Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

“KASBNI TOPING” O’YINI 
 
O’yinning maqsadi. O’quvchilarni kasblarning psixologik 
sxemasi bilan tanishtirishdan iborat. O’yindan o’quvchilar xalq 
xo’jaligining turli tarmoqlaridagi kasblar bilan tanishtirishda 
foydalaniladi. 
O’yining sharti. O’yin sinf bilan ishlashga mo’ljallangan. 
O’yinning dastlabki ijrosi 10-15 daqiqaga mo’ljallanadi. O’yinda sinf 
doskasi, kasblar ro’yxati aks ettirilgan jadvaldan foydlaniladi. O’yin 
g’oliblarini aniqlash uchun mezonlar ishlab chiqiladi. Agar kasblarni 
topish bilan bog’liq savollarga javob berishda 10ta xatoga yo’l 
qo’yilsa, ular mag’lubiyatga uchragan sanaladi. O’yin yakunida 
g’oliblar aniqlanadi.
O’yinning diagnostik imkoniyatlari.O’quvchilarning kasblar 
to’g’risida bilimlarni va kasblarni tahlil etishga o’rganganligini 
aniqlashga yordam beradi. 
O’yinda uchraydigan qiyinchiliklar: 
“Kasbni top” o’yini nisbatan ancha murakkab o’yin sanaladi. Shu 
sababli, 
o’yin davomida ishtirokchilar mag’lubiyatga ko’p 
uchrayversalar, bunga odatlanib qoladilar. Natijada o’yinning 
ahamiyati yo’qoladi.
Agar o’yin ijrosi yaxshi chiqmasa, ikkinchi bora o’yinni tashkil 
etish kerak emas. Agar topshiriqqa murakkab kasb taqdim etilsa, 
uning ba'zi bandlar bo’yicha tavsiflash qiyinchilik tug’diradi. SHuning 
uchun tavsiflash qiyin bo’lgan bandlar boshqalari bilan almashtirish 
lozim bo’ladi.
O’yinning takomillashtirish istiqbollari: 
O’yinni rivojlantirishning eng maqbul yo’li va kasblarni 
tasiflashning eng optimal yo’llarini topishdan iborat. Shuningdek
o’yinni o’tkazish tartibini takomillashtirish ham lozim.
O’yin bosqichlari 
Tayyorlov bosqichi: o’yindan oldin o’quvchilar “kasblar 
formulasi” bilan tanishtiriladi. Bunda faqat formula tushuntirilib 
qolmasdan, balki bir necha kasblar sinf bilan birgalikda muhokama 
qilinadi. Ayrim hollarda faqat sinf, balki psixolog ham ayrim bandlar 
bo’yicha kasbni tavsiflashda muammoga duch kelishi mumkin. Bu 
hollarda kasblar haqida yetarlicha ma'lumotga ega emaslikni tan olish 


107 
lozim. Hattoki kichkina shubhalanish holatini ham bartaraf etish 
lozim. O’quvchilarni o’yinning ijro etishga tayyorlash kerak.
1. Sinfning oldida kasblar formulasi yoki kasblarni tahlil etish 
jadvali turishi lozim.
2.Guruh a’zolarining ixtiyoriga ko’ra uch kishilik Guruhchalar 
tashkil etiladi.
3.Umumiy yo’nalish berish: "Hozir uch kishi auditoriyadan chiqib 
ketadi. Ular sinfxona uchun kasblar bo’yicha topishmoq tayyorladilar 
va taqdim etadilar. So’ngra tashqaridagi uch kishi sinfxonaga kiradi. 
Sinf a'zolarining har biri 3-5 daqiqa davomida kasbning tahlil etish 
sxemasi bo’yicha ularni kuzatadi. 3-5 daqiqadan so’ngra topishmoqni 
taqdim etuvchilar guruhchalarning a'zolaridan birini tanlaydi. 
Tanlangan o’quvchi sinf doskasida kasbni tahlil etish bo’yicha o’zini 
variantini taqdim etadi. Kasbni tahlil etish sxemasini kengaytirilgan 
varianti taqdim etiladi. Mazkur variant amaliy jihatdan foydalanishga 
mo’ljallangan. 
Masalan, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin