Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshirilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshirilar: 
1. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar 
ta’limotining ahamiyati qanday rol o’ynaydi? Misollarda izohlang.
2. Kasb-hunar haqida ma’lumot bering.
3. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid qarashlari, fikrlarini 
misollarda tushuntirib bering.
4. Kasb-hunar haqida qanday tadbirlar mavjud?
5. An’anaviy kasb-hunarlar deganda nimalar nazarda tutiladi? 
6. Kasb-hunar haqidagi o’yinlar va ularni o’ynash usullarini 
izolab bering 
 
 


76 
9-MAVZU: BOSHLA
NG‘ICH
 
TA‘LIMDA
 MEHNAT 
TARBIYASI VA KASB-HUNAR TURLARI 
Reja: 
 
1.O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh.
2.Kasb-hunarlar haqida tushuncha.
3.Kasb-hunar turlari va mazmuni. 
4. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo‘naltirish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kasb,hunar,mehnat 
tarbiyasi,kasb tiplari,kasb guruhlari,kasb turkumlari,mezonlar 
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur 
anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan 
ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat 
jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga 
ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining pirovard maqsadi shaxs 
xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini 
shakllantirishdir. 
Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga 
tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng 
zarur vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday 
rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. 
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli 
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida 
quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
•yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni 
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga 
tayyorlash;
•o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish 
ehtiyojini hosil qilish;
•ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
•o‘quvchilarning 
mavjud 
bilimlarini 
uzluksiz 
ravishda 
takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
•ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;


77 
•o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, 
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli 
bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, 
hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
•o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan 
holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga 
muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
•o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha 
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan 
mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning 
qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati 
hisoblanadi. 
Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish 
texnologiya chiqindilari qog'oz, karton, sim, yog'och, gazmol va 
boshqalar bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar maxsus loy, yog'och va 
plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar bilan keng iste'mol mollari 
va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy 
xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to'plamlari va hokazolar bilan 
ishlashga o'rganadilar. 
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va 
amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash 
orqali amalga oshiriladi. 
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – unda mehnatga nisbatan 
uning yoshiga mos keluvchi ongli vaq ijobiy (musbatlar) 
munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarini 
egallashga qiziqishlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, 
jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda 
amalga oshiriladi. Chunonchi: 
1.Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga 
tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy 
bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni 
mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining 
samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida 
har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan 
belgilanadi.


78 
2.Mehnat 
tarbiyasi 
axloqiy 
tarbiyaning 
asosiy 
vositasi 
hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida 
mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil 
harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3.Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib 
boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish 
asosida uni amalga oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta 
ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z mehnatidan 
zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi 
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:
•o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini 
tushunilishi;
•ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
•ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat 
uyg‘otish;
•o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini 
qaror toptirish;
•ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
•ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
•mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
•o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday 
asrash tuyg‘ularini shakllantirish;
•mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
•o‘quvchilarning 
mehnatni 
go‘zallik 
manbai 
sifatida 
tushunishlariga erishish va boshqalar.
Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga 
yordam beradi. Mehnat ta'limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, 
mehnat faoliyatining to'g'ri motivlaritarbiyalanadi, shaxsning har bir 
ongli mehnatkash uchun zarur bo'lgan sifatlari shakllanadi. 
Kasb - (Lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, 
ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar 
majmuyiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. 
Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg'ulot turi. 
Hunar - oʻzbek tiliga tojik tilidagi shakli olingan; asli “layoqat”, 
“sanʼat” maʼnolarini anglatadi; keyinchalik “kasb” maʼnosini ham 
anglata boshlagan. Dunyoda 10000 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar 


79 
mavjud. 
Ushbu 
kasblarning 
birini 
qobiliyatlarimizga, 
dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab 
tanlashimiz kerak. Inson ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e`tibori 
sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro’-e`tiborli va boshqa 
ko’pgina afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay), balki mehnat predmeti 
(ob`yekti)ga qaratilgan bo’ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir 
qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo’ladi). Har qanday 
mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning 
qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni 
o’ylayotgan kishi uchun qulay bo’lgan kasblar klassifikatsiyasi mana 
shu belgiga qarab tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin