2-MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI
O‘QITISH
METODIKASI
FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish
metodologiyasi.
2.Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari
3.Texnologiya fani nazariyasining asosiy negizlari.
4.Texnologiya fani ta’limi va mehnat tarbiyasining uzviyligi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida
tushuncha, metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi.
Pedagogikaning
fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy
zaruriyat bo’lib, u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham
qadim-qadim zamonlardan boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan.
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng
muhim, bosh masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib
tarbiyalash
bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi
manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-axloqiy
asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil
etilganki,
uning
asosida
inson
shaxsini
ma’naviy-axloqiy
shakllantirish muammosi markaziy muammo bo’lgan. Yusuf Xos
Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab Kaykovusning
14
"Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq", Sa’diyning
"Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla
Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p
didaktik asarlarning har birini ta’lim-tarbiyaga oid darslik desak
yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni
insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini
ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya
ilgari suradi.
Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi:
“Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi
xulqni o’rgatmoq, yomon xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat
qilishga undamoq yaxshidir.
Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga
da’vo qilsa, tarbiyachi – boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga
layoqatni davolaydi.”
Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari
taraqqiyot jarayonida paydo bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga
ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy mehnat
faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama
rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan. Xalq og’zaki ijodiyotida
mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va iboralar
namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”,
“Mehnat qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir
yigitga yetmish hunar oz”, “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan
o’tmagan shogird – shogird emas”.
Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib
faoliyat yuritadi. Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida
qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga
sazovordir.
Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy,
Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos
Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis
pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z
ijodiyotlarida
pedagogikaning
metodologik
asosini
yaratdilar.
Shularga ko’ra texnologiya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari,
tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson uchun zarur bo’lgan
tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak.
15
Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari,
yangi yo’nalishlari, texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl
va metodlari hamda boshqa qator muammolari va ularga yangicha
yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida
yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi. Dastlab
“texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika
taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va
yunoncha ikki so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos"
– fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" degani.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish
metodologiyasi: sharq mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston
Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi
direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda
ilgari surilgan g’oyalardan iborat.
O’zbekistonda
mustaqillikni
saqlab
qolish
va
uni
mustahkamlashda texnologiya fani va uning metodologik asoslariga
bevosita bog’langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy,
rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda
mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan
mehnatning yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi
zamonaviy metodlar asos bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy
tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan
dastlabki kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish
sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada
takomillashtirish va jahon texnologiya fani darajasiga ko’tarish kabi
masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti
ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat
siyosatining
asosiy
prinsiplari
hamda
texnologiya
fanining
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor
yo’nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi.
16
Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik
tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va
tarbiya jarayonida shaxs, uning qadr-qimmati, ma’naviy hamda
ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini
namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat
turlariga bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish
masalalari nazarda tutiladi.
2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim
jarayonida didaktik xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani
orqali berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko’nikma hamda
malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi.
Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu fan asoslarini
o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar
o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani
singari texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi
lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:
- tarbiyalovchi tarbiya qonuni;
- har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va
o’rganayotgan obyektning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro
ta’siri yordamida amalga oshiriladi;
- ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga
muvofiq ravishda o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz
beradi;
- o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari
muvofiq kelgan holda yuz beradi;
- alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni
ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi;
- ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim
metodlari orasida doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi;
- ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab
beradi.
Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism
sifatida ta’lim jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib
17
chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi.
Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va
o’quvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy
boshlanmalardir. Texnologiya fani tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi
faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli
shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan
texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun
texnologiya fani tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum
obyektiv qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi.
Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy
yo’nalganligi, texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi,
mehnat bo’yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim
olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab
qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar, texnologiya
fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga
samarali ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan
ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan
mustahkam bog’liq holda bir tizimni tashkil etadi, har bir darsda
didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular
texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z
hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda
o’quvchilarga mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish,
ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda,
ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq
etish muhim muammolardan biridir.
Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush
tajribalari bilan bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi
qoidalaridan hisoblanadi. Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi
yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy ishlarning o’zaro
bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan o’quv
materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda,
amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi
ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq
lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib
keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik o’quvchilardagi
18
ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va
xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol
o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z
ifodasini topadi. Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining
o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va
o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning
dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va
qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda
o’qituvchi avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri
tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq
tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira
olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar
oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham
eshitish, ham ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni
ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini
anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning
uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan mavzuning mazmuniga
mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan
bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar
ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta
o’zlashtirgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv
materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni
bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash
orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh
maqsadi esa bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir.
Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida
mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal
etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda hal
etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat
faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini
qamrab oladi.
19
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
-
mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga
mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib
berish;
- inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va
ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;
- mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni
uyg’otish;
-
o’quvchilarning
mehnatga
ijtimoiy
burch
sifatida
yondashuvlarini yuzaga keltirish;
- mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan
yondashishni odatlantirish;
- mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
- mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida
munosabatda bo’lish;
- mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi
va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
- o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati
samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;
- muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va
hokazolar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida
rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda
mustaqil
faoliyat
sifatida
shakllantiriladi;
mehnat
faoliyati
jarayonining
mohiyatini
o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat
faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda
mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini
ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati va iqtidorini mehnat
jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib
olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda
bugungi
kunda
an’anaviy
va
noan’anaviy
shakllardan
foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish
ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar
ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari,
yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy
20
markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida
faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va
boshqalar.
Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida
o’quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh
va psixologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar.
Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni
bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv
qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv anjomlarini darsga
tayyorlash va hokazolar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida
o’quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida
intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat,
qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi
mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa
ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik,
o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan
quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda
tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa
manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy
sifatlarning shakllanishiga poydevor qo’yiladi.
Mehnat jarayonida o’quvchilarda mehnat madaniyatining
unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat
madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo’lish, uni
ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan
unumli foydalanish), ish o’rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, boshlangan ishni natijalash, uning
samarali bo’lishiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ko’rsatkichidir.
Mehnat madaniyati tushunchasi o’zida yana o’quvchining mustaqil
harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil eta
olishni ham aks ettiradi.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib
ko’rishmagan. Albatta, o’quv-tarbiya jarayonini, uni rivojlanishini
ayricha ko’rib bo’lmaydi. Zeroki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
so’zlari bilan aytganda:
21
"Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi –
bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi."
Hozirgi zamonda yetakchi olimlar, ilg’or pedagoglar tarbiya
nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga
e’tibor qaratish lozimligini aytadilar:
-
tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;
-
tarbiya istaklarini tasniflash;
-
o’quvchilarning ma’naviy ehtiyoji, talabi;
-
o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini
inobatga olish;
-
o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi,
tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;
-
o’qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib
boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.
Shunga ko’ra, texnologiya fani va tarbiya jarayonlarining
ajralmas qismlaridan biri mehnat darsida o’rganiladigan ta’lim
mazmuni shaxsiy xislatlarini tarbiyalashning katta imkoniyatlariga
egaligidadir.
Ayniqsa, bu mazmun shaxs tafakkurini yangi ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarida uyg’unlashtirish va yanada yangi yuqori bosqichlarda
rivojlantirish, axloqiy xislatlarni shakllantirish imkonini beradi.
Bulardan tashqari, o’quv-tarbiya tizimidagi o’quv, ijtimoiy foydali va
unumli mehnat, estetika, ta’lim vositalari mehnat, estetik va jismoniy
tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlarini berishini ham qayd etish
joizdir.
O’qituvchilarning o’quvchi bilan mehnat turlariga oid muloqoti,
o’quvchilarning dars jarayonida sub’yektiv sifatidagi aktiv faoliyati,
o’qituvchining o’quvchilar shaxsini shakllanishiga ijobiy ta’sir eta
olishi bunday imkoniyatlarning yana bir qirrasidir. Shakl va mazmun
jihatlardan ta’lim va tarbiya metodlari chambarchas bog’lanib ketgan.
Yuqorida keltirilgan dalillar yana bir marotaba ta’lim bilan
tarbiyaning ajralmas jarayon ekanligini, o’quvchilarning atrof-
muhitga, fan qonuniyatlariga, axloq, odob qoidalariga munosabati
bevosita o’quv jarayonida boshlanib, darsdan va maktabdan tashqari
faoliyatlarda davom etishini ko’rsatadi. Tarbiya jarayoni o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati - aniq maqsadga
yo’naltirilganligi.
22
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi
(tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida muayyan maqsadga
erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya
jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari
tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsad unga
erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayoni maqsadini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: |