buyum-narsa qanday qilinganligini, qanday qilib
xuddi
mana
shunday
qilinganligini,
qanday
qilib
xuddi
namunadagidek tayyorlash mumkinligi o’ylaydilar.
Mеhnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlangandan
kеyin u qanday bo’lishi, tayyor buyum holidagina еmas, balki
qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligini, qanday
44
birikkanligini ham, tasavvur еta olish malakasini tarkib toptirish
muhimdir
Dostları ilə paylaş: |