Reja: 1.Qirqim bajarilishi va qoidalari;
2.Qirqim turlari;
3.Kesim bajarilishi va qoidalari;
4.Kesim turlari;
Qirqimlar. Agar buyumning ichki shakli murakkab bo’lsa, uni ko’rinishlarida shtrix chiziq
bilan ko’rsatiladi. Bunda chizma yaqqolligini yo’qotadi. Buning uchun buyumning
ko’zimizgako’rinmaydigan ichki tuzilishini aniqlash maqsadida qirqim qo’llaniladi.
Buyumni ichki ko’rinishini chizmada bitta yoki bir necha tekislik bilan fikran kesib
ko’rsatilgan tasvir qirqim deyiladi. Bunda buyumning kuzatuvchi bilan kesuvchi
tekislikgacha bo’lgan qismi xayolan olib tashlanadi. Qirqim shartli tasvir bo’lib unda
buyumning tekislik bilan kesilgan joyi (kesimi) va tekislik orqasidagi kuzatuvchiga
ko’rinadigan qismi ko’rsatiladi. 11.1-shaklda kesim bilan qirqimni farqi ko’rsatilgan.
11.1-shakl
Qirqimni bir qancha alomatlari bilan xillarga ajratish qabul qilingan:
1. Kesuvchi tekislik soniga qarab oddiy va murakkab qirqimlarga bo’linadi;
2. Kesuvchi tekislikni gorizontal tasvir tekisligiga nisbatdan xolatiga qarab
frontal, gorizontal, profil va qiya qirqimlar bo’ladi.
3. Kesuvchi tekislikni buyumning bosh o’lchamlariga (gobarit) nisbatan
joylashishiga qarab bo’ylama va ko’ndalang kesilgan qirqimlar bo’ladi.
4. Qirqim mukammal bajarilishiga qarab to’liq va mahalliy bo’ladi. Qirqimlar
O’zDSt: 2.305-97 ga muvofiq bajariladi.
. Bitta tekislik yordamida bajarilgan qirqim oddiy qirqim bo’ladi. Oddiy qirqim
frontal, gorizontal, profil, ko’ndalang, bo’ylama, qiya va mahalliy qirqimlarga bo’linadi.
- Frontal qirqim frontal kesuvchi tekislik bilan hosil qilinadi. Agar kesuvchi
tekislik frontal tasvir tekisligiga parallel bo’lsa, hosil bo’lgan qirqim Frontal