99
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda
uning bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.Shu munosabat
bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini
singdirish, ularda
yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy
qadriyatni shakllantirish, yosh
avlodni turmushga va mehnatga,
ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat
ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy
texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini
kasb va
hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi.
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har
bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati
va ijtimoiy muhit nuqtayi
nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
• Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilami kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh
bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - 1 bosqich;
2. Boshlang‘ich kichikyoshdagi (1-4 sinflar) - II bosqich;
3. O‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) -III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) - IV bosqich.
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini
aniqlash mezoni, ko‘rsatkich
va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda
ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari
bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan
shakllantirish:
Ikkinchi bosqich - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga
oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali
mehnat faoliyatini amalga
tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari,
yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini
hamda ommaviy kasblarga
bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
100
Uchinchi bosqich - o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni
ulardagi qiziqish,
qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z
o'rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-
sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich - o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni
shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilami aniq bir kasbni tanlashning
shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini,
javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: