102
yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida
bilim oladilar va tanishadilar.
2.
Ekskursiyalarda
kasb
tanlashga
yo‘llash.
Odatda,
ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi
material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu
imkoniyatdan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish
mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo’llash. To‘garak
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga
ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim
maktablarni bitirgandan key in ishlab chiqarish sanoati muassasalarida
ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda
katta taassurot
qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari
bilan tanishadilar.
5. Har xiil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning
ish tajribasidan
ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoa
fikri” mavzusida munozaralar uyushtirish,
kinofilmlani muhokama
qilish shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan
kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish
istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi.
o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab
guruh yoki mikroguruhlarga
birlashtiradi.
Bunda
ishning
turli-tuman
tashkiliy
formalari
qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar,
ekskursiyalar o‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ
mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlaming ma’lum
qismidan kasb
tanlashga yollash ishi uchun foydalaniladi.Kasb to‘g‘ri tanlanganda
ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga
chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
Kasbga yo‘llsh, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini
103
shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: