108
Boshlovchi kasbni tahlil etish sxemasining har bir bandi bo’yicha
sinf bilan birgalikda doskada yozilgan uchta variantning to’g’ri va
noto’g’ri javoblarini aniqlaydi.
1-ilova
Kasbni tahlil etish sxemasi
1.Mehnat predmeti: tabiat, texnika, odam, belgilar, badiiy obraz.
2.Mehnat maqsadi: bilish (baholash, tub o’zgarish qiluvchi,
izlanuvchanlik (tadqiqotchilik).
3.Mehnat vositasi: qo’l, mexanik, avtomatik, funksional (nutq,
mimika, jismoniy ) , nazariy (bilim).
4.Mehnat shart-sharoiti:
maishiy mikromuhit, noodatiy muhitlar
(sex, magazin), ekstremal (suv osti, shaxta), ochiq havo.
5.Mehnatni tashkil etish: aniq tartib-qoidaga asosan, odatiy
munosabatlar bo’yicha: boshliq-xodim, nisbiy mustaqil.
6.Mehnat jarayonidagi muloqot: individual (mijoz bilan),
Guruhda ishlash, katta jamoa va auditoriyalar bilan ishlash.
7.Mehnatga mas’uliyatini belgilovchi: moddiy, axloqiy, inson
hayoti va salomatligiga daxldorlik.
8.Harakatlanish xarakteri: o’tirib ishlash, tik turib ishlash, doimiy
harakatda ishlash.
9.Salomatligiga
qo’yiladigan talablar: yuqori, me’yorda,
barchasini amaliy bajarish.
10.Kasbga nisbatan jamiyatning ehtiyoji: talab bor,
talab
etilmaydi, ish topish qiyin.
11.Kasb xususiyatlari: imtiyozlarga ega (qanday?), barvaqt
nafaqaga chiqish, ta’tillarga borish, qiziqtiruvchi imkoniyatlari
(mehnat mehnatsiz daromad olish imkoniyati) va boshqalar.
12.Kasbni egallash: ma’lumot talab etilmaydi, ishlab chiqarish
o’quvchisi, maxsus kurslarni,
kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurti
aspirantura, doktorantura, akademiyani tamomlash. 2-3 ta kasblarni
tahlil etilgandan so’ngra murakkab hollarda o’yin to’xtatiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kasb-hunar tushunchalarini
shakllantirish, ularni kasb-hunar tanlashga yo’llash davlat ahamiyatiga
ega bo’lgan muammo. Yosh avlodni hayotga,
mehnatga tayyorlash
g’oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash
muammosi umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida katta o’rin
tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”,
109
“Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir
yigit va qiz uchun asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning
o’qishga bo’lgan chaqqonligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma
bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini
mustaqil holda bilish (Inson tabiati, inson texnika, inson badiy timsol,
inson belgilar tizimi), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy
sifatlari
bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi qobilyati, salomatligi
tanlanayotgan kasbga muvofiqligini, to’g’ri baholash ko’nikmalari
shakllanishi lozim. Uslubchining kasb tanlashga yo’llashdagi vazifasi
– har bir o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik,
ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama
o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.
Bu maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o’qituvchi:
- o’quvchilarga “kasb” tushunchasining ma'nosini
yoritib berish,
ularni kasblarning klassifikatsiyalari bilan tanishtirish;
- o’quvchilar “kasbiy qiziqish”, “mayllik” tushunchalari bilan
tanishtirish;
- o’quvchilarni kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat
uyushmasiga nisbatan ongli yondashishga erishish;
- o’quvchilarga kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish
zarurligini tushuntirish;
- o’quvchilarga “Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini
ochib berish, kasb tanlashga mulohaza bilan yondoshishni
shakllantirish;
- qobiliyatlarni kasb tanlashdagi ahamiyatini tushuntirish,
umumiy va alohida qobiliyatlar haqida tasavvur hosil qilish;
- har bir o’quvchiga tanlangan kasbini
egallashi uchun amaliy
yordam ko’rsatishi, unda ijtimoiy – mehnat uyushmasiga ijodiiy
yondoshishni rivojlantirish.
Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar, vazifalar, manbalar yosh
avlodni ongli ravishda kasb-hunar tanlashga yo’naltirish yoshlarning
kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin
yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qo’llash lozim.
Bu tizim
boshlang’ich ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonida
uzviylikda amalga oshiriladi.
Bizning vazifamiz kelajagimiz bo’lgan o’quvchilarni kasb-
hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega bo’lgan, bozor sharoitini
110
biladigan har tomonlama tushunadigan, ma’lumotli yigit - qizlarni
tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: